Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti tarix kafedrasi “tarixiy o’lkashunoslik va



Download 0,73 Mb.
bet36/50
Sana21.07.2021
Hajmi0,73 Mb.
#124786
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   50
Bog'liq
2 5345806894088850111

Marg’ilon XVIII asrda Qo’qon xonligiga tobe bo’lib, Marg’ilon bekligining asosiy shahri hisoblangan. O’sha davrda Marg’ilon bekligida duxoba va sholcha to’qiydigan korxonalar soni ko’p bo’lgan. Keyingi yillarda Buxor amiri bilan xonlik o’rtasidagi kurash keskinlashganligi tufayli XIX asrning 40 yillarida shahar atrofida baland qo’rg’onlar qurila boshladi. Shahar atrofi 25 chaqirim tuproq qo’rg’on bilan o’ralgan bo’lib, balandligi 24–25 metr, devorni eni 12–13 metr bo’lgan. Shaharda 12 darvoza bo’lgan. Bu darvozalardan Qo’qon, Andijon va Xo’jand yo’llariga chiqqan. Darvozalar erta tongda ochilib, ko’z qorayganda berkilgan. Shaharda 220 dan ortiq mahalla, 55 ta qabriston bo’lgan. Shahar qadimda 4 ta Qalandarxona, Safil-to’da, Mashad, Eshonguzar dahalariga bo’lingan. Har qaysi dahaning o’z mingboshisi, qozisi bo’lgan. Shahar qozilarini qozikalon boshqargan. Amir Umarxon 10 yil Marg’ilonda hokim bo’lgan87.

XVIII asr oxiri – XIX asr birinchi yarmida O’rta Osiyoda savdo-sotiqning asosiy markazlaridan biriga aylangan Qo’qon xonligi Xitoy, Eron, Afg’oniston, Hindiston, Turkiya, Rossiya kabi davlatlar bilan iqtisodiy aloqalarda muhim o’rin tutar edi. Unda xonlikning yirik shaharlaridan biri Marg’ilonning ham alohida o’rni bo’lgan. Xonlikning Qo’qon, O’sh, Andijon, Namangan, Xo’jand, Chust kabi shaharlari qatori Marg’ilonda ham hunarmandchilik rivojlanganligi sababli shahar bozorida ipak matolaridan, hunarmandlar tayyorlagan mahsulotlar xaridorlarni o’ziga jalb qilgan. Marg’ilon bozorlari osoyishta va ozoda, savdogarlar va fuqarolar o’rtasida nizo, qalloblik, aldamchilik, o’g’rilik kabi illatlar deyarli bo’lmagan. O’g’rilikni turiga qarab jazolangan. Manbalarda keltirilishicha, masalan, qo’y o’g’irlagan kishini barmoqlarini kesib, yog’ qaynab turgan chelakka tiqqan. Tushlikda o’qiladigan namoz paytida bozor va do’konlardagi mahsulotlar ochiq holatda qoldirilishi ham qayd etilgan.

XIX asrning birinchi yarmi Marg’ilon shahri ipakchiligida ayollarning roli muhim bo’lgan. Pilla tutish, ipak matolarini ajratish, bo’yash, atlas to’qish, mahsulotning tayyor mollaridan to’n, qiyiq, do’ppi tikishlikda ayollar mehnatidan keng foydalanilgan.

Marg’ilon shahri hunarmandchiligining rivoji XIX asr birinchi yarmida ham o’z mavqyeini saqlab turgan. Qo’qon xonligining yirik shaharlarida bunyod etilgan madrasa, masjid, maqbara va xonaqohlar qurilishi xom-ashyosi Marg’ilondan keltirilganligi, hatto Qo’qonda xon O’rdasi qurilishi uchun pishiq g’ishtlar hamda mohir g’isht teruvchi ustalar chaqirlganligi manbalarda bayon qilinadi. Marg’ilondagi madrasalarning ko’pi kichik turdagi xususiy madrasalar turiga kirib, madrasalarda xujralar soni 10 tadan 70 tagacha talabalar soni 10 ta dan 30 gacha bo’lgan. Shu tufayli bo’lsa kerakki, Marg’ilondagi madrasalarni nomi Qo’qondagidek saqlanib qolmagan88.

“Rossiya imperiyasi tomonidan bosib olinishi arafasida Andijon shahri Qo’qon xonligida Qo’qon shahridan keyingi o’rinda turadigan yirik hunarmandchilik va savdo markazlaridan biri hisoblanar edi. 1868 yilda shaharda 25000 aholi istiqomat qilgan bo’lib, ayrim ma’lumotlarga qaraganda, shaharda 4000 ta uy mavjud bo’lgan. Shaharda asosan, o’zbeklar yashagan. O’zbeklardan tashqari mahalliy boshqa millat vakillari hamda yevropaliklar ham istiqomat qilar edilar. shahar aholisining bu davrda tez sur’atlar bilan ortib borishining sababi aholi tabiiy ko’payishi bilan birgalikda shaharlarning temir yo’l bilan bog’lanishi va uning Andijon shahrigacha yetib borishi, zavod va fabrikalarning paydo bo’lishi va rivojlanib borishi, savdo munosabatlarining jonlanishi, qishloqlarda yersiz dehqonlarning paydo bo’lishi va ularning ish izlab shaharlarga kelishi ham o’z ta’sirini ko’rsatgan edi.

XX asr boshlariga kelib, Farg’ona vodiysi shaharlariga sanoat va bank kapitalini kirib kelishini ko’chayishi bilan bog’liq hamda yangi zavodlar, yirik banklar bo’limlari, transport vositalari idoralari, savdo firmalarining paydo bo’lishi shahar aholisining sotsial tarkibini o’zgarishiga olib keldi. Kapitalistik munosabatlarni rivojlanishi oqibatida mahalliy aholi orasida milliy burjuaziya vakillari ham shakllana boshladi, hamda shu bilan birga yersiz dehqonlar va xonavayron bo’lgan hunarmandlar orasida mahalliy ishchilar sinfi ham shakllana boshladi. shahar aholisining ko’payib borishi o’z navbatida yangi uy-joylar qurilishi, yangi-yangi ko’chalar va ma’muriy binolarning paydo bo’lishiga olib keldi. Yildan-yilga shaharda yangi-yangi xonadonlarning soni ortib bordi. Andijon shahri va uezdining tez sur’atlar bilan o’sishi, shahar aholisini talaygina ortib borishi, ayniqsa XX asr boshlarida shaharning temir yo’l bilan bog’lanishi, “Amerika” paxta navini ekishning kuchayishi, fabrika-zavod sanoatining rivojlanishi, savdo munosabatlarining jonlanishi bilan bog’liq yildan-yilga shahar daromadlarining ko’payishi va xarajatlarining nisbatan kamayishiga olib keldi89”.

O’rta Osiyo xonliklari davrida mamlakat aholisi asosan qishloq va tumanlarda yashab dehqonchilik bilan mashg’ul bo’lishlariga qaramay, shaharlarda hunarmandchilik va savdo-sotiqning ham taraqqiy etib berganini kuzatish mumkin. Bu jarayonlar Buxoro xonligi (amirligi)ning Samarqand, Buxoro, Shahrisabz, Qarshi, Kattaqo’rg’on, O’ratepa kabi shaharlarida bo’lgani kabi, Buyuk Ipak yo’lida joylashgan Jizzax shahrida ham o’z ifodasini topgan. Bu davrda Jizzax shahri vohaning siyosiy, ma’muriy va savdo-hunarmandchilik markazi sifatida faoliyat ko’rsatgan. Ushbu davrga oid viloyat o’lkashunoslik muzeyida saqlanayotgan eksponatlar-kundalik turmush, xo’jalikda ish yuritish uchun kerak bo’ladigan mahsulotlarning aksariyati mahalliy usta-hunarmandlar tomonidan tayyorlanganligini bildiradi. Jizzaxda kulollik, temirchilik, sovungarlik, zargarlik, miskarlik, to’quvchilik, ko’nchilik va gilamdo’zlik kabi hunarmandchilik sohalari bilan shug’ullanilgan. Ba’zi hunarmandchilik sohalari bilan atalgan mahalla-guzarlar va ularning nomlari hozirgacha saqlanib qolgan. Axborotchilarning ma’lumotlariga ko’ra, Jizzax shahri hunarmandlarining ustaxona, do’kon va rastalari 1866 yildagi rus istilosiga qadar Jizzax O’rdasining ichkarisida janubiy mudofaa devori yaqinida bo’lgan. Jizzax O’rdasi zabt etilib, vayron qilingandan so’ng bozor, ustaxona, do’kon va rastalar O’rdaning tashqarisiga, Jizzaxning eski shahar mavzeiga (hozirgi O’rda bog’ining janubiy-sharq tomonida joylashgan90.



Download 0,73 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish