Raqamlarni kiritish tugmalari (Num Lock) – klaviaturaning o’ng tomonida joylashgan raqamli tugmalar asosan kalkulyator dasturida (sonlarni qo’shish, ayirish, ko’paytirish va bo’lish) ishlashda foydalaniladi, buning uchun NumLock tugmachasini
2
6
8
faollashtirib qo’yish lozim. NumLock faollashgan vaqtda hisob-kitob amallarini bajarishdan tashqari kursorni xam boshqarsa bo’ladi, buning uchun ShiftQ
tugmachasini bosish bilan birgalikda
(yuqoriga), 4(chapga),
(o’nga),
(qo’yiga), 7
(satr boshiga), 1 (satr oxiriga), 9 (bir abzats yuqoriga), 3 (bir abzats qo’yiga), .
(kursordan keyingi belgini o’chiradi) tugmachalarni bosish mumkin. Agar NumLock faollashmagan bo’lsa matematik amallarni bajarib bo’lmaydi, biroq kursorni
boshqarish matnda Q, -,
tugmachasiz xam amalga oshirsa bo’ladi, shuningdek
Shift
*, G’ belgilarini kiritishda foydalanish imkoniyati mavjud.
Sichqon bilan ishlash
Zamonaviy dasturlar bilan ishlashni sichqonsiz tasavvur qilib bo’lmaydi. Bu sichqon yordamida bor-yo’g’i bir necha amallarni bajarish mumkin. Lekin ular barcha dasturlarda juda keng qo’llaniladi:
Sichqonni stol ustida harakatlantirish. Bunda sichqonning ekrandagi ko’rsatkichi ham mos yo’nalishda harakatlanadi. Sichqonning ko’rsatkichlari
holatlarga ko’ra quyidagicha ko’rinishlarda bo’ladi: - oddiy ko’rinish,
- ma’lumotnomani chaqirish, dasturni yuklash, - matnni ajratish,
-vertikal o’lchamlarni o’zgartirish, -gorizontal o’lchamlarni o’zgartirish, - dioganal o’lchamlarni o’zgartirish, - ko’chirib o’tish
- gipermurojaat holatida.
Sichqonni ekrandagi ob’ekt ustiga olib kelib, chap tugmasini chertish. Bunda ushbu ob’ekt tanlanadi (ba’zan bu ob’ektga mos dastur ishlab ketadi).
Sichqonni ekrandagi ob’ekt ustiga olib kelib, chap tugmasini ikki marta chertish. Bunda bu ob’ektga mos dastur ishlab ketadi.
Sichqonni ekrandagi ob’ekt ustiga olib kelib, chap tugmani bosish va uni qo’yib yubormasdan sichqonni harakatlantirish. Bunda ob’ekt sichqonning ko’rsatkichi
bilan birga harakatlana boshlaydi. Tugma qo’yib yuborilgach, ob’ekt yangi joyda qoladi. Bu amal ob’ektni sichqon bilan sudrash deb ataladi.
Sichqonni ob’ektning ustiga olib kelib, o’ng tugmasini chertish. Bunda ob’ekt ustida shu vaqtda bajarish mumkin bo’lgan amallardan ba’zilarining ro’yxati paydo bo’ladi (kontekst menyu) va ulardan birini uning ustiga sichqon ko’rsatkichini olib kelib, chap tugmasini chertish bilan bajarish mumkin. Bu amal kontekst menyuni chaqirish deb ataladi.
Sichqon tugmalarining o’rtasida joylashgan g’ildirakchani aylantirish. Buning natijasida ekranga sig’maydigan ob’ekt (ro’yxat yoki matn) yuqoriga yoki pastga qarab siljiy boshlaydi. Bu amal ob’ektni aylantirish deb ataladi. Bunda agar ob’ekt to’laligicha ekranda bo’lsa, uning masshtabi kattalashishi yoki kichiklashishi ham mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |