Operasion tizimlar va ularning turlari.
Operatsion tizim (OT) - bu EHM zahiralarini boshqarish, amaliy dasturlarni chiqarish va ularning tashqi qurilmalar, boshqa dasturlar bilan o‘zaro aloqasini amalga oshiruvchi, shuningdek, foydalanuvchining kompyuter bilan muloqotini ta’minlovchi dasturiy vositalar yig‘indisidir.
EHMning istalgan konponentiari va ularga beriladigan imkoniyatlar: markaziy
muharrir, tezkor yoki tashqi xotira, tashqi qurilmalar, dasturlar va boshqalar zahira bo‘lib xizmat qiladi. OT foydalanuvchiga hisoblash tizimi bilan qulay muloqot qilish usulini) taqdim etadi. Interfeys bunda dasturiy va foydalaniladigan bo‘lishi mumkin.
Dasturiy interfeys - hisoblash tizimi doirasida qurilma va dasturlar o‘zaro tasirini ta’minlovchi vositalar yig‘indisidir.
Operatsion tizimlar quyidagi omillar bo‘yicha tasniflanadi;
bir vaqtda ishlaydigan foydalanuvchilar: bir (kishi) foydalanuvchi, ko‘p (kishi) foydalanuvchilar soniga ko‘ra;
-tizim boshqaruvi ostida bir vaqtda foydalanuvchi jarayonlar: bir vazifali, k o‘p vazifalilar soniga ko‘ra,
-qo‘llab-quvvatlovchi jarayonlar: bir prossesorli, ko‘p prossesorlilar soniga ko‘ra;
-OT kodi razryadliligi: 8 razryadli, 16 razryadli, 32 razryadli, 64 razryadliligiga ko‘ra;
-interfeys turi: buyruq (matnli) va obyektli-yo‘naltirilgan (grafik)ligiga ko‘ra;
-foydalanuvchining EHMga kirishi turi: paketli qayta ishlash, vaqt bilan bo‘linishi, real vaqtga ko‘ra;
-zahiralardan foydalanish turi: tarmoqli, lokalligiga ko‘ra.
Windows operatsion tizimi. Ishchi stol elementlari bilan tanihish.
Windows nima? Bu operatsion tizim (OT). Ya’ni inson bilan kompyuterni o‘zaro bog‘lash uchun qo‘llaniladigan vositalardan biri. OTning turlari juda ko‘p bo‘lib, ulardan MS DOS, OS/2, UNIX va hokazolar. Bulardan eng ko‘p tarqalgani MS kompaniyasining Windows operatsion tizimlaridir.
Ularda ishlashning qulayligi - ekran elementlarining soddaligi va ish stolidan kerakli vaqtda foydalanish uchun ko‘rinib turishidir.
Windows - oynalar degan ma’noni anglatadi. MS (MS) firmasining dastur mahsuli bo‘lib, maxsus tayyorgarlikka ega bo‘lmagan kompyuterdan foydalanuvchilar uchun mo‘ljallangan operatsion tizimdir. Uning asosiy maqsadi - kompyuterdan foydalanishni iloji boricha sodda va o‘rganish uchun oson, shu bilan birga, foydalanuvchiga mumkin qadar keng imkoniyatlar yaratish holiga keltirishdir. Mazkur talablarga javob beruvchi MS Windows 9x operatsion tizimi 1990 yildan ishlatila boshlangan.
Windows ishchi stolini tuzilishi quyidagicha Мой компьютер, Сетевое окружение, Корзина ва masalalar panelidan iborat.
Masalalar panelida Bosh menyu(Пуск) joylashgan bo’lib, u orqali Windows OS ning ixtiyoriy vazifasilarini amalga oshirish mumkin.
Bosh menyu(Пуск) ko`rinishi 2 xil: Меню «Пуск», Классическое меню «Пуск». Bosh menyuni qisqacha tuzilishi quyidagicha:
Программы – Barcha o`rnatilgan dasturlar majmui; Документы – Oxirgi 15 ta ishlatilgan fayllar ro`yhati;
Настройка – Windows konfiguratsiyasi va qurilmalarini o`rnatish va sozlash; Найти – Ma’lumotlar va ob’yektlarni izlash;
Справка и поддержка – Windows yordam ma’lumotlar bloki; Выполнить – Standart dasturlar va ishchi fayllarni ishga tushirish; Выключить компьютер – Windows OS ni yakunlash
Do'stlaringiz bilan baham: |