Ijodiy topshiriqni rasmiylashtirish
Titul
Tushuntirish qoʻyozmasi.
Topshiriq rejasi.
Ijodiy uy topshirigʻining mazmuniy qismi.
.Xulosalar
Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati.
Ilmiy maqola tayyorlash
Ilmiy maqola - yechiladigan muammolar (vazifalar) doirasidagi muayyan mavzuga bagʻishlangan mantiqan izchil toʻliq tugallangan butun ish. Ilmiy maqola bir muncha ahamiyatli natijalarni yoritadi va qoida koʻra quyidagi elementlarni oʻz ichiga olishi kerak:
-
№
|
Ilmiy maqola
elementlari
|
Talablar
|
1
|
Annotatsiya
|
Annotatsiya (100 - 10 soʻz) ilmiy maqolaning mazmunini
yoritishi lozim.
|
2
|
Muallif(lar) haqida
|
Muallif (lar) haqida ma'lumot oʻz ichiga oladi: familyasi, ismi va
|
|
ma'lumot
|
otasining ismi toʻliq, fakultet nomi, yoʻnalishli va oʻquv dasturi,
kurs, guruh raqami
|
3
|
Nomi
|
Maqolaning nomiiloji boricha qisqa boʻlishi, kalit soʻziga ega
boʻlishi va bajarilgan tadqiqotni asosiy gʻoyasini aks ettirishi lozim.
|
4
|
Kirish
|
Muammo boʻyicha qisqacha manbalar sharhi, ilgari hal etilmagan savollar keltirilishi, dolzarbligi shakllantirilishi, ishning maqsadi asoslanishi , zarurat boʻlsa, uning mihim ilmiy va amaliy yoʻnalishlari bilan aloqasi koʻrsatilishi lozim. Kirish qismida muayyan tushuncha va atamalar qoʻllanilmasligi lozim. Kirish mazmuni mazkur sohaning mutaxassisi boʻlmagan
kishilarga ham tushunarli boʻlishi kerak.
|
|
Asosiy qism
|
Maqolaning asosiy qismi oʻz ichiga metod apparatura, tadqiqot obyekti bayoni va muallif (lar) tomonidan oʻtkazilgan tadqiqotlar batafsil mazmuninni yoritisha olishi kerak.
Erishilgan natijalar ularning ilmiy yangilik jihatidan muhokama va tegishli ma'lum ma'lumotlar bilan solishtirilishi kerak. Maqolaning asosiy qismi sub-qismlarga boʻlinishi mumkin (tushuntirishli sarlovhasi bilan) va oʻz ichiga shu sub-
qismlarga tegishli boʻlgan masalalarni yyechishga bagʻishlangan soʻnggi nashrlarning tahlilini oʻz ichiga olishi mumkin.
|
6
|
Xulosa
|
Aniq shakllangan xulosalar bilan yakunlanadi. tugaydi.
|
7
|
Manbalar
|
Ilmiy maqola tayyorlashda ishlatiladigan manbalar (adabiyotlar, xorijiy nashrlar, jumladan, soʻnggi yillarda ilmiy nashrlarning
roʻyxati ) keltirilishi lozim.
|
Bundan tashqari, ilmiy nashrlar redaksiyasi talablariga muvofiq, maqola tuzlmasiga shuningdek: UDK indeksi kiritilgan belgi va qisqartmalarning roʻyxati; ingliz va rus tilida annotatsiya, asosiy tushunchalar va boshqalar.
Maqola ilmiy talablarga mos ravishda ilmiy jamoatning yetarlicha keng doirasiga qiziqarli boʻlishi kerak. Nashr uchun tavsiya etilgan material original boʻlishi ilgari boshqa bosma nashrlarda chop etilmagan zamonaviy ilmiy adabiyot kontekstida doirasida yozilgan, va yangi bilim hosil qilishda yaqqol elementga ega boʻlishi lozim. Keltirilgan ibora,ism, formula, raqam uchun muallif javobgar.
Do'stlaringiz bilan baham: |