4-MAVZU: PALEONTROPOLOGIK VA ETNOGRAFIK MA’LUMOTLARNING O’LKA TARIXINI O’RGANISHDAGI AHAMIYATI
REJA:
1. O’lkashunoslikni o’rganishda paleontropologik ma’lumotlarning o’rni. Antropologiya va etnologiya fanining tadqiqot ob’yektlari.
2. O’zbekistonning qadimgi odam tarqalgan hudud ekanligi (Teshiktosh, Samarqand topilmalari). O’zbekiston hududida zamonaviy odamlarning paydo bo’lishi va voha bo’ylab tarqalishi.
3. O’lkamiz qadimgi aholisining antropologik shakllari va tipi. Toshkent vohasining qadimgi aholisi. Kushon, Baqtriya aholisi, Zarafshon vohasi aholisi, Farg’ona vodiysining qadimgi aholisi.
4. O’lkamizdagi etnik guruhlar (So’g’dlar, baqtriyaliklar, xorazmliklar, sak va massagetlar). Antik davri migratsiyalari va etnik jarayonlari. O’rta asrlarda turkiy tilli xalqlarning kirib kelishi masalalari va uning bosqichlari.
5. O’lkamiz etnografiyasining o’rganilishi. Dastlabki etnografik ma’lumotlar. Qadimgi va o’rta asrlarda yaratilgan manbalarda etnografik ma’lumotlar. Rossiya va Yevropa tadqiqodchilari tomonidan o’lkamiz etnografiyasining o’rganilishi. Qadimgi diniy tasavvurlar, urf-odat va irimlar.
O’lkashunosligimizni o’rganishda antropologik manbalar ham katta ahamiyat kasb etadi. Antropologiya - odam haqidagi fan bo’lib, inson suyaklari qoldiqlarini tosh davri odamidan tortib keyingi davr odamlarigacha bo’lgan ajdodlarning jismonan qiyofasini tiklash imkonini beradi. 1956–1960- yillarda sharqiy Afrikadagi Olduvay darasida ingliz olimi L.Liki avstrolopiteklarga mansub bo’lgan mavjudod - zanjantrop va prezinjantrop - «ishbilarmon odam» qoldiqlarini va oddiy tosh qurollarini topgan. Ular bundan 1750000 yil oldin yashagan degan fikrni bildirdi. Likinning o’g’li Richard Liki Keniya va Efiopiya territoriyasidan avstrolopitek va prezinjantrop singari mavjudodlarning suyak qoldiqlari va mehnat qurollarini topadi.
Efiopiya prezinjantroplari ham «ishbilarmon odam» deb bundan 2,5-3 million yil muqaddam yashagan ekanlar. Bu «ishbilarmon odamlar» - arxantroplar (grekcha rxayos - dastlabki, antropos - odam) toshdan mehnat qurollari yasash qobiliyatiga ega bo’lganlar. Afrika arxantroplari yer yuzidagi eng qadimiy qazilma odamlarning dastlabki vakillari hisoblanadi.
Agar Shimpanze maymuni miya qutisining hajmi 350-400 sm.kubni tashkil etsa, «ishbilarmon odam» miya qutisining hajmi 670-680 sm.kubni tashkil etgan.
1891-1892 yillarda gollandiyalik olim E.Dyubua Indoneziyadagi Yava orolidan pitekantrop (grekcha pitekos - maymun, antropos odam) maymun-odamning suyak qoldiqlarini topishga muyassar bo’ldi. Uning miya qutisining hajmi 800-900 sm.kub bo’lgan. Endilikda pitekantrop Afrikaning «ishbilarmon odam»idan keyingi bosqichda turuvchi 1,5-1,9 million yilga borib taqaldi.
1927 yilda Pekin shahri yaqinidan kanadalik olim D.Blek tomonidan topilgan Sinantrop Xitoy odami ham eng qadimgi odamlar arxontroplar hisoblanadi. Sinantroplar pitekantroplarga qaraganda ancha rivojlangan. Uning yoshi 400-500 ming yil ilgari yashagan.
Uzluksiz mehnat jarayonida arxantroplar jismoniy jihatdan rivojlanib qadimgi odamlar - neandertallarning shakllanishi uchun zamin yaratilgan. Arxantroplardan keyingi bosqich kishilari fanda qadimgi odamlar nomi bilan mashhur bo’lib, tadqiqotchilarning fikricha ular zamonamizdan 50-100 ming yil oldin yashaganlar. Qadimgi odamlar qazilma qoldiqlari dastlab 1964 yillarda Ispaniyaning Gibraltar bo’g’ozi rayonidan, so’ngra 1970 yilda Germaniyaning neandertal vodiysidan topilgan jatning nomidan kelib chiqib, bu odamni neandertal deb atash rasm bo’lgan.
Neandertallarning tashqi qiyofasi va fikrlashida soddalik, maymunga xos belgilar saqlanib qolgan bo’lib, ularning bosh miyasi u qadar rivoj topmagan edi. Lekin ular arxantroplardan juda uzoqlashib ketib, hozirgi qiyofadagi odamlarga juda yaqinlashib qolgan edilar. Insoniyat o’zining hozirgi qiyofasiga yetib kelguncha 10-15 million yillik katta tarix davrini bosib o’tdi. Bu kishilar fanida Xoma Sapiyeris - aql-idrokli odamlar deb ataldi.
Do'stlaringiz bilan baham: |