* * *
Daromaddagi kapital hissasi 40%ni tashkil qiladi. Ishlab chiqarish omillarining umumiy unumdorligi bir yilda 3%ga, ishchilar soni esa 1,3%ga o’sayapti, iqtisodiy o’sish yiliga 6%ni tashkil etayapti. Kobb - Duglas funktsiyasi asosida kapitalning bir yillik o’sish sur’atini aniqlang.
* * *
Iqtisodiyotdagi YaIM 104%ga, ishchilar soni 1,1%ga, kapital hajmi esa 1,0% o’sdi. Daromaddagi mehnat hissasi 60%ni tashkil etadi. Iqtisodiy o’sishda ekstensiv va intensiv omillarining ulushini aniqlang.
* * *
Iqtisodiyotda daromaddagi kapital hissasi 50%ni tashkil etadi. Boshlang’ich (dastlabki) kapital bilan ta’minlanganligi kapitalning 16 birligini tashkil qiladi, daromadning 25%i jamg’ariladi, kapitalxizmat qilishining o’rtacha muddati - 20 yil. Boshlang’ich va barqaror holatdagi bir ishchiga to’g’ri keladigan mehnat unumdorligini, iste’mol va investitsiya hajmini, hamda kapital bilan ta’minlanganlikning barqaror darajasini aniqlang.
Do'stlaringiz bilan baham: |