Oliy va o‘rta maxsus ta’lim



Download 1,4 Mb.
bet59/159
Sana29.01.2022
Hajmi1,4 Mb.
#415864
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   159
Bog'liq
Ro`yxatga olindi №

Qo‘shimcha topshiriqlar


  1. Taftish komissiyasi va ichki audit xizmati faoliyatidagi farqli jihatlar bo‘yicha quyidagi jadvalni shakllantiring.

Taftish komissiyasi

Ichki audit xizmati

1.

1.

2.

2.

......

......




  1. Taftish komissiyasi va ichki audit xizmati hisobotini shakllantirish bo‘yicha quyidagi jadvalni shakllantiring.

Taftish komissiyasi

Ichki audit xizmati

1.

1.

2.

2.

......

......

IX bob. KORPORATIV BOSHQARUVDA HISOBDORLIK, AXBOROTLARNI OSHKOR ETISH VA SHAFЕDRASIFЕDRASIOFЕDRASILIK





    1. Korporativ boshqaruvda hisobdorlik, axborotlarni oshkor etish va shaffoflikni ta’minlashning tashkiliy xususiyatlari

Hisobdorlik, axborotlarni oshkor etish va shaffoflik korporativ boshqaruvning eng asosiy prinsiplari hisoblanadi. Mazkur prinsiplarga yuqori darajada amal qilinishi, avvalo aksiyadorlar huquqlari va manfaatlarining ta’minlanishiga xizmat qiladi. Shundan kelib chiqqan holda bu prinsiplarning mohiyatiga qisqacha to‘xtalib o‘tamiz.
Hisobdorlik prinsipi korporativ boshqaruvning ijroiya va nazorat organlarining belgilangan tartibda hisobot berib borishlarini nazarda tutadi.
Amaldagi qonunchilikda aksiyadorlik jamiyati kuzatuv kengashining a’zolari, jamiyat direktori va boshqaruvi a’zolari, shuningdek ishonchli boshqaruvchi o‘z huquqlarini amalga oshirishda va o‘z majburiyatlarini bajarishda jamiyatning manfaatlarini ko‘zlab ish tutishi hamda belgilangan tartibda javobgar bo‘lishi belgilab qo‘yilgan. Agarda masala bo‘yicha bir nechta shaxs javobgar bo‘lsa, ularning jamiyat oldidagi javobgarligi solidar javobgarlik asosida tashkil etilishi ham nazarda tutilgan.
Jamiyatga zarar etkazilishiga sabab bo‘lgan qarorga ovoz berishda ishtirok etmagan yoki ushbu qarorga qarshi ovoz bergan jamiyat kuzatuv kengashi a’zolari, boshqaruv a’zolari javobgar bo‘lmaydi. Shu o‘rinda affillangan shaxs bilan tuzilgan bitimni o‘rganishni amalga oshirgan shaxslar bitim bo‘yicha xulosa va yakunlarning ishonchliligi uchun javobgar ekanligini alohida qayd etib o‘tish zarur.
Kamida bir foiziga egalik qiluvchi aksiyador (aksiyadorlar) jamiyatga etkazilgan zararlarning o‘rnini qoplash to‘g‘risidagi da’vo bilan jamiyatning kuzatuv kengashi a’zosi, direktori yoki boshqaruv a’zosi, shuningdek ishonchli boshqaruvchi ustidan sudga murojaat qilishga haqli.
Keltirilayotgan jihatlar boshqaruv organlarining javogarligi va hisobdorligini nazarda tutadi. Ulardan tashqari nazorat organlarining ham hisobdorligi belgilanganligini qayd etib o‘tishimiz zarur.
Aktivlarining balans qiymati eng kam ish haqi miqdorining yuz ming barobaridan ko‘p bo‘lgan jamiyatda ichki audit xizmati tashkil etiladi. Ichki audit xizmati jamiyatning kuzatuv kengashiga hisobdordir.
Jamiyatning ustavida jamiyat kuzatuv kengashiga hisobdor bo‘lgan va korporativ qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan nazorat qilish vazifasini bajaruvchi jamiyat korporativ maslahatchisi lavozimini joriy etish nazarda tutilishi mumkin. Korporativ maslahatchining faoliyati jamiyat kuzatuv kengashi tomonidan tasdiqlangan nizom asosida amalga oshiriladi.
