13, 14 – MA’RUZALAR. Avtomatik boshqarish tizimlarining tuzilish sxemalarini
tuzish uchun misollar
Ishning tartibi. Avtomatik boshqarish tizimining berilgan vazifaviy sxemasiga asosan tarkibiy sxemalarini tuzishda quyidagilarni amalga oshirish kerak: 1) Bosh zanjirdagi ta’sirlar va teskari bog‘lanish (TB) zanjirlaridagi oddiy dinamik zvenolarni ajratish va ularning uzatish funksiyalarini (UF) aniqlash; 2) To‘lqinlantiruvchi (Tashqi) ta’sirlar qo‘yiladigan nuqtalarni aniqlash; 3) Yig‘indi tugunlari va TB zanjirlari uchun signal ajratiladigan nuqtalarning holatini aniqlash.
Do'stlaringiz bilan baham: |