Oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti kasb ta’limi fakulteti «Himoyaga ruxsat etildi»



Download 2,14 Mb.
Pdf ko'rish
bet40/46
Sana16.01.2022
Hajmi2,14 Mb.
#374281
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   46
Bog'liq
oquvchilarga qirqim va kesimlarni orgatishning interfaol usullari

3.2.

  

Tajriba sinov-ishlarini umumlashtirib tahlil qilish.

 

 

Yuqorida  ko`rilgan  metodik  tavsiyalardan  foydalanib,  to`rtinchi  kursning 

pedagogik amaliyoti davrida chizmachilik fani mashg`ulotlarini belgilangan ta`lim 

muassasasida o`tkazildi. Pedagogik amaliyot  2018 – 2019 o`quv  yili fevral – mart 

oylarida Andijon viloyati shaxrihon tumani Sherqo`rg`on mahallasidagi 23-umum 

o`rta ta’lim maktabida bo`lib o`tdi. 

Dastlab biz o`qituvchilar bilan suhbat o`tkazishni rejalashtirgan edik. Suhbatni 

hamma o`qituvchilarni yig`ib bir vaqtda emas, balki har biri bilan alohida-alohida 

o`tkazdik.  Suhbatimizda  geometriya  darslarida  ko`proq  ishlatiladigan  tekis  – 

planimetrik tasvirlar, bitta tekislikdagi proektsiya hamda chizish paytida (doskada 

yoki bolalarning daftarlarida) kerak bo`ladigan chiziq turlariga, chiziqlarning o`zaro 



 

 

 



parallel  yoki  perpendikulyar  bo`lishlariga,  qirqim  va  kesimlarni  ishlatilish 

holatlariga hamda o`lcham raqamlarini yozilishiga e`tibor berish kerakligini kelishib 

olindi. 

Hamma fanlarda texnik rasmlardan foydalaniladi. Texnik rasm bajarish uchun 

nimalarni  bilish  kerak?  Buning  uchun  qirqim  hamda  kesimlar,  aksonometrik 

proektsiyalar  haqida,  ularning  turlari  bo`lgan  izometriya  hamda  frontal  diametrik 

proektsiya  haqidagi  tushunchalarga,  o`qlarining  yo`nalishlari  va  ular  bo`yicha 

buzilish 

koeffitsientlari, 

hamda 


aksonometrik 

proektsiyada 

aylananing 

proektsiyalarini  yasash haqida  to`liq  tushunchaga  ega  bo`lish  kerak. Bular  haqida 

o`qituvchilar bilan batafsil gaplashib olindi. Aksonometrik o`qlarning yo`nalishini 

bilish bilan birga ularni asboblar yordamida aniq yasash va taqribiy yasash yo`llarini 

ham bilish zarur. Aksonometrik o`qlarning yo`nalishi noto`g’ri aniqlangan bo`lsa, 

aksonometrik tasvir ham noto`g’ri chiqadi. 

Geometriya  o`qituvchilari  oliy  ta`lim  muassasalarida  o`qigan  davrlarida 

chizma  geometriya  va  muhandislik  grafikasi  fanlarini  ham  o`rganganlar.  Shuning 

uchun  ularga  suhbat  shaklida  chizmachilik  asoslari  bo`yicha  tushuncha  berish 

qiyinchilik tug`dirmadi. 

Bizning  aloqamiz  ko`proq  geometriya,  chizmachilik  va  tasviriy  san`at 

o`qituvchilari  bilan  bo`ldi.  Chunki  talabalarning  pedagogik  amaliyotlari 

chizmachilik  va  tasviriy  san`at  falaridan  edi.  Pedagogik  amaliyot  davrida 

chizmachilik  va  rasm  darslarini  amaliyotchi  talabalar  olib  bordi.  Boshqa  fan 

darslarini maktab fan o`qituvchilari o`zlari olib bordilar.  

Qo`llanilayotgan  o`qitish  metodini  samaradorligini  (afzalligini)  aniqlash 

maqsadida sinflar nazorat va tajriba sinflariga bo`lindi. Sinflarni tanlab olish uchun 

maktabda imkoniyat yetarli ekan. 9 – sinflar 9 – A, B, D, E sinflardan iborat ekan. 

Biz ularning iktasini ya’ni 9-A va 9-D  sinflarni eksperimental sinflar deb olishga 

qaror qildik. Har ikkala sinfda ham 30 nafardan o`quvchilar bor.  

Ikkita sinfni tarkibiy qismi quyidagicha: “A” sinfda o`g’il bolalar soni – 16 ta, 

qizlar  – 14 ta;  “D”  sinfda  –  o`g’il  bolalar soni  –  13 ta, qizlar  –  17  ta.  “A”  sinfda 




 

 

 



a`lochilar soni – 7 ta, “D” sinfda 4 ta. “3 va 4” baho oladigan o`quvchilar “A” sinfda 

9ta,  “D”  sinfda  esa  11ta.  Shunday  qilib,  sinfdagi  bolalar  soni,  tarkibiy  qismlari, 

o`zlashtirish ko`rsatgichlari taxminan bir xil. 

BMIimiz  mazmuni  va  mohiyati,  maqsad  va  vazifalariga  binoan  bizning 

tavsiyalarimizga  ko`ra  eksperimental  sinflarda  bu  tasvirlarni  yasash  chizmachilik 

qoidalariga  rioya  qilingan  holda  amalga  oshirildi.  Ya`ni  birinchi  navbatda  chiziq 

turlari  hisobga  olindi,  chizmani  katta  –  kichikligini  hisobga  olgan  holda  format 

qog’oziga to`g’ri  joylashtirilishiga  e`tibor  berildi.  Qirqim  va  kesimlarni  ishlatish, 

ularni  bir  –  biridan  farqlash,  qirqim  va  kesimlarni  ishlatishdan  maqsadni  ochib 

berish, yaqqol tasvirda bajarilgan qirqimlarning to`g’ri bajarilishiga, proektsiyalar 

sonini zaruriy va yetarli bo`lishiga e`tibor berib tushuntirib borildi. 

Nazorat sinflarida  esa  fan  o`qituvchilari darslarini oldin qanday  o`tib  yurgan 

bo`lsalar  shunday  tarzda  davom  ettirishdi.  Chizmachilik  o`qituvchisi  tajriba 

sinflarida har bir o`tilayotgan mavzu qaysi fanni o`rganishda kerak bo`lishini eslatib 

turdi, ya`ni maktabda yagona grafikaviy rejimni ta`minlashga amal qilish tartiblari 

joriy etib borildi. 

Pedagogik  amaliyotning  oxirida  o`quvchilarning  bilimlarini  taqqoslash 

maqsadida 23 – maktabning  9  sinflari o`rtasida bir xil nazorat ish o`tkazildi. 

Nazorat  ishi  uchun  hammaga  qirqim  va  kesim  chizmasi  berildi  (chizma 

avvaldan  o`qituvchi  tomonidan  doskada  tayyorlab  qo`yildi.  Ba`zi  sinflarda  katta 

qog’ozda tayyorlangan chizma doskaga ilib qo`yildi).


Download 2,14 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish