Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti tillar kafedrasi



Download 3 Mb.
bet71/110
Sana14.04.2022
Hajmi3 Mb.
#551692
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   110
Bog'liq
SOHA yangi

TAKLIFNOMA


Taklifnoma, asosan, rasmiy hujjat sifatida muayyan bir tadbirga ishtirok etish iltimosi mazmunidagi xat hisoblanadi.
Taklifnomalar qanday tadbirga mOʻljallanganligiga koʻra shakl va badiiy bezatilish jihatidan tayyorlanadi. Masalan, yubiley munosabati bilan tayyorlangan taklifnomada yubilyarning surati, nishonlanayotgan yoshi (70 yil, 100 yil) aks ettirilishi, ba‘zan yubiley muallifining she‘rlaridan parcha ham berilishi mumkin.
Taklifnomalar matni asosan 3-shaxs tilidan yoziladi va ‘ taklif qiladi’
yoki ‘ ..... taklif etadilar ‘ tarzida tugallanadi. Agar taklifnoma ma’lum bir oila nomidan berilgan boʻlsa, bunday hollarda matn 1-shaxs koʻplikda ifodalanadi va albatta, imzo Oʻrnida taklif qiluvchi oilaning nomi beriladi.
Shu Oʻrinda taklifnomalarda, ayniqsa, tOʻy taklifnomalarida notoʻgʻri Qoʻllanadigan iboralar xususida tOʻxtalib Oʻtish joizdir.
Ba‘zi taklifnomalarda ‘lutfan taklif qilamiz’ degan ibora ishlatiladi. Bu ibora chaqiriq odobiga zid ekanligi ‘Soʻz xususida soʻz’ kitobida (Toshkent, 1987, 136-137-betlar) alohida ta‘kidlangan: ‘Mehmon chaqiruvchi kishi chaqiriluvchiga men sizga lutf qilib mehmonlikka chaqiraman desa, bu odobdan
boʻlmaydi. Chaqiriluvchining koʻngliga ‘Men bunday lutfingga muhtoj emasman’, degan fikr kelishi mumkin. Ammo chaqiriluvchi ‘lutfan chaqirganingiz uchun rahmat’ deyishi muomala odobiga muvofiqdir. Agar chaqiruvchi chaqiriluvchiga ‘Lutfan marhamat qilishingizni sOʻrayman’ yoki
‘lutfan tashrif buyurishingizni iltimos qilaman’ deb murojaat qilsa, uning hurmatini Oʻrniga qoʻygan boʻladi’.
Oʻsha olim taklifnomalarda ‘tashrif’ soʻzi ham koʻpincha notoʻgʻri Qoʻllanishini qayd etadi. ‘Tashrif’ soʻzining lugʻaviy ma‘nosi ‘sharaflash’,
‘yuksaltirish’dir. Shunga binoan, ulugʻ kichikning uyiga kelsa, shu bilan kichikning sharafi ortadi, obroʻyi yuksaladi, degan ma‘noda bu kelishni
‘tashrif’ deb ataydilar. Shunday ekan, kattaga ham, kichikka ham yuboriladigan taklifnomalarda ‘tashrif buyurishingizni sOʻraymiz’ deb yozish mazmun jihatdan noOʻrindir.
Ayrim hollarda taklifnomalarda badiiy tus berilgan quyidagicha jumlalar ham uchraydi: ‘Sizni farzandlarimiz Alisher va Zumradxonlarning nikoh tOʻylari munosabati bilan 1999-yil 4-dekabr shanba kuni kech soat 19:00 da boʻladigan visol oqshomiga taklif etamiz’.
‘Visol oqshomi’ kelin va kuyovning xos kechalaridir. Bunaqa kechalarga odamlarni taklif etish erish tuyiladi.
Bu misollar tashqariga yoziladigan har bir maktubga, xususan, taklifnomalarga ham e ‘tibor va mas‘uliyat bilan qarash kerakligini koʻrsatadi. Garchi tOʻy yoki ba‘zi marosim taklifnomalari ‘xizmat yozishmalari’ga kirmasa-da, mavzu ustida gap ketganligi uchun, foydadan xoli boʻlmas degan niyatda tOʻy taklifnomalaridan namuna keltirdik.

Download 3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   110




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish