Tilshunoslikning boshqa fanlar bilan munosabati.
. Tilshunoslik fanlar
sistemasida deyarli barcha fanlar bilan uzviy aloqadadir. Buning sababi
tilshunoslik fanining o`rganilish obyekti bo`lgan tilning mohiyati bilan bog`liqdir.
Avvalo, til kishilar o`rtasidagi eng muhim aloqa vositasi sifatida ijtimoiy
harakterga ega. Demakki, u boshqa ijtimoiy hodisalar bilan uzviy aloqadadir.
Masalan, til egasi bo`lgan xalqning tarixi, madaniyati, ruhiyati va boshqalar. Bu
shuni ko`rsatadiki, o`zaro munosabatda bo`lgan barcha ijtimoiy hodisalarni
o`rganluvchi ijtimoiy fanlar ham o`zaro munosabatdadir. Xususan, tilshunoslik
falsafa, tarix, etnografiya, sotsiologiya, psixologiya singari fanlar bilan uzviy
aloqada.
Til fikrni shakllantiruvchi va ifodalovchi vositadir. Demak, tilshunoslik
tilning tafakkur bilan aloqasini o`rganlar ekan, tafakkur qonunlarini o`rganluvchi
mantiq va psixologiya fanlari bilan tutash nuqtalarga ega bo`ladi. Til ma'lum
jamiyatning aloqa vositasi sifatida shu xalqning tarixi, etnografiyasi bilan ham
bevosita aloqada bo`ladi. Ana shu aloqa tilshunoslikning tarix, etnografiya bilan
bog`liq ekanligini ko`rsatadi.
Xalq madaniy olamining shunday tarmog`i borki, ular uchun til, xuddi rassom
uchun rang-bo`yoq, xaykaltarosh uchun loy yoki tosh singari, moddiy vosita bo`lib
xizmat qiladi. Bu tarmoq adabiyotdir. Shuning uchun adabiyot so`z san'ati
hisoblanadi.
So`z
bir
vaqtning
o`zida
ham
tilshunoslikning,
ham
adabiyotshunoslikning o`rganlish obyekti sanaladi. Ularning farqi faqat so`zga
qanday nuqtai nazardan yondashishga bog`liq. So`zning atash ma’nosi va uning
ontologik tuzili-shi tilshunoslikning o`rganlish obyekti bo`lsa, uning ta’sir etish,
badiiy estetik vazifasi adabiyotshunoslikning o`rganlish obyekti bo`ladi.
Til garchi vazifa bajarish nuqtai nazaridan ijtimoiy harakterga ega bo`lsa
ham, lekin yuzaga chiqishl nuqtai nazaridan insonning fiziologi k tuzilishi bilan
uzviy bog`liq. Chunki nutqiy faoliyat bosh miya faoliyati bilan bog`liq holda, nutq
organlarining harakati hosilasi sifatida yuzaga chiqadi. Bu esa tilshunoslik bilan
fiziologiyaning o`zaro naqadar bog`liq ekanligini ko`rsatadi.
17
Har qanday nutq tovushlar silsilasidan tashkil topadi. Tovush esa muayyan
moddiy jismning tashqi ta’sir tufayli harakatlanishi va havoning tebranishi
natijasida paydo bo`ladi. Tovushning paydo bo`lishi va uning akustik xossasini
17
Нурмонов А., Маҳмудов Н.. “Ўзбек тилшунослиги тарихи”. Т., “Камолот-қатортол”. 2000
o`rganlish jarayonida tilshunoslik fizikaning akustika bo`limi bilan uzviy aloqada
bo`ladi.
Til kishilar o`rtasida axborot tashuvchi asosiy vositadir. Shu bilan kishilar
boshqa axborot vositalaridan ham foydalanadilar. Bu axborot vositalarining
hammasi belgili tabiatga egadir. Chunki bu vositalar obyektiv olam haqidagi
axborotni bevosita emas, balki bilvosita, belgilar yordamida ifodalaydi. Tilning
boshqa axborot tashuvchi vositalar kabi belgili tabiatini, uning belgilar sistemasi
ekanligini ochishda tilshunoslik semiotika bilan hamkorlik qiladi.
Axborot muayyan texnik vositalar yordamida uzoqqa uzatilishi ham mumkin.
Axborot uzatish vositalarini o`rgatish uchun tilshunoslik axborot nazariyasi bilan
aloqa qiladi. Hozirgi kunda avtomatik tarjima keng tarmoq otmoqda. Avtomatik
tarjima
esa
tarjima
qilinayotgan
tillarning
leksik
imkoniyatlarini
programmalashtirish mahsuli sanaladi. Demak, avtomatik tarjima tilshunoslik va
kibernetikaning o`zaro munosabati tufayli yuzaga keladi. Shu qisqa dalillar
ro`yxatining o`ziyoq tilshunoslikning fanlar sistemasidagi juda ko`p fanlar bilan
uzviy aloqador ekanligidan guvohlik beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |