Kurs ishini tashkil etish bo‘yicha ko‘rsatmalar
Kurs ishining maqsadi talabalarni mustaqil ishlash qobiliyatini rivojlantirish, olgan nazariy bilimlarini qo‘llashda amaliy ko‘nikmalar hosil qilish, bevosita ishlab chiqarishdagi real sharoitlarga mos texnik echimlar qabul qilish va zamonaviy texnika va texnolgiyalarni qo‘llash ko‘nikmalarini hosil qilishdir.
Kurs ishi mavzulari bevosita ishlab chiqarish korxonalari texnologik jarayonlariga bog‘liq holda, aniq texnologik jarayoni uchun belgilanadi. Kurs loyixasining mavzulari umumiy talabalar sonidan 20-30 % ko‘proq oldindan tayyorlanadi. Har bir talabaga shaxsiy topshiriq beriladi.
Kurs ishining taxminiy mavzulari:
tezlik, kuchlanish va tok bo‘yicha tashqi aloqalarga ega bo‘lgan elektromashina kuchaytirgichli,
generator - dvigatel,
tiristorli o‘zgartkich – dvigatel
tizimlarini parametrlari va rejimlarini hisoblash.
Do'stlaringiz bilan baham: |