kuzatuv kengashi – qonun va aksiyadorlik jamiyati ustavi bilan aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining vakolati doirasiga kiritilgan masalalardan tashqari aksiyadorlik jamiyati faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiruvchi boshqaruv organi;
qayta tashkil etish – aksiyadorlar umumiy yig‘ilishining qaroriga ko‘ra qo‘shib yuborish, qo‘shib olish, bo‘lish, ajratib chiqarish va o‘zgartirish shaklida amalga oshiriladigan tashkiliy jarayonlar;
qaram jamiyat – ovoz berish huquqiga ega aksiyalarining yigirma foizidan ko‘prog‘iga boshqa xo‘jalik jamiyati egalik qiladigan xo‘jalik jamiyati;
Do'stlaringiz bilan baham: |