Bizga ma’lumki, axborotlarni oshkor qilish maqsadidan qat’iy nazar manfaatdor shaxslarning korporativ tuzilma faoliyati bilan bog‘liq axborotlarni erkin olish imkoniyati yaratilganligi bilan izohlanadi. Shu boisdan moliyaviy
qarorlar qabul qilish, turli xil diskriminatsiyalarning oldini olish va axborot olish bo‘yicha nomutanosiblikni bartaraf etish uchun korporativ boshqaruvda axborotlarni oshkor qilish talab qilinadi. Natijada investorlar, shu jumladan potentsial investorlar, xodimlar, davlat organlari va boshqa manfaatdor shaxslarning oshkor qilingan axborotlar bilan tanishish imkoniyatlari yuzaga keladi. Ular olingan axborotlar asosida emitent moliyaviy holatini tahlil qilishlari, faoliyat istiqbollaridan kelib chiqqan holda emitent faoliyati, jumladan qimmatli qog‘ozlari bilan bog‘liq qarorlar qabul qilishlari mumkin bo‘ladi.
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotining korporativ boshqaruv prinsiplariga ko‘ra “Korporativ boshqaruv infratuzilmasi korporatsiya faoliyatiga daxldor barcha muhim masalalar, jumladan mulkchilik va kompaniya boshqaruvi, faoliyat natijalari, moliyaviy holat bo‘yicha axborotlarni o‘z vaqtida va to‘liq oshkor qilinishini ta’minlashi shart”38.
Axborotlarni oshkor qilish bo‘yicha talablar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksi, “Aksiyadorlik jamiyatlari va aksiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi, “Qimmatli qog‘ozlar bozori to‘g‘risida”gi, “Buxgalteriya hisobi to‘g‘risida”gi, “Mas’uliyati cheklangan va qo‘shimcha mas’uliyatli jamiyatlar to‘g‘risida”gi Qonunlar, “Aksiyadorlik jamiyatlarining korporativ veb-saytlariga qo‘yiladigan talablar to‘g‘risida”gi Nizom, “Qimmatli qog‘ozlar bozorida axborot taqdim etish va e’lon qilish qoidalari”da belgilab qo‘yilgan.
Yuqorida keltirilgan qonunchilik hujjatlari asosida aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan axborotlar bilan ishlashni tashkil etish, ularni oshkor qilish tartibini belgilash maqsadida “Axborot siyosati to‘g‘risida”gi Nizomni ishlab chiqishi va ichki foydalanish maqsadida joriy etilishi mumkin.
Axborotlar siyosatining asosiy maqsadi – aksiyadorlar, investorlar, qimmatli qog‘ozlar bozorining professional ishtirokchilari, shuningdek boshqa manfaatdor shaxslarning kompaniya va uning faoliyati to‘g‘risidagi ishonchli ma’lumotlarga bo‘lgan talabini qondirish orqali kompaniya faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlashdan iboratdir.
Ushbu siyosatning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat:

  • kompaniyaning axborotlar siyosatining asosiy tamoyillarini belgilash;

  • barcha manfaatdor shaxslarga kompaniya to‘g‘risida ishonchli va haqqoniy axborotlarni o‘z vaqtida taqdim etilishini ta’minlash;

  • barcha manfaatdor shaxslarga kompaniya to‘g‘risida axborot taqdim etish qoida va tartiblarini belgilash;

  • kompaniya axborotlarining xavfsizligini ta’minlash;

  • kompaniya axborotlarining oshkoraligi va shaffofligini oshirish hisobiga kompaniyaning investitsion jalb etish qobiliyati o‘sishini ta’minlaydigan qo‘shimcha axborotlarning oshkoralik tamoyillarini belgilash.






38 G20/OECD Principles of Corporate Governance. OECD 2015. https://www.oecd.org/daf/ca/Corporate-Governance-Principles- ENG.pdf
Axborotlar siyosatining asosiy prinsiplari bo‘lib, doimiylik, tezkorlik, qulaylilik, to‘liqlilik, teng huquqlilik, tenglik, axborot resurslarining himoyalanganligi hisoblanadi.

    • doimiylik – kompaniya faoliyatiga oid axborotlarni manfaatdor shaxslarga doimiy taqdim etib borish;

    • tezkorlik – manfaatdor shaxslarni kompaniyaning moliyaviy faoliyatiga ta’sir etuvchi muhim voqealar va faktlari bilan qisqa muddatlarda xabardor qilish;

    • qulaylik – manfaatdor shaxlarning erkin foydalanishi uchun kompaniya faoliyatiga oid axborotlarni oshkor etilishini turli xil yo‘llar orqali amalga oshirish;

    • to‘liqlik – manfaatdor shaxslarning kompaniya to‘g‘risida to‘liq tassavurga ega bo‘lishini ta’minlash uchun kompaniyaning amaldagi faoliyati va u uchun salbiy bo‘lgan ma’lumotlarni ham inkor etmagan holda taqdim etish;

    • teng huquqlilik – kompaniya faoliyatiga oid axborotlarni olishda barcha manfaatdor shaxslar uchun huquqlarning tengligi;

    • tenglik – kompaniyaning tijorat manfaatlarini ta’minlagan holda kompaniya faoliyatining ochiqliligi va shafofligi o‘rtasidagi tengligini ta’minlash. Bunda maxfiy axborotlarning himoyalanganligi; insayderlarga doir axborotlarning taqdim etilishida amaldagi qonunchilik talablariga amal qilish ta’minlanishi shart;

    • axborot resurslarining himoyalanganligi –tijorat siri yoki boshqa maxfiy hisoblangan axborotlarni amaldagi qonunchilikka muvofiq axborot xavfsizligini ta’minlash.

Kompaniya faoliyati to‘g‘risida tarqatilayotgan axborot 3 guruhga bo‘linadi:

    • majburiy oshkor etiladigan axborotlar;

    • qo‘shimcha oshkor etiladigan axborotlar;

    • erkin oshkor etiladigan axborotlar.

Kompaniya tomonidan axborotlarning oshkor etilishi va tarqatilishi quyidagi yo‘llar orqali amalga oshiriladi:

    • korporativ axborotlar yagona portali (www.openinfo.uz);

    • fond birjasining rasmiy veb-sayti (www.uzse.uz);

    • aksiyadorlik jamiyatining korporativ veb-sayti;

    • ommaviy axborot vositalari (OAV);

    • internet portallarida joylashtirish;

    • bosma nashrlarda chop etish;

    • manfaatdor shaxslar bilan axborot seminarlari va boshqa turdagi uchrashuvlarni tashkil etish; (shu jumladan, telekonferentsiyalar, veb- translyatsiyalar, veb-kastlar);

    • amaldagi qonunchilik, kompaniya Ustavi va kompaniya ichki me’yoriy hujjatlariga muvofiq aksiyadorlarga axborotlar va ularning talabiga binoan hujjatlar nusxalarini taqdim etish;

    • amaldagi qonunchilik, kompaniya Ustavi, kompaniya ichki me’yoriy hujjatlari va kompaniyaning Boshqaruv organlari qarorlariga muvofiq kommunikatsion vositalardan foydalangan holda boshqa yo‘llar bilan mazkur Nizomda nazarda tutilgan axborotlarni oshkor etish.

Amaldagi qonunchilik asosida majburiy oshkor qilinishi lozim bo‘lgan axborotlar borasida quyidagi paragraflarda to‘xtalib o‘tamiz.
O‘z navbatida alohida ta’kidlash kerakki, hisobdorlik va axborotlarni oshkor etib borish aksiyadorlik jamiyatlari faoliyati shaffofligini ta’minlashga hamda faoliyatning qonuniyligi va samaradorligiga xizmat qiladi.



    1. Download 1,4 Mb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   159




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish