Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Express jurnali ham mavjud, uning electron manzili quyidagicha http://offexp.east.ru/, Business Management International



Download 1,6 Mb.
bet40/67
Sana13.01.2022
Hajmi1,6 Mb.
#356100
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   67
Bog'liq
Kichik biznes va tad. innov 82df3

Express jurnali ham mavjud, uning electron manzili quyidagicha http://offexp.east.ru/, Business Management International kompaniyasining manzili http://www.bmi-usa.com. Ushbu muammolar bo’yicha foydali bo`lgan saytlar jumlasiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin: http://freya.ru/eng/attorney.htm, http://www.bankingoffshore.com, http://www.trensis.ru/offshore.htm,http://offshoreprofit.com/offshore, http://members.aol.com/shlan

Axborot-kommunikatsion tizimlardagi va electron biznesdagi huquqiy tartibga solish muammolari bo’yicha esa quyidagilarni ko’rsatishimiz mumkin. Jahon miqyosida internet tarmog‘iga kirishni tartibga soluvchi va uni boshqaruvchi maxsus tashkilot mavjud emas, ammo ba’zi mamlakatlarning hukumatlari vaqti- vaqti bilan global axborotlashgan makonni nazorat qilishga harakat qiladilar va bunga qandaydir ma’noda erishadilar ham. Ammo bunday urinishlarning natijalari absolyut nazoratning samarasizligini isbotlamoqda. Lekin Internet qoidalarini buzuvchilar mamlakat miqyosida to`la ravishda javobgarlikka tortilishlari ham mumkin. Elektron kelishuvlar va tranzaksiyalar standartlashtirilgan “Elektron ma`lumot almashinuvi” yoki EDI Electronic Data Interexchange deb nomlanadi. Ko`pchilik xollarda, bu kabi standartlashtirilgan hujjatlar majburiy hisoblanmaydi va ko`pincha qonun tomonidan tan olinmaydi. Biroq agarda o’zaro kelishuvchi tomonlar qarshilik bildirishmasa, bu kabi shartnoma va kelishuvlar qo`llanilishi mumkin, shu bilan birga, shartnomada qaysi qonunchilikdagi me’yoriy-huquqiy hujjatlarga asoslanib, electron ish tartibi amalga oshirilishi aniq va ravshan ko`rsatilgan bo`lishi zarur. Elektron biznes amaliyoti shuni ko’rsatadiki, elektron shaklda amalga oshirilgan shartnomalar, kelishuvlarning matnlari elektron raqamli imzo bilan tasdiqlangan bo`lsa, bunday elektron ko`rinishdagi hujjat yozma electron hujjat bilan bir xil kuchga ega hisoblanadi. Chunki agarda bunday elektron raqamli imzo bo`lmasa, tomonlarning roziligisiz o`zgartirishlar kiritilishi mumkin. Elektron imzo hujjatning boshlang’ich holati to’la saqlanishini ta`minlaydi. Hozirda mamlakatimizda va bir qancha mamlakatlarda to`lovlarni elektron tartibda

(onlayn) o`tkazishning (tranzaksiyalar) tizimi, qoidalari va elektron imzo

to`g‘risida qonunlar qabul qilingan. Turli xildagi mahsulotlarni ishlab chiqaruvchi yoki xizmat ko’rsatuvchi chakana firmalar dasturiy ta`minot, audio va videomateriallar, kompyuter o`yinlari va boshqa mahsulotlarni elektron shaklda taklif etganda, unga o`sha materialdan foydalanish huquqini beruvchi lisenziyani qo`shib taqdim etadilar. Ko’pchilik xollarda, bu lisenziya kirish kodi yoki boshqa shaklda mahsulotning upakovkasi - o`rami ichida joylashtiriladi. Ushbu foydalanish huquqini topshirish usuli kelishuvning shartnoma shakli hisoblanadi. Internetdagi elektron biznesni ma`lum bir mamlakatda soliqqa tortishga majbur etish Internet kompaniyalarning o`z joylarini o`zgartirishlariga, ya`ni ularni boshqa mamlakatga ko`chib, ro`yxatdan o`tishlariga olib keladi. Internet kompaniyalar uchun bazaviy mamlakatni o`zgartirishining asosiy sabablaridan yana biri boshqa mamlakatda internet resurslarga kirishni amalga oshirishning nisbatan oson va arzon bo`lishi hisoblanadi, ammo bu o`z navbatida, tabiiy ravishda Internet- kompaniya chiqib ketgan hudud hokimiyatining salbiy munosabatini keltirib chiqarishi mumkin.

Hozirgi vaqtda iqtisodiy rivojlangan mamlakatlarda electron biznesning turli xil darajadagi andozalardan foydalaniladi: Masalan, B2B - korxona - korxona, B2C - korxona - iste’molchi, B2P - korxona – hamkor, B2E - davlat-tadbirkor, C2B - iste’molchi -korxona, C2C - iste’molchi – iste’molchi, B2G – korxona-davlat, G2P

- davlat-hamkor, G2B - davlat - korxona va P2G - hamkor -davlat. "Ideal" holatda Ulardan birini batafsilroq ko’rib chiqamiz. B2B andoza bo’yicha elektron tijorat yuritish tadbirkorlarning avtomatik o’zaro aloqadorligini ko’zda tutadi. Xorijda B2B andozasi 40 yil oldin paydo bo’lgan va keng tarqalgan. B2B andozasidan foydalanishning ikki ko’rinishi bor: Ikki yoki undan ortiq korxonalar o’zaro turli xil shartnomalar tuzadi. Masalan, korxonalar Internet orqali shartnoma tuzishda o’z takliflarini yuborishlari, hisob varaqalarini qabul qilishlari va to’lovlarni amalga oshirishlari mumkin. Ikkinchisi - B2B sektorida elektron tijorat yuritishning rivojlangan tizimlarining o’ziga xos xususiyati bo’lib, bu xolat korporativ axborot- kommunikatsion tizimlari bilan integratsiyalashish hisoblanadi. Shunday qilib,



istiqbolda, nafaqat xarid va sotuv jarayonining avtomatlashuvi, balki korxona

boshqaruvining kompleks avtomatlashuvi masalalari yechimi ham ta’minlanadi. Ichki bozor doirasida elektron tijoratning bu yo’nalishi ichki ishlab chiqaruvchilar orasida yangi tijorat aloqalarini vujudga keltirishga yordam beradi, shuningdek, materiallar va uskunalarni xarid qilish jarayoni sezilarli darajada yengillashdi. Xalqaro darajada B2B andoza bizning ishlab chiqaruvchilarga dunyo bozorida ishtirok etishiga keng imkoniatlar yaratadi. B2B andozasini qurish va muvaffaqiyatli faoliyat yuritish maqsadida mo’ljallangan bozor segmenti shu kabi yechimlarni qabul qilish va joriy etishga tayyor bo’lishi lozim. Bozorning bu segmenti bir necha tasnifga ega bo’lishi kerak. Ularning eng ahamiyatlislar quyidagilardir hisoblanadi: hajmlilik va sig’imlilik. Tabiiyki, Shimoliy Amerika, G’arbiy Evropa va bizning bozorlar uchun hajm bo’yicha ko’rsatkichlar keskin farqlanadi. Agar B2B andoza bo’yicha elektron tijorat yurituvchi Amerika kompaniyalari aylanmasi milliardlab dollarlarni tashkil etadigan segmentga mo’ljallangan bo’lsa, bizning korxonalar bunday ko’rsatkichlarga xali-beri tenglasha olmaydilar, albatta. Turli xil korxonalar va ishtirokchilar bozorning bu segmentida har biri o’z maqsadini ko’zlaydi, lekin B2B andozasini tadbiq etib, undan foydalanishda barcha foydalanuvchilar yutishi mumkin. Texnologik yechimlarni yetkazib beruvchilar B2B andozasini amalga oshirishda o’z mahsulotlari texnologiya va bilimlarini sotishdan va keyinchalik bu yumushlar bo’yicha elektron tijorat jarayonini olib borish funktsiyalarni amalga oshirishdan naf ko’rishadi. Shuni ta’kidlab o’tish lozimki, ko’p hollarda korxonalar axborot resursining egasi yoki to’la huquqli hamkori bo’lib qoladi va uning faoliyatidan foyda ulushini olishda qatnashadi. Sotuvchi korxonalar asosan sotuv jarayoni amalga oshadigan bozorlarni kengaytiradilar, mahsulot yetkazib berish zanjirini va sotuv jarayoni bilan bog’liq bo’lgan xarajatlarni qisqartiradilar, har bir buyurtma bilan alohida ishlash imkoniyatiga ega bo’ladilar. Xaridor korxonalar esa bir joyning o’zida tovar yetkazib beruvchilarni ham, mahsulot turini ham tanlash imkoniyatiga, mahsulotlarga narxlarning kamayishiga, yuqori tezlik bilan xizmat ko’rsatish va sifat o’zgarishlariga ega bo’ladilar. Bozornong barcha ishtirokchilari

uchun ish faoliyatini rivojlanishida yangi istiqbollar vujudga kelishidadir. B2C

andozadan esa korxona o’z mahsulot va xizmatlarini bevosita yakuniy iste’molchiga sotayotganida foydalaniladi. Bu andoza oldingiga nisbatan aniqroq va keng omma uchun tushunarliroq, shuning uchun ham hozirda eng ko’p tarqalgan usuldir. Ushbu andoza doirasida ishlaydigan yirik korxonalarga misol sifatida Amazon.com ni keltirish mumkin, bu internet kompaniya dunyo bo’yicha 30 milliondan ortiq mijozga ega bo’lgan, kitoblarni ulgurji sotuvi bilan shug’ullanuvchi amerika firmasidir. O’z faoliyatini kengaytirish jarayonida Amazon.com dunyoning istalgan mamlakatidagi iste’molchilarga mahsulot yetkazib berishni ta’minlaydigan sotuv tarmog’ining butunlay yangi andozasini yaratdi. B2C mos xududda to’lovlarni amalga oshirish imkoniyati va Internetga ulanish masalalarini hal qilish sharti bilan yirik shaharlar va uzoqroq hududlarda yashovchi iste’molchilar orasida mahsulot va xizmatlarga erishishdagi farqni ancha tenglashtirishga imkon beradi. B2B va B2C orasida printsipial farq ham mavjud. Buni quyidagi jadvalda yaqqol ko’rishimiz mumkin:


Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   67




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish