Grafik formatlar
GIF (Graphics Interchange Format) grafik formati -Internetda eng keng tarqalgan grafik format bo'lib, u Internet tarmoqda birinchi bo'lib paydo bo'lgan. Internet tarmoqdagi rangli tasvirlar va fonlarning ko'p qismi GIF formatli fayllaridir.
JPEG (Joint Photographic Experts Group) grafik formati ko'p rangli tasvir fayllarini tarmoqda ishlatish uchun mo'ljallangan bo'lib, foydalanish darajasi bo'yicha ikkinchi o'rinda turuvchi grafik format hisoblanadi.
PNG grafik format Web - sahifalarda tasvir va grafiklarni joylashtirish uchun maxsus yaratilgan zichlashtirish formati bo'lib Deflate zichlashtirish algoritmidan foydalanadi.
TIF grafik format Aldus kompaniyasi tomonidan PhotoStyler dasturi uchun ishlab chiqilgan bo'lib “tegni tasvirlaydigan fayl” ma nosini anglatadi. Bu grafik format etarlicha murakkab bo'lsa ham uning strukturasi ma’lumotlarni yozishning qulayligi va tasvirni kengaytirishda katta imkoniyat mavjud.
PCX grafik format Zsoft firmasi tomonidan ishlab chiqilgan va Paintbrush, hamda PhotoFinish dasturlarida qo'llaniladi. Bu grafik faylning tuzilishi sodda va ranglar palitra hajmi bo'yicha chegaralangan bo'lishiga qaramasdan yaqin vaqtgacha ommabop sanalib kelingan.
BMP grafik formati Windows operatsion tizimi uchun Microsoft firmasi tomonidan ishlab chiqarilgan. U favqulotda sodda strukturani ifodalaydi va uncha katta bo'lmagan piktogramma-tasvirlarning namoyish etilishini izohlash uchun xizmat qiladi.
Rang modellari. Rang modellari - bu ranglarni chiqarish va ko'rsatish yo'li. Eng keng qo'llaniladigan ranglar modellari: RGB (qizil, zangori, ko'k) monitorlarda tasvirlarni ko'rsatishda foydalaniladi, CMYK (xavorang, purpur, sariq, qora) bosmada foydalaniladi. Bundan tashkari Bitmap (ikkita rang), Grayscale (kulrang holati), Duotone, Indexed Color (indekslangan ranglar), Lab va Multichannel (ko'p kanalli)
RGB modelining nomi Red - qizil, Green - yashil va Blue - ko'k birlamchi ranglarning bosh xarflaridan olingan bo'lib, ushbu ranglarning turii proportsiyalarda aralashtirish natijasida ko'rinuvchi spektrning turli xil boshka ranglarini olish mumkin. Birlamchi ranglarning aralashmasidan ikkilamchi moviy (cyan), pushti (magenta) va sariq (yelow) ranglar xosil bo'ladi.
CMYK (xavorang, purpur, sariq, qora)
Tasvir xavorang, purpur, sariq va qora ranglar hamda ular ko'rinishlari holatlarida saqlanadi. Asosan printerlarda tasvirlar chiqarishda qo'llaniladi.
Ranglar moviy (Cyan), pushti (Magenta) va sariq (Yellow) ranglar aralashmasidan paydo bo'ladi. Ularning to'liq aralashmasidan qora (black) rang xosil bo'ladi. Modelining tashkil etuvchilari 0 dan 100 gacha qiymat qabul qilishlari mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |