Amaliy mashg`ulot № 12 (6 soat)
Mavzu: MS Excel da Amaliy programmalar paketi (APP) bilan ishlash
Maqsad: talabalarga Excel dasturida berilganlarni fil’tlashni, saralashni, ishchi varoqchalarni bog`lashni o`rgatish.
Texnik va dastruiy ta`minoti: videoproektor, Pentium 4 komp’yuteri, Windows OS va MS Excel dasturi.
Amaliy mashg`ulotning bayoni:
Qimmatli qog`ozlarga doir masala.
Masalani berilishi. Yillik foyda tomonidan qaraganda qaysi qimmatli qog`oz (QQ) e`tiborga loyiqligini aniqlash kerak. Bu yerda aylanish muddati tugaguncha bo`lgan yillik foyda masalani yechish paytidagi kompyuter vaqtidagi aniqlanadi. Shu maqsadda qat’iy foizli va diskontli qimmatli qog`ozlarni foydaliligi jadvallarni tuzing.
Excel da yangi jadvalda quyidagilarni hosil qilamiz.:
A1 katagiga Qimmatli qog`ozlar foydaliligi deb tering.
A3 katagiga Qat’iy foizli QQ deb tering.
Shu ishchi sahifani Qat’iy foizli QQ yoki QFQQ deb nomlang.
A2 katagiga Sana deb tering.
B2 katagiga Funksiya ustasi orqali =СЕГОДНЯ() formulasini kiriting.
D2 katagiga Stavka deb tering.
E2 katakka joriy sanadagi bozor foiz stavkasini tering(masalan 6,5%).
Jadvalning birinchi ustunida qimmatli qog`ozning kodi< qolgan ustunlarda qimmatli qog`ozlar uchun boshqa muhim ma’lumotlar keltiriladi.
A5-I5 kataklariga mos ravishda ustunlarning quyidagi nomlarini kiriting.
KK kodi
Kurs
Chiqarilgan sana
To`lov sanasi
Kupon
To`lov (%)
Davriylik
Bazis
Foyda (rendita)
Qimmatli qog`ozlarni oddatdagidek, nominal foydaning kamayishi bo`yicha joylashtiramiz. A ustunda qimmatli qog`ozlarni nomlari (kodlari), B ustunda qimmatli qog`ozning shu kundagi kursi keltiriladi. Bu ma`lumotlar kurs o`zgarishi qarab o`zgarilib turilishi kerak bo`lgan ma`lumotlardir. C va D ustunlarga qimmatli qog`ozlar chiqarilgan va to`lab bo`linishi kerak bo`lgan sanalar ko`rsatilishi kerak. E ustun nominal foiz stavkasi haqidagi ma`lumotlarni foiz ko`rinishida o`zida saqlaydi. F ustun 100 sonini kiritiladi. G ustunga foiz to`lovlari va davrlari soni kiritiladi: yilda bir marta – 1, har yarim yilda – 2, har chorakda – 4.
Yillik foyda (rendita) ni aniqlashga kiritamiz. Bu formula uchun ДОХОД (YIELD) funksiyasidan foydalanamiz. I6 katagiga quyidagi formulani joylashtiring.
=ЕСЛИ(Н6= “”; “”;ДОХОД($B$2;D6;E6;B6;F6;G6;H6))
I ustunning qolgan kataklariga shu formuladan nusxa ko`chiring.
Faylning ikkinchi ishchi sahifasiga DQQ (diskonli qimmatli qog`ozlar) deb nomlang va quyidagilarni kiriting.
Yillik foyda (rendita) ni aniqlashga kirishamiz. Bu formula uchun ДОХОДСКИДКА (YIELDDISC) funksiyasidan foydalanamiz. G6 katagiga quyidagi formulani joylang:
=ЕСЛИ(D6= “”; “”; ДОХОДСКИДКА($B$2;D6;B6;E6;F6))
G ustunning qolgan kataklariga shu formuladan nusxa ko`chiring.
Yuqorida keltirilgan amallarni bajarish natijasida rasmda keltirilgan jadvalga ega bo`lamiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |