Oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti Biologiya o’qitish metodikasi yo’nalishi Zollogiya fanidan Mavzu: Sut emizuvchilarni muhofaza qilish


Evolyutsiyani tasdiqlovchi dalillar Charz Darvin va zamondosh olimlarning evolutsiyon nazariya haqida qarashlari



Download 46,64 Kb.
bet7/8
Sana31.12.2021
Hajmi46,64 Kb.
#257800
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
muhriddin musayev

3.3 Evolyutsiyani tasdiqlovchi dalillar Charz Darvin va zamondosh olimlarning evolutsiyon nazariya haqida qarashlari.

Evolyutsion taʼlimot biologiyaning nazariy asosi, xususiy biol. fanlaridan olgan natijalarni umumlashtiradi. Evolyutsion taʼlimot rivojlanishining mushohidaga asoslangan 1-davri qadimiy dunyo faylasuflari Geraklit, Empedokl, Demokrit, Lukretsiy va boshqalarning ishlari bilan bogʻliq. Ular birinchi boʻlib butun borliqning , jumladan,organizmlarning tarixiy oʻzgarishi toʻgʻrisida fikr bildirishgan. Bunday qarashlar 17— 19-asrlar boshlarida yashagan transformizm tarafdorlari R.Guk, E.Darvin, D.Didro, J.Byuffon, E.Joffrua SentIler, I.V.Gyote va K.F.Rulye ishlarida yanada rivojlantirildi. Transformistlar yagona sistemaga ega boʻlgan taʼlimot yarata olmagan boʻlsalarda, Evolyutsion taʼlimot oʻrganadigan asosiy muammolarni koʻrsatib berishdi. Bu muammolar organizmlar tuzilishi va xilmaxilligi, turlar oʻrtasidagi oʻxshashlik va tafovutlar, tiriklikning progressiv evolyutsiyasi bilan bir qatorda turli tuzilish darajasiga ega boʻlgan organizmlarning yashab kelayotganligi; ayrim turlar va guruxdarning qirilib ketishi sabablarini aniqlashdan iborat.



Bu muammolarning tushunib olinishi va ilm-fanning rivojlanishi Evolyutsion taʼlimotning yangi tarixiy davri — evolyutsiyaning dastlabki konsepsiyalari shakllanishiga zamin tayyorladi. Bu konsepsiyaning birinchisini J.ʼ.Lamark yaratdi (1809). Keyinchalik lamarkizm deb atalgan konsepsiyada ham progressiv rivojlanish va moslanuvchanlikka organizmlarning oldindan belgilab berilgan xususiyati sifatida teleologik va metafizik nuqtai nazardan qaraladi. Ch.Darvin yaratgan evolyutsiya nazariyasi (1859) Evolyutsion taʼlimot uchun ilmiy zamin boʻldi..Darvin evolyutsiyani “modifikatsiyalangan avlod” sifatida uzoq muddat davom etgan avlodlar almashinuvi natijasida turlarning oʻzgarishi va yangi turlarning paydo boʻlishi jarayoni deb hisoblaydi. U hayotning evolyutsion tarixi har bir shox umumiy ajdod turiga borib taqaladigan, koʻplab turlarga ega boʻlgan, shoxlangan daraxt koʻrinishini hosil qilishi haqidagi gʻoyani ilgari surdi.Agar ikki yoki undan koʻp turlarda kompleks suyak strukturasi yoki tana tuzilishi kabi bir xil umumiy xususiyatlar boʻlsa, ular bunday xususiyatlarni umumiy ajdoddan meros qilib olgan boʻlishi mumkin.

Darvin organizmlar evolyutsiyasining harakatlantiruvchi kuchlari — yashash uchun kurash va undan kelib chiqadigan tabiiy tanlanish ekanligini koʻrsatish orqali birinchi boʻlib Evolyutsion taʼlimotning asosiy muammolarini ilmiy nuqtai nazardan hal etdi. Darvinizmning paydo boʻlishi bilan bir vaqtda uning dushmanlari — idealistik va teleologik konsepsiyalar tarafdorlari 20-asrning 2-yarmida lamarkizmning ayrim aqidalarini yana qaytadan tiklashdi (qarang Neolamarkizm). Ammo yangi dalillar toʻplanishi tufayli darvinizm tobora keng yoyilib, deyarli barcha ilm ahillari tomonidan tan olindi.Evolyutsion taʼlimotning Ch.Darvindan keyingi rivojlanishi evolyutsiya mexanizmlari va qonuniyatlarini taxlil qilishdan iborat boʻldi. Zamonaviy nuqtai nazardan mutatsiya va tabiiy tanlanish evolyutsiyaning eng asosiy omili hisoblanadi. Bu omillarning birgaliqsagi taʼsiri evolyutsiya jarayoni amalga oshirilishining asosiy sharti hisoblanadi. Tabiiy tanlanish bevosita organizmlar fenotipiga taʼsir etadi; natijada ayrim genlar yoki allellar emas, balki muayyan reaksiya meʼyoriga ega boʻlgan bir butun genotiplar tanlanadi. Evolyutsiyaning elementar birligi populyatsiyalar hisoblanadi. Genetik jihatdan evolyutsiya populyatsiya genofondining muayyan yoʻnalishda oʻzgarishi (mikroevolyutsiya) dan iborat. Tashqi muhit sharoiti oʻzgarishi xususiyatiga qarab populyatsiyaga harakatlantiruvchi, turgʻunlashtiruvchi yoki dizruptiv tanlanish taʼsir koʻrsatishi mumkin. Tanlanish tur individlar ontogenezining (qarang Ontogenez) hamma davrida ham taʼsir etishi mumkin; filogenez ontogenozning genetik qatorlaridan iborat.Makroevolyutsiya — turdan yuqori guruhlar ichida kechadigan mikroevolyutsion jarayonlar integratsiyasidan iborat evolyutsion jarayon. Makroevolyutsiyada filogenezning umumiy qonuniyatlari va yoʻnalishlari namoyon boʻladi. Organizmlar muayyan guruhlari evolyutsion oʻzgarishlarining yoʻnalishlari tabiiy tanlanish bilan bir qatorda muayyan turning tuzilishi (genetik sistemasi, ontogenezi va fenotipi) xususiyatlari bilan bogʻliq boʻlgan evolyutsion cheklanish va taqiqlar orqali ham belgilanadi.20-asrning 30- yillarida shakllangan mikro va makroevolyutsiya toʻgʻrisidagi tasavvurlar evolyutsiyaning sintetik nazariyasi deyiladi. Zamonaviy Evolyutsion taʼlimot fan sifatida evolyutsion qarashlarning rivojlanishi, har xil yangi evolyutsion farazlar va konsepsiyalar (jumladan, tabiiy tanlanishni evolyutsiyaning bosh omili sifatida tan olmaydigan konsepsiyalar)ni oʻz ichiga oladi. Hozirgi Evolyutsion taʼlimot oʻz taraqqiyotining yangi davriga qadam qoʻydi. Bu davrning asosiy vazifasi evolyutsion jarayonlar mexanizmini ochish orqali organizmlarning evolyutsion oʻzgarishini oldindan aytib berish va ana shu asosda evolyutsiya jarayonini boshqarishdan iborat.Hasharotlar ko‘p hujayralilarning kelib chiqishi to‘g‘risida juda ko‘p izlanishlar olib borilgan. Rus olimi I.I.Mechnikov esa dastlabki ko‘p hujayrali hayvonlar sharsimon koloniyadagi ayrim hujayralarning koloniya ichiga ko‘chib o‘tishi – migratsiyasi natijasida paydo bo‘lganligini qayd etadi

XULOSA

1. Respublikamiz suv havzalarida uchraydigan va asosiy ovlanadigan baliqlardan hisoblangan moybaliq, mo‘ylov baliq, sazan, oqcha, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega. Uzoq Sharq daryolaridan respublikamizdagi suv havzalariga oq amur, xumbosh, ilonbosh kabi baliqlar olib kelib, iqlimlashtirilgan.

2. O‘zbekiston ―Qizil kitob‖iga kiritilgan karpsimon baliqlardan Orol qorako‘zi, Turkiston ko‘kbo‘yini, parrak, Orol tikanagi, cho‘rtansifat oqqayroq,Toshkent yonsuzari kabi baliqlar muhofazaga olingan turlar hisoblanadi. Muhofaza choralari ishlab chiqilgan bo‘lib, ovlash ta‘qiqlangan. Boday-To‘qay, Qizilqum va Surxon qo‘riqxonalarida muhofaza qilinadi. Turni ko’paytirishni tashkil qilish, yashash joylarida mahsus muhofaza tartibini joriy qilinganligi o‘rganildi. Daryolar oqimining sun‘iy tartiblanishi va suvining kamayishi, uning ifloslanishi; ko’payish sharoitlarini yomonlashuvi kelgindi baliqlar raqobati sonining kamayishiga sabab bo‘lganligi ko‘rsatilgan. Ilmiy izlanishlar natijalari shundan dalolat beradiki Qishloq xo’jaligida suvdan noto’g’ri foydalanish natijasida baliq mahsulotlarining samaradorligi pasayib ketgan. Jumladan daryo va ko’llarida karp baliqlarining turlari soni kamayib borayotganligini ko’rish mumkin. O’tkazilgan natijalar shuni ko’rsatadiki ko’llaridabaliqchilik xo’jaliklari tashkil qilish, karpsimon baliqlarning yo’qolibborayotgan turlarini saqlab qolish ahamiyatlidir. Karpsimonlar asosiy iste’mol qiladigan turlari hisoblangani uchun,ularga bo’lgan talab kattadir. O‘txo‘r sutemizuvchilar o‘simliklarva boshqa hayvonlar hayotida katta ahamiyatga ega. Ularning tezagi go‘ngxo‘r qo‘ng‘izlar, pashshalar, chuvalchanglar, zamburug‘larva bakteriyalar uchun oziq bo‘ladi. Go‘ng parchalanganida tuproqo‘simliklar uchun zarur oziq moddalarga boyiydi. Olmaxon, o‘rmonkalamushlari, dala sichqonlari, to‘ng‘izlar va boshqa sutemizuvchilaro‘simliklar urug‘ining tarqalishiga yordam beradi. Tuproqda yashovchi sutemizuvchilar (ko‘rsichqon, yumronqoziq) in qazib, tuproqniyumshatadi. Hasharotxo‘rlar (ko‘rshapalak, tiðratikan) zararkunandava kasallik tarqatuvchi hasharotlarni qiradi. Yirtqichlar kasallanganhayvonlar va ular o‘laksasi bilan oziqlanganidan tabiiy sanitarlar hisoblanadi.Sutemizuvchilar odam hayotida ham katta ahamiyatga ega. Yovvoyi sutemizuvchilar mo‘ynasi (ondatra, tulki) va go‘shti (sayg‘oq)uchun ovlanadi. Sutemizuvchilardan kalamushlar, sichqonlar, yumronqoziqlar oziq-ovqat mahsulotlarini yeydi va kasallik tarqatadi.Yirtqich sutemizuvchilar gijjalarni yuqtiradi.Inson uchun qimmatli bo‘lgan, noyob yoki yo‘qolib borayotgansutemizuvchilarni saqlab qolish maqsadida maxsus qo‘riqxonalartashkil etiladi; ularning ro‘yxati «Qizil kitob»ga kiritiladi. “O‘zbekiston Respublikasining Qizil kitobi”ga sutemizuvchilarning 24 ta turi kiritilgan

Ilmiy adabiyotlarda, Ixtiolog olimlar to monidan va bizlar tomondan olibborilgan tadqiqotlar natijasi shunday xulosalar qilishga imkon berdiki,ayiqsa keying davrda ko’llarda baliq mahsulotlari yetishtirishni vabaliqchilik xo’jaliklarini tashkil qilish, ulardagi biologik xilma-xilliknisaqlash hozirgi kunning dolzarb muammolaridan biri hisobl




Download 46,64 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish