Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi berdaq nomidagi qoraqalpoq davlat universiteti «Elektr energetika»



Download 5,7 Mb.
bet41/71
Sana01.01.2022
Hajmi5,7 Mb.
#291173
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   71
Bog'liq
ABT OMK 2 metrolog UZB

III. Ishni bajarish tartibi:

Berilgan zveno uchun LAT va LFT tenglamalari asosida, EHMga dastur tuziladi. Bunda chastotaga 0 dan to  gacha o‘zgaradigan miqdor beriladi.

Dastur EHMga kiritilib, LAT va LFTlarning щisoblangan natijalari yozib olinadi.

Olingan natijalar asosida LAX va FCHXlar qurilib, tahlil qilinadi, xulosalar chiqariladi.

2 jadval




Berilgan kattaliklar ko‘rinishi

Tenglamadagi ko‘rinishi

Dasturdagi ko‘rinishi

1

T1

T1

2

T2

T2

3

T3

T3

4



W

5



E

6

()

FW

7

L()

LW

10 PRINT "Laboratoriya ishi №2"

15 PRINT "Dinamik zvenolarning LAX va FCHX aniqlash"

20 T1 = 1: T2 = .1: T3 = .03: K = 180

30 W = .01: E = .2

40 CLS


50 SCREEN 9

60 LINE (0, 100)-(600, 100), 1

70 T = T + 1

80 W = W * 1.01

90 A1 = K

100 A2 = ((1 - T2 ^ 2 * W ^ 2) ^ 2 + (4 * E ^ 2 * T2 ^ 2 * W ^ 2))

110 A3 = SQR(1 + T1 ^ 2 * W ^ 2)

120 B1 = 20 * LOG(A1)

130 B2 = 20 * LOG(A2)

140 B3 = 20 * LOG(A3)

150 LW = B1 - B2

160 F1 = -ATN((1 - T2 ^ 2 * W ^ 2) / (2 * E * T2 * W))

170 FW = F1

180 D = D + 1

190 IF D < 50 GOTO 260

200 PRINT "t="; T, " lw="; LW, "fw="; FW

210 D = 0

220 PSET (50 + T * .5, 100 - LW * .5), 1

230 PSET (50 + T * .5, 150 + FW * 25), 1

240 LINE (0, 100)-(600, 100), 1

250 LINE (0, 0)-(0, 100), 1

260 IF T < 1000 THEN 70

270 END

3 – Laboratoriya ishi

GENERATOR – MOTOR (G-M) TIZIMIDAGI O‘TKINCHI JARAYONLARNI TEKSHIRISH
I. Ishdan maqsad: Generator-Motor tizimidagi o‘tkinchi jarayonlarni matematik modellash orqali tahlil qilish. Olingan model asosida tizim parametrlarining o‘tkinchi jarayonga ta’sirini o‘rganish.

II. Nazariy qism: YUqori aniqlik bilan ishlaydigan ko‘pgina sanoat qurilmalarida tezlik (moment, quvvat, yo‘l va shunga o‘xshashlar)ni rostlash uchun G-M o‘zgarmas tok tizimi keng ishlatiladi. Oxirgi yillar bu tizimni ishlatish kamaygan bo‘lsa ham uning ayrim ijobiy fazilatlarini zamonaviy tizimlar to‘liq bajara olishmaydi. SHuningdek, G-M tizimi asosida, bunga o‘xshash tizimlarning umumiy xususiyatlari, tavsiflari, jarayonlarini o‘rganish qulayroq va tushunarlidir.

G-M tizimining prinsipial chizmasi 3.1-rasmda berilgan. Undagi elektr mashina agregati, yurgizuvchi motor (YUM) va uning valiga o‘rnatilgan o‘zgarmas tok generatori (G)dan iborat bo‘lib, bir xil tezlikda aylanishadi [8]. Generator yakoridan o‘zgarmas tok motori ta’minot oladi. Motor esa ishchi mexanizm (IM)ni burchak tezligida aylantiradi. Generatorning qo‘zg‘atish chulg‘ami (GQCH) boshqariladigan kichik quvvatli o‘zgarmas tok generatori yoki tiristorli to‘g‘rilagich (TT)dan ta’minot oladi. Bular yordamida generatorning qo‘zg‘atish chulg‘ami (magnit Fg oqimi, Utg boshqarilib, generator beradigan Eg EYUK kerakli qonun bilan shakllantiriladi, chunki Fg= Utg hamda Eg =segFg. SHu yo‘l bilan motorning tezligi , toki I va boshqa qiymatlari rostlanadi. YUrgizuvchi motor sifatida aksariyat holda asinxron, ba’zida sinxron motorlar qo‘llaniladi.

