Mavzu: Tarjima qiluvchi dasturlar. Tarjima qiluvchi dasturlarning tasnifi va ularning imkoniyatlari. Promt tarjima qiluvchi dasturi va undan foydalanish.
Maqsad:Tarjima qiluvchi dasturlarning tasnifi va ularning imkoniyatlarini o’rganish Texnik va dasturiy ta`minoti: videoproektor, Pentium 4 komp’yuteri, Windows OS va Promt dasturi
Ayni paytda amaliy dasturiy ta’minot tarkibida turli davlat tillari orasida tarjimonlik vositasini bajaruvchi turli dasturlar mavjud. Ayniqsa, ingliz tilidan boshqa tillarga va boshqa tillardan ingliz tiliga avtomatik tarjima qiluvchi dasturlar keng qo‘llanilmoqda. Bu dasturlar ingliz tilini o‘rganish uchun ancha qulay va sodda muhitni yaratsa-da, ammo uning soddaligi avtomatik tarjima tizimlari uchun kutilmagan holatda qo‘shimcha qiyinchiliklar tug‘dirishi mumkin. Chunki, ingliz tilidagi bir xil yozilgan so‘zlar ko‘pincha nutqning turli qismlariga tegishli bo‘ladi. Bu esa gapning grammatik tahlilini qiyinlashtiradi va avtomatik tarjimadagi qo‘pol xatolarning yuzaga kelishiga olib keladi.
Tarjima bo’yicha dastlabki g’oyalar ingliz olimi Charlz Bebbidj tomonidan 1836- 1848 yillarda ilgari surilgan. Uning fikricha, mexanik-electron mashinalar kodlashtirilgan avtomatik tarjimani amalga oshirishi mumkin bo’ladi. Uning loyihasi bo’yicha 50 ming ta so’z hotira kuchiga ega bo’lgan electron mashinalar so’zlarni avtomatik ravishda tarjima qilishi mumkindir. Bebbidjning g’oyasi oradan 100 yil o’tgachgina amalga oshdi.
1954 yilda AQShdagi Jorj Daun universitetida dunyoda birinchi marta tarjima bo’yicha tajriba o’tkazildi. Bu tajribalar IBM-701 kompyuterida o’tkazildi. Bu tajribaning bazasi algoritmlardan iborat bo’lib 50 mingta so’zni rus tilidan ingliz tiliga tarjima qildi.
1960 yilda sobiq SSSR fanlar Akademiyasining tarjimaga bag’ishlangan maxsus yig’ilish bo’lib o’tdi. Bu yig’ilishda tarjima boyicha professor A.Belogonov rahbarligida maxsus Amaliy tashkil etildi.
1962 yilda Qozog’istonda professor A. Bektayev raxbarligida maxsus ishchi guruh tuzilib, “Abay yo’li” romanini maxsus dastur asosida tarjima tajribasi o’tkaziladi.
1966 yilda AQShning fan masalalari bo’yicha kongress qo’mitasida avtomatik tarjimaga oid anjuman bo’lib o’tadi.
Shundan so’ng yirik kompaniyalar “Generel Motors”, “Siemens”, “LG”, “Phillips” kompaniyalari avtomatik tarjimaga oid izlanishlarni mablag’ bilan ta’minlab turadi.
Tarjimon dasturlar bo’yicha dunyodagi eng yirik loyiha 1991 yilda AQShda NASA mutaxassislari tomonidan yaratilgan (“Diana”). Uning hajmi 10 million ta so’zni tashkil etadi. U dunyodagi 6ta yirik tiliga asoslanadi: ingliz, rus, fransuz, nemis, arab, ispan.
Rus olimlari ham professor A. Lyakunov rahbarligida “Vista Texnoloji” kompaniyasining “Retrans Vista” loyihasini ishlab chiqdilar. Uning tarkibiga kiruvchi 3mln.400 mingta so’z hotirasiga kiritildi. Shunda 1mln 800mingtasi ruscha-inglizcha, 1mln 600mingtasi inglizcha-ruscha so’zdan iborat edi.
Dast avval faqat ingliz tilidan rus tiliga va aksincha rus tilidan ingliz tiliga tarjima qiluvchi dasturlar yaratildi. Bunday dasturlarga Evrotra, Sokrat, Lingvo, Magic Goody, Promt va bosh.kiradi. Xozirgi kunda maxsus tarjimon saytlar ham Internet global tarmog’ida royxatdan o’tkazilgan.
Dastur kompyuterga o’rnatilgach ekranda sho’x o’rdak paydo bo’ladi va gapiradi. Ovozini eshitish uchun multimediya vositalarini ulab qoyishimiz kerak bo’ladi.
Dastlab dastur oynasining chap tomonida joylashgan til variyantini tanlaymiz, yani rus tilidan tarjima qilasizmi yoki ingliz tilidanmi. Matn kiritish qismi ikki qismdan iborat bo’ladi: Yuqori qismiga tarjima qilish uchun mo’ljallangan matni kiritiladi. Matn kiritilishiga oynaning pastki qismida tarjima varianti paydo bo’ladi. Tarjima qilingan ma’lumotni blokka olib matn muxarririga nusxasi qo’yiladi va xotiraga olinadi.