kursigata’siri Investitsion soliq kreditlari ushbu mamlakatga investitsiyalar kiritishni xorijiy sarmoyadorlar uchun foydali bo’lishiga olib keladi. Bu esa muvozanatli real valyuta kursini oshiradi va to’lov balansida taqchillikni keltirib chiqaradi.
Chet mamlakatlardagi rag’batlantiruvchi byudjet-soliq siyosati bu mamlakatlardagi jamg’armalar darajasini kamayishiga olib keladi. Bu esa xalqaro foiz stavkasini oshiradi va kichik ochiq iqtisodiyotdagi investitsiyalar darajasini kamaytiradi. Bunday vaziyatlarda xorijga sarmoya qo’yish uchun taklif qilinayotgan milliy valyuta ko’payadi va (S-I) egri chizig’i o’ngga suriladi (38- chizma). Natijada muvozanatli real almashtirish kursi pasayadi, milliy mahsulotlar arzonlashadi va sof eksport ko’payadi.