Davlat aksiyadorlarning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishini kafolatlaydi.
Jamiyatning xo‘jalik faoliyatiga va boshqa faoliyatiga davlat organlarining aralashuviga yo‘l qo‘yilmaydi. Davlat organlarining qonunga xilof harakatlari ustidan sud tartibida shikoyat qilinishi mumkin.
Davlat aksiyador sifatida boshqa aksiyadorlar bilan bir qatorda milliy qonunchilikda belgilangan teng huquq va majburiyatlarga ega bo‘ladi.
Aksiyadorlarning huquqlari:
milliy qonunchilikda belgilangan va jamiyat ustavida nazarda tutilgan majburiyatlarni bajarish orqali jamiyatning boshqaruv organlari;
qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari va fond birjalari; qimmatli qog‘ozlar bozori professional ishtirokchilarining ixtiyoriy
birlashmalari;
sug‘urta tashkilotlari;
qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi; auditorlik tashkilotlari;
huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan himoya qilinadi.
Aksiyadorlar va qimmatli qog‘ozlar bozorining boshqa ishtirokchilari o‘rtasida yuzaga keladigan nizolar sud tartibida hal etiladi.
Aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish:
huquqni tan olish;
huquq buzilguniga qadar mavjud bo‘lgan holatni tiklash va huquqni buzuvchi yoki huquqning buzilishi tahdidini yuzaga keltiruvchi xatti- harakatlarning oldini olish;
bitimni haqiqiy emas deb topish va uning haqiqiy emasligi oqibatlarini qo‘llash;
huquqini o‘zi himoya qilish;
majburiyatni natura holida ijro etishga qaror qilish; zararlarning o‘rnini qoplatish;
neustoyka undirish;
ma’naviy zararni kompensatsiya qilish;
huquqiy munosabatlarni tugatish yoki o‘zgartirish orqali amalga oshiriladi.
Aksiyadorlar o‘z huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish uchun ixtiyoriy asosda birlashmalarga uyushishga haqlidir.
Jamiyatning aksiyadorlariga tegishli bo‘lgan dividendlar to‘lanmagan taqdirda qimmatli qog‘ozlar bozorini tartibga solish bo‘yicha vakolatli davlat organi mazkur jamiyat aksiyadorining yoki minoritar aksiyadorlari qo‘mitasining murojaati asosida sudga jamiyatning zimmasiga ushbu jamiyat aksiyadorlariga dividendlar to‘lash majburiyatini yuklatish to‘g‘risida da’vo taqdim etishga haqli. Bunday da’voni taqdim etish va ko‘rib chiqish tartibi qonun hujjatlarida belgilanadi.
Aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish qonun hujjatlariga muvofiq boshqa usullar bilan ham amalga oshirilishi mumkin.
Aksiyadorlik jamiyati etib o‘zgartirilayotgan davlat tashkiloti mehnat jamoasi a’zolarining aksiyalarni olishga bo‘lgan huquqlarini himoya qilish qonun hujjatlari bilan kafolatlanadi. Bunda mehnat jamoasining a’zolariga realizatsiya qilinishi lozim bo‘lgan aksiyalar soni har bir alohida holatda davlat mulkini tasarruf etishga vakolatli bo‘lgan organ tomonidan belgilanadi.
Aksiyadorlik jamiyatlarining tashkil etilishi, faoliyati, qayta tashkil etilishi va tugatilishi, shuningdek aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish sohasidagi nizolar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etiladi.
Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risidagi qonun hujjatlarini buzganlikda aybdor shaxslar belgilangan tartibda javobgar bo‘ladi.
Bizga ma’lumki, Jahon Banki guruhi har yili dunyo bo‘yicha “Biznes yuritish” hisobotini e’lon qilib boradi. Mamlakatlarning biznes yuritish bo‘yicha reytinglarini aniqlashda minoritar aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish holatini
ham hisobga oladi va hisobotda aks ettiradi. Mazkur amaliyot ham o‘z-o‘zidan minoritar aksiyadorlarni himoya qilish masalasiga har bir davlatda jiddiy e’tibor qaratishni talab etadi. Chunki minoritar aksiyadorlar huquqlari ta’minlangan holatdagini investorlarning aksiyadorlik kompaniyalari faoliyatiga kirib kelishi jadallashadi.
Jahon banki guruhi tomonidan minoritar aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha reytingni aniqlashda qo‘yidagi ko‘rsatkichlarga e’tibor qaratiladi40:
bitimlar haqida axborotlarni oshkor etish indeksi;
direktorlarning javobgarligi indeksi;
aksiyadorlar tomonidan kompaniya rahbariyati ustidan sudga murojaat qilish uchun (aksiyadorlar huquqlarini sudda himoya qilish uchun) shart-sharoit yaratilganligi indeksi;
manfaatlar to‘qnashuvi (nizoli vaziyatlar)ni tartibga solish indeksi;
aksiyadorlar huquqlari indeksi;
boshqaruv tuzilmasini rivojlantirish indeksi;
korporativ shaffoflik indeksi;
aksiyadorlik boshqaruvi indeksi.
Jahon banki guruhi tomonidan mamlakatlarda minoritar aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha reyting 100 ballik tizimda baholash amalga oshirilgan holda tuziladi. Unda O‘zbekistonning 2015-2018 to‘rt yil bo‘yicha natijalari quyidagicha (10.1-rasm).
10.1-rasm.Mamlakatimizning minoritar aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha xalqaro reytingdagi natijalari41
Yuqoridagi rasm ma’lumotlaridan ko‘rinib turibdiki, egallab turgan o‘rin va qo‘yilgan ball darajasi yaxshilanib bormoqda.
40http://www.doingbusiness.org/Methodology/Protecting-Minority-Investors 41 Жаҳон банки гуруҳининг “Бизнес юритиш” ҳисоботлари асосида тузилди.