Oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Download 1,4 Mb.
bet81/159
Sana29.01.2022
Hajmi1,4 Mb.
#415864
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   159
Bog'liq
Ro`yxatga olindi №

Faoliyat ko‘lami (ishlab chiqariladigan va sotiladigan mahsulot hajmi, kapital miqdori, xodimlar soni va boshqalarga ko‘ra)dan kelib chiqqan holda korporativ tuzilmalar yirik, o‘rta va kichik kabi tiplarga bo‘linadi. Korporativ tuzilmaning katta-kichikligi talab qilinadigan moliyaviy resurslar miqdoriga va moliyaviy-xo‘jalik faoliyati rang-barangligiga, moliyaviy boshqaruvni amalga oshirishning tashkiliy shakllariga, shuningdek uning ixtisoslashuv darajasiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Milliy amaliyotda ayni paytda qonunchilik asosida yirik va kichik tipdaga korporativ tuzilmalar faoliyat ko‘rsatatganligini ta’kidlashimiz lozim. Fikrimmizcha, korporativ tuzilmalar taraqqiyoti bo‘yicha xalqaro tajribalar asosida, shuningdek korporativ tuzilmalarning rivojlanish bosqichlarini inobatga
olgan holda o‘rta tipdagi korporativ tuzilmalar faoliyati bo‘yicha ham qonunchilikka qo‘shimchalar kiritish maqsadga muvofiq.
Rivojlanish bosqichlari yoki hayotiy tsikl fazalari bo‘yicha korporativ tuzilmalar “yangi tashkil etilgan”, “o‘sishda davom etayotgan”, “rivojlanishning yuqori darajasiga chiqqan” va “rivojlanishdan to‘xtagan” korporativ tuzilmalarga bo‘linadi. Rivojlanish bosqichlariga bog‘liq holda korporativ tuzilmalar moliyalashtirish bo‘yicha turli xil talabga, kapital jalb qilish bo‘yicha turli xil imkoniyatlarga, turli xil risklilik darajalariga ega bo‘ladi. “Yangi tashkil etilgan” va “o‘sishda davom etayotgan” korporativ tuzilmalarda katta miqdorda moliyaviy resurslar talab qilinadi. Bunday korporativ tuzilmalar moliyaviy resurs jalb qilish bo‘yicha agressiv moliyaviy siyosatni amalga oshiradilar, olingan daromadlarni to‘liqligicha yoki katta qismini biznesga reinvestitsiya qiladilar. “Rivojlanishning yuqori darajasiga chiqqan” va “rivojlanishdan to‘xtagan” korxonalarda esa moliyaviy resurslarga bo‘lgan talab ma’lum bir darajada barqarorlashadi va bu jarayonda ularning katta qismi o‘z mablag‘lari hisobiga qoplanadi. Aniq bir korporativ tuzilmaning rivojlanish bosqichlari xususiyatlarini bilish va uni hisobga olish korporativ moliyani samarali tashkil etish va amalga oshirish imkonini beradi.
Tadbirkorlik faoliyati turli xil tashkiliy-huquqiy shakllarda amalga oshirilishi mumkin. Tashkiliy-huquqiy shakl korporativ tuzilma mulkdorlari va menejerlari tomonidan belgilab olinadigan rivojlanish strategiyasi, investitsiyalarni jalb qilish manbalari va shakllari, daromadlarni taqsimlash va reinvestitsiyalash rejalari, soliqqa tortish tartiblaridan kelib chiqqan holda tanlanadi. Biznesni tashkil etishning tashkiliy-huquqiy shakllari sifatida mamlakatimizda mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, xususiy korxonalar, oilaviy korxonalar, aksiyadorlik jamiyatlari kabilar keng qo‘llanilib kelinmoqda va ulardagi moliyaviy boshqaruv mexanizmi daromadlarni taqsimlash, majburiyatlar bo‘yicha javobgarlik, risklarning taqsimlanishi, biznes ustidan nazoratni amalga oshirish, mulkchilik huquqining boshqa shaxsga o‘tkazilishi, moliyaviy resurslarni jalb qilish imkoniyatlariga ko‘ra bir-biridan farq qiladi.
Xususiy va oilaviy korxonalarda, umuman kichik biznes korxonalarida moliyaviy boshqaruv bevosita uning egasi tomonidan amalga oshiriladi.
Katta bo‘lmagan korxonalarda moliyaviy boshqaruv funktsiyalari buxgalteriya yoki uning tarkibiy bo‘linmasi hisoblangan moliya yoki reja-moliya bo‘limiga yuklatiladi. Natijada moliyaviy faoliyatni umumiy boshqarish bosh hisobchi tomonidan amalga oshiriladi va u bir vaqtning o‘zida moliyaviy direktor hisoblanadi.
Faoliyat ko‘lamini kengaytirib borish natijasida ixtisoslashgan bo‘linmalar soni o‘sishi va ularning funktsiyalari kengayib borishi sababli moliyaviy boshqaruv tashkiliy tuzilmasi murakkablashib boradi. Rivojlangan davlatlardagi o‘rta va yirik korporativ tuzilmalarda moliyaviy direktor yoki moliyaviy masalalar bo‘yicha vitse-prezident tomonidan boshqariladigan maxsus xizmat tashkil etilgan. Mazkur xizmat o‘z tarkibiga bir nechta tegishli bo‘linmalarni qamrab oladi.
Bunday kompaniyalarda maxsus moliya xizmatining namunaviy tuzilmasi quyidagi rasmda keltirilgan (12.5-rasm).



Download 1,4 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   77   78   79   80   81   82   83   84   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish