Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi andijon davlat universiteti pedagogika fakulteti



Download 368,08 Kb.
Pdf ko'rish
bet13/15
Sana01.01.2022
Hajmi368,08 Kb.
#291793
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
maktabgacha yoshdagi bolalarda ekologik talim va madaniyatni tarbiyalashga innovatsion yondashuv

Mamlakatimizda 

ekologik 

ta’lim  uzluksizligini  ta’minlash  borasida  amalga 

oshirilayotgan  ishlar  qamrovi  tobora  kengayib  bormoqda.  Ta’limning  ushbu  dolzarb 

yo‘nalishida  nafaqat  tegishli  vazirlik  va  idoralar,  balki  jamoat  tashkilotlari  ham  faol 

ishtirok  etayotgani  quvonarlidir.

 

—  Bu  xayrli  ishga  o‗z  hissamizni  qo‗shayotganimizdan  mamnunmiz,  —  deydi 



Toshkentdagi  «Alfa  va  Omega»  ta‘limni  qo‗llab-quvvatlash  jam-g‗armasi  ijrochi  direktori  Irina 

Shetinina.  —   Buning  uchun  tashkilotimizda  ekologik  ta‘lim  yo‗nalishida  internet  resurslardan 

foydalanish  loyihasini  ishlab  chiqdik  va  ushbu  loyiha  2009  yilning  dekabr  oyida  O‗zbekiston 



 

 

21 



 

Respublikasi  Oliy  Majlisi  huzuridagi  Nodavlat  notijorat  tashkilotlarni  va  fuqarolik  jamiyatining 

boshqa institutlarini  qo‗llab-quvvatlash  Jamoat  fondining   grantiga  sazovor  bo‗ldi. 

Ma‘lumki,  O‗zbekiston  o‗zining  yovvoyi  tabiatini  asl  holicha  saqlab  qolgan  barmoq  bilan 

sanarli  davlatlar  sirasiga  kiradi.  Shu  bilan  birgalikda,  mamlakatimiz  sayyoramiz  biosferasi 

bar¬qarorligini  qo‗llab-quvvatlash  va  uning  tirik  mavjudotlarini  asrab-avaylash  hamda  saqlab 

qolishda  yuqori  samaradorlikka  erishayotgan  markazlardan  biri  sifatida  ham  e‘tirof  etilmoqda. 

Markaziy  Osiyo  ekologik  barqarorligini  ta‘minlash,  ekologik  fojia  o‗choqlarini  bartaraf  etish 

borasida  O‗zbekiston  tomonidan  amalga  oshirilayotgan  ishlar  va  tashabbuslar  jahon  hamjamiyati 

hamda  xalqaro  tashkilotlar  tomonidan  ham  qo‗llab-quvvatlanayotir.  Yurtimizda  O‗zbekiston 

ekologik  harakati  kabi  faoliyati  serqirra  jamoat  tashkiloti  tashkil  etilgani  esa,  bu  yo‗nalishdagi 

muhim  qadamlardan  biri  bo‗ldi,  deyish  mumkin.    Nafaqat  mamlakatimizda,  balki  mintaqamizda 

ekologik  vaziyatni  yaxshilashda,  atrof  tabiiy  muhitni  asrab-avaylash  yo‗nalishida  amalga 

oshirilayotgan  ishlarni  yoshlarning  ishtirokisiz  tasavvur  etib  bo‗lmaydi.  Shu  bois,  maktab 

ta‘limida  ekologik  ta‘lim-tarbiyaga  yanada  katta  e‘tibor  qaratilishi  zarur.  Chunki,  yoshlar  ongida 

ekologik 

dunyoqarashni 

shakllantirmasdan 

va 

uni 


mustahkamlamasdan 

turib, 


ekologik 

barqarorlikka  erishish  qiyin.  Maktab  ekologik  ta‘limi  esa  inson  faoliyatining  barcha  qirralariga 

ta‘sir  eta oladigan  kuchga  ega bo‗lishi  darkor.  

Bir  masalaga  chuqurroq  yondashsak.  Amaldagi  maktab  dasturlari,  misol  uchun,  biologiya 

va  shunga  o‗xshash  tabiiy  fanlar,  yoshlarga  mamlakatimizdagi  o‗simlik  va  hayvonot  olami 

haqida  umumiy  nazariy  bilim  beradi,  xolos.  Aniqrog‗i,  tarbiyalanuvchi  o‗z  yurtidagi  biologik 

xilma-xillik  haqida  tushunchaga  ega  bo‗layapti-yu,  ammo  uni  asrab-avaylash  uchun  nimalarga 

e‘tibor  qaratish  zarurligi  to‗g‗risida  yetarlicha  ko‗nikma  olmayapti,  fikrimizcha.  Bu  albatta  yosh 

avlodning  ekologik  madaniyatini  yuksaltirish  masalasini  dolzarb  vazifa  sifatida  kun  tartibiga 

qo‗ymoqda.  Ekologik  ta‘limda  ekologik  dunyoqarashni  shakl¬lantirishning  eng  muhim 

jihatlaridan  biri  bo‗lgan  inson  bilan  tabiat  uyg‗unligiga  amal  qilinishiga  erishish  zarur.  

Bundan  tashqari,  zamonaviy  ekologik  ta‘lim  shu  jihatni  e‘tiborga  olishi  kerakki,  bilim  orqasidan 

darrov 

unga 


ishonch 

tug‗ilmaydi, 

demak, 

ishonchdan 

harakatlar 

kelib 


chiqmaydi. 

Tarbiyalanuvchilarga  ma‘lum  hayvon  va  o‗simlik  turlari  haqida  bilim  berish  –  bolalar  ularni 

asrab-avaylashni  boshlaydi,  degani  emas.  Zamonaviy  maktab  vazifalaridan  biri  –  bu,  istagan 

yo‗nalishda  vaziyatni  ijobiy  tomonga  o‗zgartirish  bo‗yicha  harakatlarda  mujassam  topgan 

ekologik  irodani  tarbiyalash  ham  hisoblanadi.  Buning  uchun,  avvalo,  o‗qituvchilar  yangi 

pedagogik 

texnologiyalarga 

ega 


bo‗lmog‗i 

lozim. 


Aynan 

ularning 

qo‗llanilishi 

tarbiyalanuvchilarda  anglash  faolligini  va  amaliy  faoliyatda  ishtirok  etishga  intilishni  muayyan 

darajada  oshiradi.  Ta‘limning  interfaol  usullarini  tatbiq  etishga  undagan  holda,  maktab 



 

 

22 



 

o‗qituvchilariga  shu  kabi  darslar  va  darsdan  tashqari  tadbirlarni  ishlab  chiqishda  yetarlicha 

yordam 

ko‗rsatilishi 

maqsadga 

muvofiq.  

Mamlakatimizda 

maktab 


ta‘limini 

rivojlantirish 

Davlat 

umummilliy 

dasturining 

amalga 


oshirilishi  umumta‘lim  maktablarini  zamonaviy  kompyuter  texnikasi  bilan  jihozlashga  imkon 

yaratdi.  Ko‗pgina  maktablar  turli  xil  ta‘lim  dasturlari  doirasida  internet  tizimiga  ulangan. 

Ammo,   ekologik  yo‗nalishdagi  saytlar  materiallari  asosan  rus  tilida,  o‗zbek  tilidagilarini  yetarli 

deb  bo‗lmaydi,  tarbiyalanuvchilar  uchun  mo‗ljallangan  lotin  alifbosidagi  materiallarning  esa 

undan  ham  kamligi  bu  borada  oldimizga  amalga  oshirilishi  lozim  bo‗lgan  ulkan  vazifalarni 

qo‗yadi. 

Bir  so‗z  bilan  aytganda,  biz  kelajakda  nafaqat  o‗sib  kelayotgan  yoshlar,  barkamol  avlodni,  balki 

aholining  barcha  qatlamlari  ekologik  madaniyatini  yuksaltirish  borasidagi  izlanishlarni  davom 

ettirib,  aniq  yo‗naltirilgan  amaliy  ishlarni  yanada  jonlantirish  niyatidamiz. 

 


Download 368,08 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish