Oliy va o‘rta maxsus ta’lim


Korporativ boshqaruv ishtirokchilari. Korporativ boshqaruv va korporativ menejment



Download 1,4 Mb.
bet6/159
Sana29.01.2022
Hajmi1,4 Mb.
#415864
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   159
Bog'liq
Ro`yxatga olindi №

Korporativ boshqaruv ishtirokchilari. Korporativ boshqaruv va korporativ menejment


Bizga ma’lumki, korporativ tuzilma va uning ishtirokchilari o‘rtasida korporativ munosabatlar o‘rnatiladi. Bunday munosabatlar korporativ tuzilmani boshqarishda yaqqol ko‘zga tashlanadi hamda majburiylik va boshqaruv xususiyatlariga ega hisoblanadi.
Korporativ boshqaruv ob’ekti sifatida esa korporativ munosabatlar va korporativ mulk qaraladi. Korporativ tuzilmalar o‘z faoliyati davomida turli
sub’ektlar munosabatlarga kirishadi. Bunda munosabatlarga kirishuvchi sub’ektlar o‘z manfaatlari, faoliyat xususiyatlari va boshqa jihatlarga ko‘ra tasniflanishi mumkin. Umuman korporativ boshqaruv sub’ektlari quyidagilar:

    • emitent sifatida aksiyadorlik jamiyatlari;

    • aksiyadorlar, ya’ni investorlar;

    • korporativ tuzilma menejerlari;

    • davlat;

    • kreditorlar va boshqa manfaatdor shaxslar.

Umumiy holda munosabatga kirishuvchi birinchi navbatdagi sub’ekt bu aksiyadorlar (ulushga ega shaxslar) hisoblanadi. Hozirgi kunda davlat, jismoniy va yuridik shaxslar aksiyador bo‘lishlari mumkin. Ular mulkdor sifatida o‘z kapitallarini aksiyadorlik jamiyatlariga kiritadilar va albatta bundan manfaat (foyda, samara) kutadi. Bundan tashqari eng asosiy jihat bu aksiyadorlarning aksiyadorlik jamiyatini umumiy boshqarish huquqini o‘z zimmalarida
qoldirishidir. Aksiyadorlar aksiyadorlik jamiyatini umumiy boshqargan holda maxsus boshqaruvni, joriymoliyaviy-xo‘jalik faoliyatini
boshqarishnimenejerlarga shartnoma asosida yuklaydi. Natijada menejerlar ham korporativ munosabatlarga kirishadi hamda faoliyatni samarali
tashkil etish maqsadida xodimlar faoliyatini
o‘zaro muvofiqlashtirib boradi.
Xodimlar korporativ tuzilma bilan tuzilgan mehnat shartnomasi asosida ma’lum bir funktsional vazifalarni bajaradilar va tegishli ravishda ish haqlari hisoblanishi va to‘lanishi natijasida moliyaviy munosabatlarga kirishadilar. Agarda xodim aksiyadorga aylanadigan bo‘lsa, munosabatlar doirasi yanada kengaygan holda boshqaruv munosabatlaridagi ishtiroki ham yuzaga keladi.
Korporativ tuzilmalar, jumladan aksiyadorlik jamiyatlari faoliyatni tashkil qilish yoki kengaytirib borish nuqtai nazaridan turli moliyaviy tuzilmalar, xususan fond birjalari, banklar, sug‘urta kompaniyalari bilan ham munosabatlarga kirishadilar. Moliya institutlari bir tomondan o‘zlarining asosiy faoliyatlaridan kelib chiqqan holda korporativ tuzilmalar bilan munosabatlarga kirishsa, boshqa tomondan qo‘shimcha faoliyat sifatida aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini xarid qilish orqali aksiyadorga aylanishi natijasida korporativ boshqaruvda ham ishtirok etishlari mumkin bo‘ladi. Bunda moliya institutlari asosiy faoliyati orqali korporativ tuzilmalar bilan munosabatlar deyilganda aksiyalarni joylashtirish nuqtai nazaridan fond birjalari bilan, qo‘shimcha mablag‘lar jalb qilish nuqtai nazaridan banklar bilan, risk darajasini kamaytirish maqsadida sug‘urta kompaniyalari bilan nazarda tutilmoqda.
Yana bir eng asosiy jihat bu korporativ tuzilmaning o‘z asosiy faoliyatini oshirishi uchun hamkor tadbirkorlik tuzilmalari bilan yuzaga keladigan munosabatlaridir. Ular ham korporativ tuzilma faoliyatidagi ishtirokidan kelib chiqqan holda manfaatdor tomonga aylanadi va bilvosita bo‘lsada korporativ boshqaruv jarayonida ma’lum holatlarda ishtirok etadi.
Korporativ boshqaruvda davlat bilan munosabatlar ham jiddiy e’tibor talab qiladigan masalalardan biri hisoblanadi. Bunda davlat tomonidan qo‘yilayotgan atrof-muhit muhofazasi, bandlikni qo‘llab-quvvatlash, ijtimoiy muammolarni hal
qilish kabi masalalar korporativ tuzilma mulkdorlari tomonidan strategik qarorlar qabul qilishda hisobga olinishi talab etiladi. Davlat bilan munosabatlarda soliq munosabatlari qamrovi kengligi va majburiy va davomli ekanligi bilan ham xarakterli hisoblanadi. Yuqoridagilardan tashqari davlatning aksiyador sifatidagi faoliyati korporativ boshqaruvda davlatning ishtirokini kafolatlaydi va bu amaliyot dunyo miqyosida keng qo‘llanilishini alohida ta’kidlab o‘tish lozim.
Korporativ tuzilma faoliyatiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan yuridik va jismoniy shaxslar hamda korporativ munosabatlar ishtirokchilari affillangan shaxslar deb ataladi. Bunda ma’lum bir qarorlar affillangan shaxslar roziligi asosida qabul qilinadi.
Korporativ munosabatlarda sub’ektlar manfaatlaridan kelib chiqqan holda quyidagilar bo‘yicha muammoli holatlar uchraydi:

  • pul oqimlarini boshqarish;

  • foydani taqsimlash;

  • faoliyat yo‘nalishlarini kengaytirish va hokozolar.

Korporativ boshqaruvda eng asosiy sub’ektlar shubhasiz mulkdorlar (aksiyadorlar) va menejerlardir. Shu nuqtai nazardan korporativ munosabatlarda korporativ boshqaruv va korporativ menejment umumiy va xususiy tarzda ko‘rib chiqiladi.
Korporativ boshqaruv umumiy tarzda korporativ menejmentni ham o‘z ichiga oladi va yaxlit boshqaruv tizimini o‘zida aks ettiradi. Korporativ menejment esa maxsus shartnoma asosidagi boshqaruv sifatida korporativ tuzilma joriy faoliyatini boshqarib boradi.
Korporativ tuzilmalarda yuzaga keladigan eng muammoli munosabatlar aynan aksiyadorlar va menejerlar o‘rtasida yuzaga keladi. Menejerlar aksiyadorlarning agentlari sifatida foliyat yuritishi tufayli fanda agentlik nazariyasi shakllangan. “Tadbirkorlikda professional menejmentga XX asrdan boshlab alohida e’tibor qaratilgan. Bosh ijrochi direktor yoki bosh menejer jami menejerlar ustidan nazorat qiladi va javobgarlikni o‘z bo‘yniga oladi. Rahbarlik va javobgarlik yuqoridan pastga, hisobdorlik esa pastdan yuqoriga tartibda amal qiladi”8.

    1. Download 1,4 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish