KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgandan
so'ng mamlakat hayotida jiddiy o'zgarishlar, tub yangilanishlar yuz berdi. Siyosiy
munosabatlarda yangicha tafakkur tarzi shakllanmoqda, jamiyat ijtimoiy - siyosiy
hayotida fuqarolarning real ishtirokini ta'minlash va uning kafolati tizimini yaratish
mamlakatda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarning negizini tashkil
etmoqda.
Demokratik tamoyillarga asoslangan barqaror jamiyatni ta'sis etish avvalo
islohotlar jarayoning izchil va mo'tadil amalga oshirilishiga bog'liq. Barqaror
jamiyat islohotlar jarayonining tizimli va bosqichli amalga oshirilishi natijasida o'z
taraqqiyotiga ega bo'ladi
1
.
O'zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining IX va XII boblarida
fuqarolarning iqtisodiy va ijtimoiy huquqini himoya qiluvchi jamiyatning iqtisodiy
asoslarini mustahkamlovchi moddalar kiritilgan. Ushbu huquqiy asos mulkchilik,
mulkka egalik qilish,ijtimoiy muammolarni hal etishning eng ilg'or tajribalarini
takomillashtirishga xizmat qiladi.
Prezident I.A.Karimov "bugungi kunda ijtimoiy hayot sohasidagi salbiy
holatlarni bartaraf etib, odamlar turmush darajasining keskin pasayib ketishiga yo'l
qo'ymasdan, aholining himoyaga muhtoj qatlam va guruhlarini ijtimoiy
muhofazasini ta'minlagan holda, O'zbekistonda ijtimoiy - siyosiy barqarorlikni va
fuqarolar totuvligini saqlab qolishga muvaffaq bo'ldik"
2
, - deb ta'kidlaydi.
Darhaqiqat, O'zbekistonda o'tish davrida kuchli ijtimoiy kafolat tizimi
shakllantirildi va hozirda uni amaliyotga kengroq tadbiq qilish, takomillashtirish
muhim masala bo'lib kelmoqda.
Mustaqillikning dastlabki davridan boshlab aholining kam ta'minlangan
qismini qo'llab-quvvatlash borasida ko'rilgan chora-tadbirlar ijtimoiy siyosatni
amalga oshirishning muhim yo'nalishlaridan biri bo'ldi
3
.
1
Jumaev R. Davlat va jamiyat: demokratlashtirish yo‟lida. Ijtimoiy siyosat va taraqqiyot. – T., 1998. – 109-b.
2
Karimov I.A. Ikkinchi chaqiriq Oliy Majlisning to'qqizinchi sessiyasidagi (2002 yil 29 - 30 avgust) ma'ruzasida
bayon etilgan asosiy vazifalar va qoidalarni keng yoritish bo'yicha tashkiliy - ma'rifiy tadbirlar Dasturi. – T., 2002. –
10-b.
3
Jo‟raev N. Konstitutsiya: iqtisodiy islohotlar va ijtimoiy himoya//Sog‟lom avlod uchun. – T., 2012/4. – 3-b.
Ijtimoiy himoyaning asosiy maqsadi aholi turmush darajasini muttasil oshirib
borish, qashshoqlanishning oldini olish, aholining turli qatlamlari o'rtasida ta'lim
olish, madaniyat va san'at yutuqlaridan bahramand bo'lish, kasb malakasini
oshirish va daromadlarni ta'minlashdagi tafovutlarni kamaytirish, inson
taraqqiyotining uzluksizligini ta'minlashdan iborat.
Albatta, bu borada O'zbekistonda muayyan tajribalar to‟plandi.Biroq jamiyat
taraqqiyoti ijtimoiy kafolat tizimini tinimsiz takomillashtirib borishni taqozo
qiladi.Bugungi kunda ijtimoiy siyosatni amalga oshirishda sifat jihatdan yangi
bosqichga o‟tish ehtiyoji paydo bo‟ldi. Shu munosabat bilan yalpi ijtimoiy
himoyalash tizimidan bevosita har bir shaxs uchun ishonchli bo‟lgan maqsadli
ijtimoiy kafolatlar va aholini ijtimoiy qo‟llab-quvvatlash tizimiga izchillik bilan
o‟tish jarayoni kechmoqda
1
.
Aynan shu ma'noda ijtimoiy sohani tartibga solishda amal qilib kelayotgan
ustuvor tamoyillar, xususan, qonun ustuvorligi, islohotlarni bosqichma-bosqich
joriy etish, kuchli ijtimoiy siyosat kabi tamoyillar ijtimoiy himoya tizimini
rivojlantirishda muhim amaliy ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy himoya tizimining
asosiy jihatlarini aynan shu nuqtai nazardan ochib berish zarurati bitiruv malakaviy
ishi mavzusining ilmiy dolzarbligi belgilaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: |