3. Korxona xaqida ma'lumotlar. Singapur Marg’Ilon tex korxonasi 2017 yil iyun oyidan boshlab halq xizmatida bo’lib kelmoqda.Ushbu sex joxon standartlariga to’laqonli javobjavob beradigon raqobatdosh maxsulotlarni ishlab chiqarmoqda. Maxsulotlar MDH davlatlariga exspot qilinadi va ichki bozorda ham bu brend ostidagi maxsulotlar istemochilar tomonidan iliq kutub olinyapti. Ushbu korxonada 90 dan ortiq ishchi xodimlar faoliyat yuritib kelmoqda. Har bir ishchi oz kasbini chinakam mohir ustalari. Korxonaning asosiy faoliyat tikuv tirkataj va to’qimachilikka asoslangan. Korxona dastlab faoliyat boshlaganda bor yo’g’I 20 mata ishchi va oddiy texnalogiyalar bilan jixozlangan edi asta-sekinlik bilan yangi texnalogiyalar bilan taminlanib ishchi soni ortib bordi. Ishchilarga qulaylik yaratish maqsadida korxona shaxsiy aftobusiga ega va bu transport ishchilarni tashish bilan shugillanadi, Bir soz bilan aytganda ishchilarga hamma shart sharoitlar yaratib berilgan shu jumladan tez tibbiy yordam korsatish uchun hamshira xonasi, nomozxonlar uchun nomozxona mavjud. Tikuv sexining asosiy faoliyati yotoq komplekslari ayollar va bolalar kiyimlarini tikishdan iborat. Korxonaning asosiy hamkori Rassiya faederatsiyasi bilan hamkorlikda ishlaydi. To’quv sexi aosan XB mato toqish bilan shugullanadi. Asosiy buyurtmalari yotoq komplekslari hamda erkaklar koylaklari ishlab chiqarish firmalai buyurtma qiladi.Korxonada tikuv mashinasi soni 120 ta.
4. Tajriba bo’lmidagi texnologik jarayonlarni yoritish. Texnologik jaryonni tashkil etish ishchi kuchi bilan ishlab chiqarish vositalarini ratsional ravishda birga qo’shishdan iborat bo’lib, bu ishlab chiqarish rejasining samarali bajarilishini ta‘minlaydi.Texnologik jarayonlarni tashkil etish mehnat taqsimotiga va uni alohida ishlarga ixtisoslashtirishga asoslangan.
Bunday ixtisoslashtirish natijasida mahsulot va uning qismlarini tayyorlash korxonaning alohida bo’limlarida (ish joyi, tsexlarda) bajariladi va bunda mehnat predmeti bir ish joyidan ikkinchisiga ko’chiriladi. Shunday qilib, bir butun texnologik jarayon o’zaro uzviy bog’langan bir qancha alohida qismlardan iborat.Texnologik jarayon qator bosqichlardan iborat bo’lib, bu bosqichlarning har biri ishlab chiqarish operatsiyalaridan iborat.
Opreatsiya–ishchining ma‘lum ish joyida ishlab chiqarish elementiga ishlov berishda bajariladigan oddiy ishlari yig’indisidan iborat bo’lib, jarayonlarning shu bosqichda tugallangan qismini tashkil etadi (masalan, ishlab chiqarilgan detalni pardozlash maqsadida uni silliqlash operatsiyasi).Operatsiya texnologik jarayonlarning asosini tashkil etib, ishlab chiqarishni rejalashtirish va hisobga olishning asosiy elementi hisoblanadi.Operatsiya bir qator usullardan iborat bo’lib, ularning har biri tugallangan oddiy mehnatdir. Usullar alohida harakatlarga bo’linadi.Texnologik jarayonning oxirgi mahsuloti qo’shimcha mehnat talab qilmaydigan, butlab va joylab qo’yilgan, texnika nazorati bo’limi tomonidan qabul qilib olingan va iste‘molchiga yuborish mumkin bo’lgan tayyor mahsulot hisoblanadi.Mahsulotlar asosiy va qo ̳shimcha mahsulotlarga bo’linadi.
Asosiy mahsulot hosil qilish korxonaning asosiy maqsadidir. Qo’shimcha mahsulotlar esa yo’l-yo’lakay hosil bo’ladi. Hozirgi vaqtda qo’shimcha mahsulotlarning deyarli hammasi iqtisodiyotda keng qo’llaniladi.Ishlab chiqarish jarayonida asosiy va qo’shimcha mahsulotlar bilan bir qatorda chiqindi mahsulotlar ham hosil bo’ladi. Bunday chiqindilar mahsulotlar ishlatilishi yoki ishlatilmasligiga ko’ra qaytar va qaytmas chiqindilarga bo’linadi.
Mehnat predmetlaridan qanchalik unumli foydalanilsa, chiqindi miqdori shuncha kam va texnologik jarayonlar shuncha samarali bo’ladi.
Hozirgi zamon texnologiyasining asosiy vazifalaridan biri tashlandiq chiqindilarni iloji boricha kamaytirish va asosiy tayyor mahsulot miqdorini oshirishdan iborat. Odatda, mahsulot miqdori quyidagi formula bilan aniqlanadi:tayyor mahsulot og’irligi
V = ----------------------------------* 100
Xomashyoog ̳irligiBunda:V –tayyor mahsulot miqdori, foiz hisobida.