G-M tizimidagi motorning tezligi, toki (momenti) va boshqa o‘zgaruvchilarini avtomat rostlashda katta kuchaytirish koeffitsienti kerakdir. Oddiy generatorning yuqori aniqlik bilan kuchaytirish koeffitsienti 20 100 dan oshmaydi. SHu sababli GQCHini kirish zanjiriga qo‘shimcha kuchaytirgich (shuningdek TT) ulanishi odatdan.

YAqin o‘tmishgacha bu maqsadda elektr mashinali, keyinchalik esa elektr magnitli kuchaytirgichlardan foydalanib kelingan edi. Hozirgi zamonda G-M tizimi uchun qo‘zg‘atgichlar sifatida asosan kuchaytirish koeffitsienti katta, vaqt doimiysi kichik, ya’ni tezkor tiristorli yoki tranzistorli o‘zgartgichlar ishlatiladi.

Tiristorli qo‘zg‘atgichdagi dinamik jarayonlar quyidagi tenglama orqali:
kt.kUb =(1+Tt.k r) Uq.k (3.1)
ifodalanadi. Bu erda kt.k=Uq.k/Ub -tiristorli to‘g‘rilagichni kuchlanish bo‘yicha kuchaytirish koeffitsienti; Uq.k- tiristorli (yoki tranzistorli) to‘g‘rilagichni chiqishidagi (ya’ni qo‘zg‘atish) kuchlanishi; Ub– TT kirishidagi boshqarish kuchlanishi; Tt.k - TTning vaqt doyimiysi ; r=d/dt - differensiallash operatori. Generatorning kirish va chiqish bo‘limlarini bog‘lovchi - mashina magnitlovchi Eg  (iq) yoki Eg  (F) tavsifi, magnit tizimni to‘yinish po‘latidagi xususiyati va isrofiga ma’lum darajada qaramdir. Aniqrog‘i, bu tavsif egri chiziqlidir. Agar uni e’tiborga olsak, unda G-M tizimidagi o‘tkinchi jarayonlarni ifodalash, hisoblash va tahlil qilish murakkablashadi. SHuning uchun, ko‘pincha, bu holat soddalashtirilib, po‘latda isrof yo‘q, magnit zanjir to‘yinmagan va magnitlovchi tavsifi chiziqli deb olinadi. Unda generatorning asosiy dinamik xususiyatlarini ifodalovchi tenglama:
Uq.kkg=(1+Tgp)Eg (3.2)

ko‘rinishda bo‘ladi. Bu erda kg=Eg/Uq.k; (g const, bo‘lgandagi) generatorning kuchaytirish koeffitsienti; Eg– generatorning yakorida hosil bo‘ladigan EYUK; Tg=Lg/Rq.g- generatorning qo‘zg‘atish cho‘lg‘amini vaqt doyimiysi.

G-M tizimli elektr yuritmaning yakor zanjirini muvozanat tenglamasi

, (3.3)

ko‘rinishda bo‘ladi. Bunda Em=sF motor yakoridagi EYUK;



T ya LR - yakor zanjirining elektromagnit vaqt doimiysi; RRya.mRya.g, LLmLg – yakor zanjirining yig‘indi aktiv qarshiligi va induktivligi; 0Egs motorni G-M tizimidagi ideal salt yurish tezligi; skFnmotorning EYUK momenti koeffitsienti; M–motorni elektromagnit momenti; - joriy tezligi.

Nyuton qonuniga binoan, motor aylantiruvchi qismlar uchun, mexanik xarakat tenglamasi quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi:



(3.4)




3.1-rasm. G-M tizimining prinsipial (a) va struktura (b) sxemasi.
yoki M=sFiya ekanligi e’tiborga olsak, unda tenglama quyidagi

(3.5)

ko‘rinishda bo‘ladi. Bunda TmJ Rs2 motorni elektromexanik vaqt doyimiysi; J JmJmex motor va mexanizmni inersiya momentlarini yig‘indisi; MyusFIyu yuk momenti.

G-M tizimida motor tezligini rostlash generatorning EYUKini uzluksiz o‘zgartirish orqali ta’minlanadi. Buning uchun elektr tarmoqdan keladigan energiya uch marotaba elektromexanik o‘zgartirishlar orqali amalga oshiriladi. Natijada, qurilma (agregat)ning o‘rnatilgan umumiy quvvati uch martadan ham katta bo‘lib, foydalaniladigan quvvat, iste’mol quvvatini 60-70 %dan oshmaydi, ko‘pincha ancha pastroq bo‘ladi.

Tenglamalar tizimidagi integrallanadigan o‘zgaruvchilarni tenglamaning o‘ng tomoniga, o‘tkazib qolgan o‘zgaruvchi va parametrlar chap tomonida qoldiriladi. Tenglamalardagi rddt bilan almashtirilib, raqamli integrallash uchun Koshi shakliga (ya’ni birinchi darajali differensial tenglamalar tizimi ko‘rinishiga):


(3.6)

(3.7)

(3.8)

(3.9)

(3.10)

keltiramiz.



Download 5,7 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   71




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish