Oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Download 2,71 Mb.
bet30/53
Sana26.03.2022
Hajmi2,71 Mb.
#511851
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   53
Bog'liq
talimda axborot texnologiyalari

Amaliy topshiriqlari:


  1. Interaktiv va nointeraktiv texnologiyalar to’g’risida ma’lumot bering

  2. CD.ROM ning EMD va QMD dan farqi va o‘xshashligi

  3. Multimedia texnologiyasini joriy etish talablari.

  4. Windows muhitida multimedia texnologiyasi qanday qilib ish yuritadi



Amaliy mashg`ulot № 14


Mavzu: Taqdimot muharrirlari va ularda ishlash. Taqdimotlar muxarrirlari, ularning vazifasi va imkoniyatlari. Standart shablonlar asosida taqdimotlami yaratish. Taqdimot slaydlarini boshqarish
Maqsad: Taqdimot muharririda ishlash, taqdimot yaratish usullarini o’rganish ko’nikmasini rivojlantirish
Texnik va dasturiy ta’minot: videoproektor, Pentium 4 komp’yuteri, Windows OS va Posher Point dasturi

Amaliy mashg’ulot rejasi:


  1. Power Point dasturini ishga tushirish va oynasi bilan tanishish
  2. Standart shablonlar asosida taqdimot yaratish


  3. Animatsiya o’rnatish
  4. Ovoz o’rnatish


  5. Tadimotni boshqarish

Power Point dasturini ishga tushirish usullari

  1. Пуск →Все Программы →Microsof Office→Microsoft Power Point ;

  2. Пуск →Все Программы → Документы→ Power Point, yani *.ppt yoki pptx hujjatli fayl yordamida;

  3. Qidirish yordamida Пуск →Найти(Поиск) yordamida

  4. Masalalar paneli→ Power Point belgisi yoki Пуск→Выполнить Powerpnt→ОК;

  5. Ishchi stol→ Kontekst menyu→ Создать→презентация Power Point;

  6. Funksional tugmalar yordamida.

MS Power Point 2010 oynasi bilan tanishish. MS Power Point 2010 oynasi ko‘rinishi oddiy va sodda bo‘lib, unda professional darajadagi taqdimotlar yaratishga kerak bo‘ladigan barcha vosita(instrument)lar jamlangan. Uning tasma(lenta)sida to‘qqiz guruhga bo‘lingan vkladkalar mavjud bo‘lib, ularda:



    • Fayl - fayl yaratish, ochish, saqlash, chop etish, ma’lumot olish

    • Glavnaya - slaydlar, almashishlar buferi, shriftlar, abzatslar, chizmalar, qidirish va almashtirish

    • Vstavka - slaydga jadval, tasvir, illyustratsiya, gipermurojaat, matn, belgi va multimediyalar joylash

    • Dizayn - slayd sahifasi parametrlari, mavzulari va fonini tanlash

    • Perexodi - bir slayddan boshqasiga o‘tish, slaydni ko‘rsatish vaqti va tovush o‘rnatish hamda tanlanganlarni ijro etib ko‘rish

    • Animatsiya - slayd o‘byektlariga harakat, qo‘shimcha harakat, slaydni ko‘rsatish vaqtini o‘rnatish hamda tanlanganlarni ijro etib ko‘rish

    • Pokaz slaydov - taqdimotni boshidan yoki kelgan joyidan namoyish qilish va ularni sozlash

    • Retsenzirovanie - to‘g‘ri yozilganligini tekshirish, matn yozilgan tilni o‘zgartirish va izohlar o‘rnatish

    • Vid - taqdimotni ko‘rish rejimini o‘zgartirish, bir nechta oynalar bilan ishlash

va boshqa amallarni bajarish buyruqlari jamlangan. MS Power Point oynasining ish sohasida yangi taqdimot yaratish uchun odatiy qabul qilingan slaydning maketi bilan birga slaydga eslatmalar joylashtirish (zametki k slaydu) darchasi, tasmasida Glavnaya deb atalgan vkladkaga o‘rnatilgan vosita(instrument)lar panellari nomlari va elementlari, quyi o‘ng tarafida slaydlar bilan ishlash rejimlari va slayd masshtabi, chap tarafida barcha yaratilgan slaydlarning kichraytirilgan shakli ko‘rinib turadi.
Yangi taqdimot yaratish va uni saqlash, boshqa taqdimotni ochish, tarqatma materiallar tayyorlash va slaydlami chop etish kabi amallar ham Fayl vkladkasi yordamida bajariladi.

MS Power Point 2010da obyektlarga o‘rnatiladigan animatsiyalar avvalgilariga nisbatan birmuncha yangilangan va to‘ldirilgan. Slaydlardagi animatsiyali harakatlar jonli kabi amalga oshiriladi.
Animatsiyalar to‘rt turga bo‘lingan bo‘lib, ular obyektning slaydga kirib kelishi - Vxod, slaydda ajralib ko‘rinishi - Videlenie, slayddan chiqib ketishi - Vixod hamda slayd bo‘ylab biror yo‘nalish bo‘yicha harakat qilishi - Puti peremesheniya kabilardir.
Bitta obyektga bir nechta animatsiya o‘rnatish mumkin. Buning natijasida taqdimot tinglovchiga yanada tushunarli bo‘lishiga erishiladi. Animatsiyaning boshlanishi, harakat chegaralari va qo‘shimcha parametrlari, shuningdek ularni bajarilish tartibini almashtirish kabi amallarni ham bajarish mumkin.

MS Power Point 2010 Animatsiya po obraztsu funksiyasiga ega bo‘lib, uning vazifasi biror obyektga o‘rnatilgan animatsiya nusxasini boshqa obyektga ham qo‘llashdan iborat. Ya’ni boshqa obyektga shu animatsiyani boshqatdan o‘rnatib o‘tirmasdan uning nusxasini qo‘llash mumkin.
Endi slayddagi har bir obyektga animsiya o‘rnatish ketma-ketligini bajarilishini ko‘rsatib o‘tamiz.

  1. Animatsiya o‘rnatiladigan slaydga o‘ting.

  2. Animatsiya o‘rnatiladigan obyektni tanlang.

  3. Animatsiya vkladkasidagi animatsiya panelndan biror animatsiyani tanlang va shu harakatni slaydda bajarilishini kuzating.

  4. Parametri effektov tugmasi yordamida unu yanada takomillashtitishga harakat qiling.

  5. Agar bu animatsiya sizni qanoatlantirmasa shu o‘byektga qo‘shimcha boshqa animatsiyalardan bir yoki bir nechtasini qo‘llashingiz mumkin.

  6. Buning uchun animatsiya vkladkasidagi Dobavit animatsiyu tugmasini bosing. Animatsiya ko‘rinishlari ifodalangan oyna ochiladi.

  7. Sichqoncha ko‘rsatkichi bilan biror animatsiya ko‘rinishini tanlang va shu harakatni slaydda bajarilishini kuzating. Maqul bo‘lgan harakatni qoldiring va navbatdagi harakatga o‘ting.

  8. Shu yerning o‘zida tasmadagi Parametri effektov tugmasi yordamida animatsiyaga qo‘shimcha harakatlar kiritishingiz mumkin.

Endi bir slayddan boshqasiga o‘tish effektini o‘rnatish ketma-ketligini bajarilishini ko‘rsatib o‘tamiz.

  1. Bir slayddan boshqasiga o‘tish effektini o‘rnatmoqchi bo‘lgan taqdimotingizni oching.

  2. Tasmaning Perexodi vkladkasidagi Perexod k etomu slaydu panelidagi o‘tishlar ko‘rinishlaridan birortasini tanlang.

  3. O‘zingizga yoqqan o‘tishlardan birortasini tanlamaguningizcha yuqoridagi ishni takrorlayvering.

  4. Tanlagan o‘tishingizga qo‘shimcha parametrlar kiritish uchun Parametri effektov tugmasidan foydalaning.

Agar o‘tishga qo‘shimcha ravishda tovush effekti joylashtirmoqchi bo‘lsangiz, u holda tasmadagi Zvuk tugmasida joylashgan biror tovushdan foydalanishingiz mumkin. Quyidagich tovushlar mavjud: qarsaklar, baraban, blaster, shamol, granata,
portlash va hokazo.

    1. O‘tish vaqtini o‘zgartirish uchun Dlitelnost tugmasidan foydalaning.

    2. Shu tanlagan o‘tish effekti va uning parametrlarini barcha slaydlar uchun birday bo‘lishini xoxlasangiz Primenit ko vsem tugmasini tanlang.

O‘tishlardan birini o‘rnatganingizdan so‘ng, uni yana bir bor ijro etib ko‘ring. Buning uchun tasmadagi Perexodi vkladkasining Prosmotr tugmasini bosish kerak. Tanlagan xatakatingiz sizni qoniqtirsa navbatdagi slaydga o‘tib yuqorida
keltirilganlarni takrorlash kerak. Agar shu tanlagan harakatingizni hamma slaydlar uchun umumiy bo‘lishini xoxlasangiz 7 punktda keltirilgan amalni bajaring.
Taqdimotni bo‘limlarga bo‘lish uchun amalga oshiriladigan ishlar ketma- ketligini ko‘rsatib o‘tamiz.

  1. Bo‘lim boshlanishi kerak bo‘lgan slaydni tanlang.

  2. Tasmadagi Glavnaya vkladkasidagi Slaydi panelidan Razdelni tanlang.

  3. Ochilgan ro‘yxatdan Dobavit razdel buyrug‘i tanlanang.

  4. Shundan so‘ng chap tomondagi slaydlar ustunida Раздел без заголовка nomli bo‘lim paydo bo‘ladi.

  5. Bo‘limni nomlash uchun yana bir bor tasmadagi Glavnaya vkladkasidagi Slaydi panelidan Razdelni tanlang va ochilgan ro‘yxatdan Pereimenovat razdel buyrug‘ini tanlang.

Download 2,71 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   53




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish