Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi namangan davlat universiteti


-Mavzu: Pedagogik akmeologiyaning hozirgi kundagi rivojlanishi va uning boshqa fanlar bilan aloqasi



Download 1,69 Mb.
bet14/109
Sana09.12.2022
Hajmi1,69 Mb.
#882682
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   109
Bog'liq
Пед.акме.УМК 2021 Й

2-Mavzu: Pedagogik akmeologiyaning hozirgi kundagi rivojlanishi va uning boshqa fanlar bilan aloqasi.
Mavzu rejasi:
1.Akmeologiya fanining predmeti va uning pedagogik akmeologiya bilan bog‘liqligi.
2.Akmeologiyaning jamiyatshunoslik va insonni anglash tizimdagi o‘rni
3.Akmeologik tadqiqotlar va ishlanmalarning ilmiy-uslubiy yo‘naltirilganligi
4.Akmeologiyaning insonni anglash tizimi bilan o‘zaro munosabati


Tayanch tushunchalar: akmeologikliya, ilmiy-uslubiy yo‘naltirilganlik, insonni anglash, jamiyatshunoslik, professional, mentalitet, tabiiy-ilmiy yo‘naltirilganlik, ijtimoiy-gumanitar yo‘naltirilganlik.


II.1. Pedagogik akmeologiyaning jamiyatshunoslik va insonni anglash tizimdagi o‘rni
XXI asr insoniyat tarixida inson bilimining eng yuqori darajaga ko‘tarilishi, uning aqlu-zakovati, flkrlash qobiliyati, manaviyati va taffakurining boyib borishi orqali professionallik darajasini shakllantirib borish lozimligini talab etmoqda. Ammo, qobiliyat, iste’dod, komillik, insondagi intiluvchanlik akmeologiya bilan uzviy bog‘liq. Intiluvchanlik – istak, xohish, mayl, qiziqish, xobbi va boshqalar o‘zini ochiq yoki yashirin holda ko‘rsatadi. Bilim olishga ehtiyoj insonda ko‘payib boradi. Inson miyasi tirik ekan, fikr yuritishi tabiiydir, zero, «Bilim inson ongi va ruhining oziqasidir» Yetuklik holati insonda kutilmaganda va birdaniga paydo bo imaydi. Unga va uning qandayligi uchun insonni barcha o‘ychan hayoti «ishlab beradi», faqat tabiatdan berilgani uchun emas, balki insonni еtuklik bosqichiga qanday jismoniy mustahkamlik zaxirasi bilan yaqinlashuvi ko‘proq yashab o‘tilgan turmush tarzi bilan bog‘lliq bo‘ladi.
Ushbu bosqichdan turib inson cho‘qqiga chiqish va tushib ketishlarini, qanchadan-qancha kechinmalarni boshidan o‘tkazishini unutish kerak emas. Bu uning sihat-salomatligi, shaxs sifatida va o‘zini turli faoliyatlarda ifodalashiga ham bog‘lliq. Inson еtukligining qandaydir vaqt kesmasiga to‘g‘ri keladigan rivojlanishining eng yuqori darajasi, uning cho‘qqisi «akme»ning o‘zginasidir.
1. Uning akmeologiya erishuvidagi faoliyatining natijalari bundan dalolat beradi.
2. Uning qay darajada mazmunan ko‘p qirraligi, boy ijtimoiy buyukligi, tashabbuskor va originalligi.
3. Ushbu professional cho‘qqining qaysi balandligini egallaganligidan dalolat beradi.
Albatta, insonning akmesiga ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy, huquqiy, ijtimoiy-psixologik vaziyatlar orqali hayot yo‘lining xususiyaatlari ham bog liq bo‘ladi, ko‘tarilgan еtuklik bosqichiga ko‘p jihatdan uning akmesining miqdor-sifat ko‘rsatkichlari, qanday qilib dunyoqarashi tashkil topganligi, umumiy va maxsus intellektining shakllangani, ahloqli yadrosi tuzilganligi va ijodkorlik qobiliyatlarining rivoj topganligi bilan belgilanadi. Insonlar noxush holatlarga qarshi turishlari va ularga qaramasdan o‘z fikrlarini amalga oshirishlari bilan bir-birlaridan farqlanadilar. Ularning akmelari paydo bo‘lishini konkret sharoitlarini hisobga olib baholash, har doim individ, shaxs, faoliyat sub’ekti sifatida nimaga qodir ekanligini ko‘rsatadi. Aytib o‘tilganlar akmeologiya еchadigan vazifalarning quyidagi guruhini ochib beradi. Unga shaxs akmesining miqdor-sifat tavsifini belgilaydigan omillarning harakatini kuzatish, turli insonlardagi umumiylik va farqlarni ilmiy yoritish kabi masalalar kiradi. Yuqoridagi masalaning birinchisi inson tomonidan to‘laqonli akmega erishishda va haqiqatan sodir bo‘lishda qonuniyatlar va mexanizmlar ochib berishning muhimligini anglatadi.
Akmeologiya makro, mezo, mikromuhitlar (davlat, jamiyat ta’lim va mehnat tamoyillari, oila va boshqalar bilan) hamda tashqi sharoitlarning insonga ta’sirining mexanizmlari va natijalarini qadamma-qadam kuzatib boradi. Akmeologiya inson rivojida o‘tadigan eng muhim bosqichning xususiyatlarini har tomonlama yoritib beradi. Yetuklikning induvidual kartinasining turli omillari, o‘ziga xos harakatini tushuntirar ekan, insonlardagi o‘xshashliklar va farqlanishlarni ham belgilaydi. Yetuklik bosqichida insonning individ, shaxsiy, sub’ektiv xususiyatlarining paydo bo‘lishi darajasini oddiy va mo‘tadil deb bo‘lmaydi. Ushbu akmeologik jarayonda «jismoniy», «ruhiy», «intellektual» xususiyatlarning o‘zaro ta’sirini kuzatish muhim ahamiyat kasb etadi. Insonning ontogenezidagi rivojlanish xususidagi fanning bir bo‘lagini ilmiy jamoatchilik «akme» termini bilan bog‘laydi. Yetuklik yoshidagi inson taraqqiyotini kompleks o‘rganadigan fan esa akmeologiya deb ataladi. O‘tmishdagi uzoq tarixiy madaniyatimizga nazar tashlar ekanmiz, o‘zbek xalqi insoniyatning ajralmas bir qismi ekanini, ushbu zaminda ko‘plab allomalar еtishib, bu allomalarimizning ilmiy asarlarini tadqiq etar ekanmiz, ular a k m е , akmeologiya tushunchalariga yaqin iboralari qo‘llaganlarining guvohi bo‘larniz

Download 1,69 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   109




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish