Tayyorgarlik mikrotsikllarini rejalashtirish
Sport amaliyotida mashg‘ulot mikrotsikli deganda bir necha kun davomida o‘tkaziladigan va mazkur tayyorgarlik bosqichi vazifalarini majmua hal etishni ta’minlaydigan mashg‘ulotlar seriyasi tushuniladi.
Mikrotsikllar davomiyligi - 3-4 kundan 10-14 kungacha.
Kalendar haftaga muvofiq bo‘lgan 7 kunlik mikrotsikllar ko‘p tarqalgan.
Mikrotsikllarni rejalashtirishda an’anaviy va noan’anaviy yondashishni ajratish mumkin.
An’anaviy mikrotsikllar. L.P.Matveev hammualliflari bilan an’anaviy mikrotsikllarning to‘rtta turini ajartishni taklif qiladi:
Shaxsan mashg‘ulot mikrotsikli, ular mashg‘ulot yuklamasi yo‘nalishiga qarab, umumiy tayyorgarlik va maxsus tayyorgarlik mikrotsikllariga, yuklama o‘lchami hamda dinamikasiga qarab, oddiy hamda zarbdor mikrotsikllarga bo‘linadi;
Yaqinlashtiruvchi, ular o‘z mazmuniga ko‘ra musobaqa vaziyatini qisman modellashtiradi va bokschilarning maxsus ish qobiliyatini muntazam oshirishga qaratiladi;
Musobaqa, ular musobaqa sharoitlarini to‘liq aks ettiradi;
Tiklanish (yoki musobaqalardan keyingi engillashtiruvchi) mikrotsikl, ularning maqsadi sportchilarning musobaqalarda qisman yo‘qotgan ish qobiliyatini tiklashdan iborat.
O‘z navbatida taniqli mutaxassis V.N.Platonov (1986) beshta turdagi mikrotsikllarni ajratishni taklif qildi; tortuvchi, zarbdor, yaqinlashtiruvchi, musobaqa va tiklanish. Biroq bu turdagi mikrotsikllar mazmunining tahlilidan shu narsa ko‘zga tashlanadiki, ular L.P.Matveev taklif etgan turlardan muhim darajada farq qilmaydi.
Shuni esda tutish lozimki, mikrotsikldagi yuklamalar va dam olishning turli almashinuvi uchta turdagi reaktsiyalarga olib kelishi mumkin;
mashqlanishning maksimal darajada o‘sishi;
mashg‘ulot samarasining kamligi yoki butunlay bo‘lmasligi;
v) sportchining toliqib qolishi.
Amaliyotning katta va juda katta yuklamali (ular ham o‘zaro, ham kichik yuklamali mashg‘ulotlar bilan oqilona almashib turiladi) mashg‘ulotlarning optimal soni mikrotsiklga kirgan hollar birinchi turdagi reaktsiyaga xosdir. Katta yuklamalarni haddan ortiq qo‘llash toliqishga olib keladi.
Boks mashg‘uloti vositalari - bu turli xildagi jismoniy mashqlar bo‘lib, ular to‘rtta guruhga bo‘lingan: umumiy tayyorgarlik, yordamchi, maxsus tayyorgarlik va musobaqa.
Umumiy tayyorgarlik mashqlariga sportchi organizmini har tomonlama funktsional rivojlantirishga xizmat qiluvchi mashqlar kiradi. Ular tanlangan sport turi xususiyatlariga mos kelishi bilan birga, u bilan ma’lum bir qarama-qarshilikda turish mumkin. Bunda faqat har tomonlama rivojlantirish vzifasi hal etiladi, xolos.
Sport boksida - bu sport gimnastikasidagi mashqlar (buyum bilan va buyumsiz, sherik bilan va sheriksiz, bir joyda va harakatda bajariladigan qo‘l,
oyoqlarning turli harakatlari), yordamchi sport turlaridagi mashqlar (og‘ir atletika va engil atletika, sport o‘yinlari, suzish, akrobatika hamda boshqalar).
Yordamchi mashqlar u yoki bu sport faoliyatida kelgusida takomillashish uchun poydevor yaratuvchi maxsus harakatlarni o‘z ichiga oladi, mashqlarning bu guruhiga trenajerlar, maxsus moslamalarda, ya’ni gilam tashqarisida ishlash paytida bokschining tezkor-kuch qobiliyatlarini oshirishga yordam beradigan vositalar kiradi. Shuningdek boshqa sport turlaridan olingan va bokschining aerob hamda anaerob imkoniyatlarini oshirishga qaratilgan vositalar (kross yugurish, regbi va boshqalar) kiradi.
Maxsus tayyorgarlik mashqlari yuqori malakali sportchilar mashg‘ulotsi tizimida markaziy o‘rinni egallaydi va musobaqa faoliyati elementlarini o‘z ichiga oladigan vositalar doirasini, shuningdek shakli, tuzilmasi va organizm funktsional tizimi faoliyatini namoyon qilish xususiyati hamda sifatiga ko‘ra ularga yaqinlashtirilgan harakatlarni qamrab oladi.
Sport boksida maxsus tayyorgarlik mashqlariga quyidagilar kiradi.
Yaqinlashtiruvchi mashqlar. Ular usullarning texnik tuzilmasini va uni amalga oshirish taktikasini egallash hamda takomillashtirishga yordam beradi.
Bokschi uchun zarur bo‘lgan maxsus jismoniy sifatlarni rivojlantiruvchi mashqlar.
Ishorali mashqlar. Ular nafaqat usullarni bajarish texnikasini, balki ular bir ma’lum taktik ko‘rinishda (turli xil holatlardan, taktik tayyorgarlik usullarini ishora orqali ko‘rsatishdan so‘ng) qo‘llanilgan paytda ma’lum ma’noda uning taktikasini ham takomillashtirishga yordam beradi. Ishorali mashqlar snaryadlarsiz va snaryad (boks manekeni) bilan bajariladi.
Sherik bilan maxsus mashqlar. Boks manekeni bilan mashqlar bajarishga qaraganda, sherik bilan bajariladigan mashqlar amalga oshirilayotgan texnik yoki taktik harakatning hamma qismlarini yanada chuqur his qilish imkonini beradi. Sherik bilan ishlash paytida berilgan harakat vaziyatini hamda zarur qarshilikni aniq qayta ko‘rsatib berish mumkin. Mashq bajarayotgan bokschining oldida turgan vazifaga qarab, sherik bo‘sh, yarim kuch bilan yoki bor kuchi bilan
qarshilik ko‘rsatishi mumkin. Shunday sherikni tanlash lozimki, uning qobiliyatlari, tayyorgarligi, bo‘yi, vazni sportchi oldiga qo‘yilgan vazifalarni hal etishga yordam berishi lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |