Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


-Mavzu: Pedagogik akmeologiya fani doirasidagi tadqiqotlar



Download 1,69 Mb.
bet43/109
Sana09.12.2022
Hajmi1,69 Mb.
#882682
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   109
Bog'liq
Пед.акме.УМК 2021 Й

7-Mavzu: Pedagogik akmeologiya fani doirasidagi tadqiqotlar


Mavzu rejasi:
1.Pedagogik akmeologiyaning hozirgi kundagi rivojlanishi.
2.Pedagogik akmeologiyaning asosiy muammolari
3. B.G.Ananevning shaxs konsepsiyasi
Tayanch tushunchalar: tabiiy qobiliyati, ehtiyoj, evriologiya, ergonologiya, refleksologiya, ontogenez, individ, dimorfizm, individual-tipologik xarakter, konstitutsional xususiyat, temperament, biosotsial.


VI. 1. Pedagogik akmeologiyaning hozirgi kundagi rivojlanishi
Hozirgi paytda puxta o‘ylangan, ilmiy asoslangan davlat siyosati vositasida mamlakatimiz fuqarolarining qobiliyati, bilimi, malakasi, kasb-hunarga layoqati va sa’y-harakatlaridan oqilona foydalanish uchun qulay zamin yaratish, shuningdek, mustaqil O‘zbekistonning ravnaq topishida ularning ehtiyojlari, ijtimoiy manfaatlari, hayotiy istiqbollarini belgilab olish va ro‘yobga chiqarish muhim ahamiyat kasb etadi.
Bu vazifalarni amalga oshirishda yuksak bilimli, еtuk professional kadrlarni ahloqiy kamolot ruhida shakllantirish, mamlakatimiz ravnaqi hamda gullab-yashnashi uchun xizmat qiladigan akmeshaxslarni vujudga keltirish ustuvor vazifalarimizdan biriga aylanib bormoqda. Ushbu mexanizmlardan biri - inson resurslarini rivojlantirish, undan oqilona foydalanishning yangicha yo‘llarini izlab topish, ya’ni o‘ta muhim еchimlaridan biri - akmeologiyaning ijtimoiy-ahloqiy muammolarining ilmiy muomalaga kirib kelishidir.
Shu bois, uchinchi ming yillik bo‘sag‘asida shiddatli kechgan intellektual izlanishlar davrida evriologiya, ergonologiya, refleksologiya bilan bir qatorda yuksak texnologiyalarni yaratish g‘oyalari, nafaqat an’anaviy ishlab chiqarish, balki insonning ijtimoiy-ahloqiy faoliyatlarini o‘rganuvchi fan – akmeologiyaning rivojlanishi bilan bog‘landi.
Akmeologiyaning ilmiy muomalaga kirib kelishiga asos solgan psixolog B.G.Ananev, «Insonning ruhiy bilish rivoji markazida dastlabki va so‘nggi ontogenez, «chetroqda» esa insonning ko‘proq ijodiyroq, samaraliroq ijtimoiy-faol hayot fazasi bo‘lishi mumkin», deydi.
Albatta, bu jarayonlarning barchasi, shaxsning individual-ruhiy rivoji haqidagi yagona ilmiy-nazariy g‘oyaning maxsus fundamental ishlab chiqarilgan, o‘smirlik va еtuklikning yosh psixologiyasi qismisiz mavjud bo‘la olmaydi, degan nazariyalar ham yo‘q emas.
Shu bois, akmeologiyaning predmeti individ, shaxs individual faoliyatining barcha sohalarida erishgan maksimal еtukligi bo‘lmog‘i lozim (A.A.Bodalyov, N.V.Kuzmina, A.A.Derkach va boshq), degan qa’tiy konsepsiya yuzaga keldi.
Maksimal еtuklik individ, shaxs rivojining cho‘qqisi va individual faoliyat bilan bog‘liq ekan, demak ana shu cho‘qqi yunonchada «akte» deyiladi va bu soha akmeologiya deb yuritiladi.
Shu bilan birga, «akme»da insonning faoliyati bilan bog‘liq holatlar ham nazarda tutiladi. Jumladan, shaxsning «yulduzli» onlari yoki shunga yaqin jarayonlar, ya’ni biror-bir sohada erishgan oliy yutuqlari (N.V.Kuzmina).
Zamonaviy ilm-fanda insoniy yuksakliklarning «akte» kategoriyasi bilan bog‘liq bir necha talqinlari mavjud. Jumladan, birinchi, «akme» - bu qisqagina hayot kesimini qamrab olsa-da, ko‘p qirrali holat bo‘lib, insonning har doim jamiyatda qanchalik o‘z o‘rniga ega ekanligi, uning biror-bir soha mutaxassisi sifatida olib borayotgan salmoqli faoliyati, shaxs sifatida esa uni qamrab turganlar bilan olib borgan ijtimoiy aloqasida qanchalik boy yoki qashshoqligi, turmush o‘rtoq va ota-ona sifatida tayyorlik darajasi bilan bir qatorda yaxshi tomonga o‘zgara olish darajasi va eng yashirin ezgu qobiliyatlarini ko‘rsata olish darajasiga ham bog‘liqdir.