Texnologik jarayonning ikkinchi muhim vazifasi –olinayotgan tayyor mahsulot sifatining yuqori bo’lishini ta‘minlashdir. Sanoatning muhim texnik –iqtisodiy ko’rsatkichlari quyidagi omillar orqali xarakterlanadi:
1) xarajat koeffitsentlari va olinganmahsulot miqdori;
2) mahsulot sifati;
3) asbob –uskunalarning unumdorligi va quvvati;
4) asbob –uskunalar yoki jarayonlarning tezligi;
5) mehnat unumdorligi;
6) mahsulot tannarxi;
Bu ko’rsatkichlar boshqa maxsus fanlarda kengaytirilgan holda o’tiladi. Shuning uchun biz bu yerda mazkur ko’rsatkichlar haqida asosiy tushunchalar berib o’tamiz. Xarajat koeffitsiyenti va olingan mahsulotlarning miqdori, ishlab chiqarish jarayonida bir birlikdagi tayyor mahsulot olish uchun sarflangan hamma Xomashyoturlari miqdori energiya xarajat koeffitsiyenti deb ataladi. (1 kg, 1 t, va h.k). Olingan mahsulot miqdori esa (ŋ) amalda olingan tayyor mahsulot. Damal miqdorining nazariy olinishi mumkin bo’lgan Dnaz miqdoriga bo’lgan nisbatning foizlardagi ifodasidir.Tayyor mahsulot sifati.Harqanday korxona ishlab chiqarayotgan mahsulot sifatiga jiddiy e‘tibor berishi kerak, chunki yuqori sifatli mahsulot bozorda tez va oson o’z is‘temolchisini topa oladi va korxonaga katta iqtisodiy foyda keltiradi. Boshlang’ich xomashyo qancha toza bo ̳lsa hamda reaksiya natijasida sodir bo’lgan qo’shimcha birikmalardan qancha to’la ajratilsa, tayyor mahsulot sifati shuncha yuqori bo’ladi. Har bir ishlab chiqarilgan mahsulot sifati, ya‘ni tarkibi va xossalari GOST da ko’rsatilgan talablarga javob berishi kerak.Apparatlar unumdorligi va quvvati. Sanoatda ishlatiladigan har bir apparat ma‘lum unumdorlikka va quvvatga ega bo ̳lishi kerak. Apparatning unumdorligi (U) ishlabchiqarish jarayonining ma‘lum sharoitda vaqt birligi (t) ichida shu apparatda amalda ishlab chiqarilgan mahsulot (Damal) bilan belgilanadi. Ishlab chiqarish jarayonining optimal sharoitidagi eng yuqori unumdorligi shu apparatning quvvati (W)ni belgilaydi.Shunday qilib, apparatning quvvati uning eng yuqori darajadagi unumdorligidir:
DamalU = ---------kg/soat (yoki t/sutka va h.k.)4T Wq UmaxApparat yoki jarayonning jadalligi. Apparat yoki jarayonning foydali hajmi (V) birligiga to ̳g ̳ri keladigan unumdorligi shu apparat yoki jarayonning jadalligini ko’rsatadi.
D amal U = ------------------kg/m3 soat (yoki sutka )V*t
Mehnat unumdorligi.Mehnat unumdorligi –bu sarflangan mehnatning samarasi hisoblanib, u vaqt birligi ichida tayyorlanadigan mahsulot miqdori bilan o’lchanadi.
Vaqt birligi (soat, kun, yil) ichida qancha ko'p mahsulot ishlab chiqarilsa, mehnat unumdorligi shuncha yuqori bo'ladi va aksincha.Mehnat unumdorligini oshirishning asosi texnika taraqqiyoti, ishchi va xizmatchilarning malakasi, ishlabchiqarish va mehnatni tashkil etish, mehnat sharoitlarini yaxshilash, ilg'or tajribalarni keng tarqatishdan iborat. Mahsulotning tannarxi–ishlab chiqarish jarayoni davomida bir birlik mahsulot ishlabchiqarish uchun sarf bo ̳ladiganpul hisobidagi hamma xarajat shu mahsulotning tannarxini belgilaydi. Hozirgi zamon texnologiyasi Xomashyolarni keng miqyosda xalq iste‘mol buyumlari va mahsulotlariga hamda ishlab chiqarish vositalariga aylantirish usullarini va yo'llarini o'rgatadi. Texnologik jarayonlar natijasida mahsulotning shakli, tarkibi va xossalario ̳zgaradi.
Texnologiyaning asosiy vazifalaridan biri bu jarayonlarning optimal variantlarini ishlab chiqishdan, ya‘ni kam kapital mablag sarflab, mahsulot miqdori va sifatini oshiradigan apparat hamda agregatlar yaratish, shu jihozlarni tayyorlash uchun kerakli materiallar, jarayonlarning ratsional loyihalarini tuzish, bu jarayonlarga mos texnologik parametrlar, harorat, bosim, siklning uzuluksizligi va boshqalarni tanlashdan iborat. Xullas, har qanday texnologik jarayon samarali va rentabelli bo’lishi kerak