Manfaatlar to‘qnashuvini samarali boshqarish prinsiplari
Aksiyadorlik jamiyati faoliyati davomida uning mulkiy, yoki boshqa manfaatlari hamda kreditorlar va boshqa mijozlarining mulkiy, yoki boshqa manfaatlari o‘rtasida Boshqaruv organlari, mansabdor shaxslari, nazorat vazifasi yuklatilgan mas’ul xodimlarning harakati va/yoki harakatsizligi natijasida kompaniyaning aksiyadorlari manfaatiga zarar etkazilishi mumkin bo‘lgan manfaatlar qarma-qarshiligi vujudga kelishi mumkin.
Bundan tashqari, aksiyadorlar hamda Boshqaruv organlari va nazorat vazifasi yuklatilgan xodimlari o‘rtasida, kompaniyaning aksiyadorlari o‘rtasida manfaatlarning qarama-qarshiligi, ya’ni korporativ manfaatlarning qarama- qarshiligi vujudga kelishi mumkin.
Manfaatlar qarama-qarshiligi bilan bog‘liq vaziyatlar yuzaga kelishining oldini olish va nizoli vaziyatlarni bartaraf etish uchun AJ o‘z ichiga quyidagilarni oluvchi “Manfaatlar qarama-qarshiligi vaqtida harakat qilish tartibi to‘g‘risida”gi nizomni ishlab chiqadi:
AJ mansabdor shaxslarining AJ manfaatini ko‘zlab faoliyat yuritish majburiyati;
AJ mansabdor shaxslari tomonidan harakat va bitim amalga oshirilganda yoki ular tomonidan axborot oshkor qilinganda manfaatlar qarama-qarshiligiga olib kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarni aniqlash;
AJ mansabdor shaxslarining kuzatuv kengashini manfaatlar qarama- qarshiligi yuzaga kelishi to‘g‘risida xabardor qilish majburiyati;
Kuzatuv kengashining ruxsatisiz AJ mansabdor shaxslarining boshqa yuridik shaxslarning boshqaruv va nazorat organlarida ishtirok etishini ta’qiqlash;
AJ mansabdor shaxslari tomonidan harakat va bitim amalga oshirilganda yoki ular tomonidan axborot oshkor qilinganda manfaatlar qarama-qarshiligiga olib kelishi mumkin bo‘lgan vaziyatlarning oldini olish;
manfaatlar qarama-qarshiligi bilan bog‘liq nizoli vaziyatlarni hal etishning, shu jumladan, ularni hal etish uchun manfaatdor bo‘lmagan uchinchi shaxsni tayinlash yoki manfaatlar qarama-qarshiligini hal qilish bo‘yicha vakolatni kuzatuv kengashining mustaqil a’zosi (a’zolari)ga yuklashning batafsil reglamenti.
Manfaatlar qarama-qarshiligi vaqtida harakat qilish tartibi to‘g‘risidagi nizom aksiyadorlarning umumiy yig‘ilishi tomonidan tasdiqlanadi.
Nizomda manfaatlar qarama-qarshiligi vujudga kelishining quyidagi holatlari ko‘rib chiqiladi:
majoritar va minoritar aksiyadorlar o‘rtasida vujudga keladigan manfaatlar qarama-qarshiligi;
boshqaruv organlari va aksiyadorlar o‘rtasida vujudga keladigan manfaatlar qarama-qarshiligi;
boshqaruv organlari hamda nazorat vazifasi yuklatilgan tarkibiy tuzilmalar, mansabdor shaxslar, xodimlar va mijozlar o‘rtasida vujudga keladigan manfaatlar qarama-qarshiligi;
kompaniya boshqaruvi hamda mansabdor shaxslar, xodimlar tomonidan ularga yuklatilgan xizmat vazifasini bajarish vaqtida vujudga keladigan manfaatlar qarama-qarshiligi.
Manfaatlar qarama-qarshiligini boshqarish quyidagi prinsiplar asosida amalga oshiriladi:
manfaatlar qarama-qarshiligi kelib chiqishi mumkin bo‘lgan va kelib chiqqan holatlarni oshkor qilishning majburiyligi;
manfaatlar qarama-qarshiligini aniqlash va boshqarishda har bir holatga individual yondashish va kompaniya uchun ishchanlik qobiliyati (reputatsiya) tavakkalchiligini baholash;
manfaatlar qarama-qarshiligini aniqlash va boshqarishda axborotning oshkor qilish jarayonini qat’iy maxfiyligini ta’minlash;
manfaatlar qarama-qarshiligini boshqarishda kompaniyaning boshqaruv va nazorat organlari, uning xodimlari hamda kompaniya manfaatlari o‘rtasida mutanosiblikni saqlash;
manfaatlar qarama-qarshiligini holati bo‘yicha axborotni o‘z vaqtida oshkor qilgan xodimlar, boshqaruv va nazorat organlariga tazyiq o‘tkazilishidan himoya qilish.