Yetakchi faylasuf olim Xatima Shayxova bu borada:
«Akmeologiya - zamonaviy yangi fan. Uning muhim vazifasi muayyan kasb-korlikning yuksak pog‘onaga ko‘tarilishidagi turli jihatlarini o‘rganishdir. Akmeologiyaning mazmun-mohiyati - insonning har bir kasb-hunarni bilim orqali chuqur egallashi, uning jamiyat rivoji, millat ravnaqi, turmush farovonligi hamda ijtimoiy taraqqiyotning iqtisodiy, siyosiy, ma’naviy-huquqiy jihatlariga ijobiy ta’sirini kuchaytirishga xizmat qilishini chuqur anglashi, o‘z ijodiy faoliyatini, kasb-hunar sohasidagi burch va mas’uliyatini ado etishga sarflash maqsadida mukammallik va kamolotga erishishni o‘rganishdan iborat», deydi.
Bizningcha esa, akmeologiya tabiiy, umumjamoa va insoniy qoidalar asosida nafaqat kasbiy mahoratning yuksak muvaffaqiyatga erishishi, balki insonning еtuklik bosqichida ham ruhan, ham ijtimoiy rivojlanish qonunlari va mexanizmlari, ijtimoiy, ruhiy yuksaklikka erishish darajalari fenomenologiyasini o‘rganish haqidagi fandir. Bunda biz Sharq allomalarining «komil inson», muhtaram birinchi Prezidentimiz Islom Karimov tomonidan ilgari surilgan «Barkamol inson» g‘oyalarini akmeologiyaning ob’ekti «akmeshaxs» tushunchasi bilan bir qatorda tadqiq etgan holda, ushbu fanning fundamenti Markaziy Osiyo mutafakkirlarining qo‘lyozmalarida o‘z ifodasini topgan va bugungi kunda bizning mamlakatimizda keng foydalanilmoqda, desak, aslo adashmaymiz.
Yuqoridagi xulosalardan kelib chiqqan holda, «akme» tushunchasini, albatta, yuksak cho‘qqi, avj nuqta, eng oliy hissiyotlar (A.Maslou), deyish mumkin.
Akmeologiyadagi asosiy iboralardan biri «akmeologik moyillik» iborasi bo‘lib, ushbu tushuncha shaxsning intiluvchanlik xossasini anglatadi.
Rivojlangan mamlakatlarning asosiy takomillashuv mexanizmi raqobat bo‘lib, insonni doimo yuksaklik, komillikka, barkamollikka undaydi. Bu jihat akmeologiyada milliylik va umuminsoniylikning o‘zaro dialektik munosabatlarning shakllanishiga olib keladi. Akmeologiya inson kasbiy faoliyati doirasidagi professionallik va ijodiylikning akme shaklining rivojlanishi uchun zarur qonuniyatlarni o‘rganuvchi fan bo‘lgani uchun «akmeologiya» atamasining mazmuni, mohiyati insonshunos olimlar tomonidan turli bahs va munozaralarni keltirib chiqarmoqda.
Buning boisi, birinchidan, akmeologiya sohasida ilk davrlarda asosan pedagoglar, psixologlar tomonidan chop etilgan ilmiy asarlar, etika ixtisosligi bo‘yicha olib borilgan tadqiqot ishlari fanning yoki bu jihatlarinigina qamrab olganligi sababli ayrim tushunmovchiliklarni keltirib chiqardi.
Umuman olganda, hozirgi globallashuv davrida jamiyatimiz o‘zining yuksak rivojlanish nuqtasi, fuqarolik jamiyatini barpo etishga yaqinlashmoqda. Bu esa ayni paytda akmeologiyaning asosiy kategoriyalaridan mukammallik, yuksaklik, oliy daraja kabi tushunchalar kundalik turmushda ishlatilib kelingan bo‘lsa-da, ijtimoiy-falsafiy va ahloqiy nuqtai nazardan maxsus ilmiy tadqiqot sifatida to‘la o‘rganilmagan.
«Akmeologiya», agar ularni hududga moslashtirilsa, insonshunoslikdagi barcha tajribalardan o‘zining yuqori samaradorligi va ta’lim berishdagi ayrim qulayliklari bilan ajralib, o‘quv jarayonining sifatini pedagogik mahoratdan ozod qiladi va ta’lim-tarbiya jarayonining faqat yaxshi va a’lo darajada bo‘lishligini kafolatlashi bilan birga, uni qaytadan tiklash imkonini beradi.

Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish