Mahsulotlar bozorida bo’lgani kabi talab va taklifning kesishishi muvozanat narxini belgilaydi. Pul bozorida bunday muvozanatli narx bo’lib foiz stavkasi hisoblanadi. Davlat pul taklifini oshira borib, uning vaqtinchalik ortiqchaligini paydo etadi, natijada foiz stavkasi tushib ketadi, yoki pul taklifini qisqartira borib, teskari samaraga erishadi, ya’ni pul etishmasligini paydo etadi va natijada foiz stavkasi yoki puldan foydalanish narxi o’sadi.
Tayanch so’z va iboralar: pul taklifi, depozitlar, bank multiplikatori, deponentlash koeffitsienti, pul bazasi, rezerv normasi, pul multiplikatori, pul bozoridagi muvozanat
Do'stlaringiz bilan baham: |