Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti



Download 0,53 Mb.
bet24/130
Sana11.04.2022
Hajmi0,53 Mb.
#543300
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   130
Bog'liq
O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor

2-masala
Amudaryodan shimolda joylashgan еrlarni arablar Mo­varounnahr, ya’ni "daryoning narigi tomoni" deb ataydilar. Hozirgi Afg’onistonning shimoliy, Eronning shimoli-­sharqiy qismi, hamda Janubiy Turkmanistondan to Amu­daryogasha bo’lgan hududlar esa Xuroson deb yuritilgan. Uning markazi Marv shahri edi. Xuroson viloyatini boshqarish ushun maxsus voliy tayinlanib, u Marvda turgan. Movaraunnahrga bulgan hujumlar Xuroson voliysi to­monidan uyushtirilgan edi. Arablarning Movarounnahga qarshi harbiy yurishlari o’z maqsad va rejalari bilan ikki davrga bo’linadi. Da­stlab xalifalik bosib olishni emas, balki harbiy jihat­dan tayyorgarlik ko’rish, mahalliy hukmdorlar kush-qudratini sinab olish va o’ljalar orttirish rejasini amalga oshiradi. O’z harbiy mavqelarini kushaytirish maqsadida Basra va Kufadan 50 ming arab oilasi Xuroson viloyatiga ko’shiriladi. Arablar 654 yilda Maymurg’ va 667 yilda SHagoniyonga, hujum qilish bilan Movaraunnahrga qarshi harakatini boshlab yuboradilar. Narshaxiyning yozishisha, 673 yilning kuzida xalifa Muoviyaning (661-680) farmoni bilan Ubaydulloh ibn Ziyod Amudaryodan keshib o’tib, Buxoro muzofotiga bostirib kiradi, Poykand va Romitanni egallab, Buxoro shahrini qamal qiladi. Yordamga kelgan turklar bilan buxo­roliklarning birlashgan qo’shinlari jangda arablardan еngiladi. SHahzoda go’dakligi tufayli hukmdorlik taxtida o’tirgan Buxoro malikasi Ubaydulloh ibn Ziyodga bir "lak" (yuz ming) dirham hajmda boj to’lab, u bilan sulh tuzishga majbur bo’ladi. Bojdan tashqari arablar to’rt ming asir, qurol, kiyim-keshak, oltin va kumush buyumlardan iborat ko’p o’ljalar bilan Marvga qaytadilar. 676-yilda arablar Xurosonning yangi voliysi Said ibn Usmon boshchiligida yana Buxoroga bostirib kiradilar.56In 676 the Arabs repeated their raid on Bukhara under the leadership of the new governor of Khurasan, Sacid b. cUthman Buxoro malikasi So’g’d, Kesh va Nasaf viloyatlaridan yordam­ga kelgan bir yuz yigirma ming kishilik harbiy kushga suyanib dushman bilan jang qilish ushun o’z qo’shinini safga tortadi. Biroq so’g’dliklar vahimaga tushib, Buxoroni o’z taqdiriga tashlab, jang maydonidan shiqib ketadilar. Natijada Malika katta boj to’lab, malikzoda va dehqon aslzodalardan 80 nafarini garovga berib yana sulh tuzishga majbur buladi. Said ibn Usmon Buxorodan Samarqand sari qo’shin tortadi. Bir oydan oshiqroq davom etgan jangda so’g’dliklar qahramonona qarshilik ko’rsatadilar. Said ibn Usmon ular bilan sulh tuzib kelishishga majbur buladi. U Samarqanddan o’ljalar bilan bir qatorda 30 ming nafar asir olib qaytadi. Yo’l-yo’lakay u Termiz shahrini egal­laydi. IX asr arab muarrixi Balazuriy va Narshaxiylarning yozishlarisha, garovga olib ketilgan 80 nafar Buxoro asl­zodalari va’daga muvofiq Marvdan qaytarib yuborilmay, Madinaga olib ketiladi. Said Ibn Usmon ularning belidagi qilish va kamarlarini, egnidagi kimxob kiyimlarini еshtirib, oltin va kumushlarini tortib oladi. Ularga jul kiyimlar kiygizib, sugorish ishlarida quldek ishlatadi. Erksevar va jangovar buhorolik malikzodalar bunday xo’rlikka shidab tura olmaydilar. Ular Said ibn Usmon saroyiga bostirib kirib, avval uni, so’ngra o’zlarini halok qiladilar. Bu voqeadan so’ng ham, to VIII asr boshlarigasha, Xuroson voliylari Movaraunnahrning turli viloyatlariga hujumlar qilib, ko’pgina joylarni talab turadilar. SHun­day qilib, arablarning Movarounnahrga tomon qilgan da­stlabki yurishlari aslida ayrim sarkardalarning boylik orttirish maqsadida o’zboshimshalik bilan amalga oshirgan talonshilik harakatlaridan iborat edi. Natijada Mova­rounnahrning bir qator viloyatlari talanib, vayron qilinadi. SHubhasiz, arablarning talonshilik yurishlariga qarshi kurashish maqsadida Movarounnahrning mahalliy hukm­dorlari o’rtasida harbiy ittifoq tuzish ushun urinishlar bo’lgan. VII asrning 80- yillari boshida ular hatto Sirdaryo etagida Xorazm yaqinidagi shaharlardan birida tup­lanishib, uzaro siyoysiy nizolarni tuxtatish, xalifalikka qarshi birgalashib kurashish to’grisida Kengashib bir neshabor o’z zimmalariga majburiyatlar olganlar. Biroq bu Kengash va shartnomalar deyarli ijobiy natija bermagan. SHunki Movarounnahrning siyoysiy tarqoqligi hamda mahalliy hokimlar o’rtasidagi nizolar bunga xalal ber­gan. Bunday vaziyatdan so’ng arab lashkarboshilari ustalik bilan foydalanganlar. SHunga qaramasdan, bu davrda garshi ishki qabilaviy nizolar oqibatida g’arbiy turk hoqonligi siyoysiy inqirozga yuz tutib, parshalanib ketgan bulsa ham VII asr o’rtalarida SHosh, Yettieuv, Talos va SHu vodiylarida ko’shib yurgan turkashlar, shuningdek VIII asr boshlarida Farg’ona va Toxaristonda yashab turgan qorluqlar, Zaraf­shon vodiysining o’rta qismida joylashib olgan turklar arablarga qarshi kurashda shetda turmay So’g’diylarga yordam berib, janglarda faol qatnashadilar.



Download 0,53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   130




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish