Raqamli valyutalar bozoridagi innovatsion texnologiyalar
An’anaviy to’lov instrumentlari bo’lgan mamlakatlar valyutalari bilan bo’ladigan internet tarmog’i orqali mamlakatlararo to’lovlarda bir qancha o’ziga xos muammolar mavjud edi. Bular jumlasiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
To’lovlarni amalga oshirishda albatta banklar tomonidan belgilangan yuqori komission haqni to’lash;
Tomonlarning to’liq rekvizitlarini (manzili, hisob raqami, ismi-sharifi va boshqalar) o’zaro oldi-sotti qilayotgan shaxslardan tashqari, albatta uchichi tomonga ham (bankka) ma’lum bo’lishi;
To’lovlarni markazlashgan holda qaysidir tashkilotlar tomonidan boshqarilishi;
Ayrim holatlarda to’lovlar amalga oshirilgach, bekor qilish ham mumkinligi tufayli sotuvchi ham ishonch hosil qilishi uchun ko’proq ma’lumotlar so’rash kerak bo’ladi.
Yuqorida keltirilgan barcha kamchiliklarni hal qila oladigan va 21 asrning ilk innovatsion moliyaviy tizimi sifatida dastlabki kriptovalyutalardan biri bo’lgan bitkoin raqamli pul birligi paydo bo’ldi. Bitkoin 2009 yil 3 yanvarda o’zini Satoshi Nakamoto deb atagan shaxs (yoki shahslar guruhi) tomonidan yaratilgan va shu yil 31 oktyabrida «Birkoin – electron to’lovlarga mos raqamli tizim» («Bitcoin: A Peer-to-Peer Electronic Cash System») deb nomlangan maqolada ommaga e’lon qilingan. Ushbu bitkoin valyutasi ishonchga emas, balki kriptografik kodlash tizimiga asoslangan va o’zaro hech qanday vositachilarsiz (bank yoki boshqa moliyaviy instrumentlarsiz) to’lovlarni bevosita ishtirokchilar orasida amalga oshirilishini ta’minlovchi
to’lov tizimi valyutasidir. Bunda nazorat qiluvchi organlarsiz, tangalarning
61
haqiqiyligini murakkab matematik algoritmlar asosida tasdiqlanadigan tizim amal qilgani xolda ishtirokchilarning har biri ushbu tangalarni emissiya qilishi ham mumkin - mayning. Bitkoin kriptovalyutasining o’ziga xos jihatlari sifatida quyidagilarni ko’rsatishimiz mumkin:
Markazlashmagan tizim – bunda har bir ishtirokchi teng huquq va imkoniyatlarga ega bo’ladi;
Hisob-kitoblarning to’liq shaffofligi – har bir ishtirokchi barcha tranzaktsiyalarni ko’rishi va kuzatishi mumkin;
Nazoratning yo’qligi – hech bir davlat yoki tashkilot tizim ichidagi operatsiyalarni nazorat qila olmaydi;
Sirlilik – tizim ishtirokchilar haqidagi ma’lumotlarning tasdiqlanishini so’ramaydi;
Kriptotangalarni emissiya qilish cheklangan – jami 21 million BTC (bitkoin tangasi) chiqariladi;
Balans ikki yoqlama yozuv asosida bo’lmaydi, balki barcha tranzaktsiyalar xronologik tartibda barcha ishtirokchilarda ko’rinadi;
Kriptovalyutalar inflyatsiyaga uchramaydi. Qiymati esa bozordagi talab va taklifga qarab o’zgaradi;
Hozirgi kunlarda yuridik (huquqiy) jihatdan kriptovalyutalarning ishlatilishi uchun qandaydir pishiq-puxta qonuniy asos mavjud emas;
Bitkoin va u bilan bog’liq operatsiyalarning amalga oshirilishi uchun faqatgina internet tarmog’iga ulangan ishtirokchilarning mavjud bo’lishi kifoya.
Kriptovalyutalar bilan ishlash jarayoni qaysidir ma’noda oldindan mavjud torrent tizimida ishlovchi ishtirokchilarning o’zaro fayllar almashinuviga ham o’xshab ketadi. Faqat bu tizimda fayllar o’rnida maxsus kriptografik kodlar xeshlangan xolda bloklarga yig’iladi. Ushbu bloklarning vaqt bo’yicha to’g’ri ketma-ketlikda tuzilishi esa blokcheyn (bloklar zanjiri) texnologiyasini yuzaga keltiradi, masalan:
Har bir ishtirokchi o’zi amalga oshiradigan tranzaktsiyani ommaviy kalit va mahfiy kaliti orqali amalga oshirilishi ko’zda tutiladi. Ommaviy kalit orqali bo’ladigan harakatlar va tranzaktsiyalar umumiy tizimda barcha ishtirokchilar tomonidan qayd etilib boriladi. Mahfiy (yopiq) kalit orqali kelib tushgan pul mablag’lari tasdiqlanadi. Bu tranzaktsiyalarni amalga oshirish va umuman boshqa har bir tranzaktsiyani ishlov bergan xolda saqlab olish uchun zamonaviy yuqori ko’rsatgichli parametrlarga ega bo’lgan (video kartaning ishlov berish tezligi va protsessor takt chastotasi o’ta yuqori bo’lgan) komp’yuterlar va unga mos internet aloqasi bo’lishi talab etiladi. Tizim to’liq kuchlanishda ishlashi uchun esa komp’yuterlar ko’proq energiya sarfini talab etadi. Ushbu harajatlarni sarflash orqali ishtirokchilar rag’batlantirish sifatida yangi kriptovalyuta (bitkoin, bitcash, efirium, laytkoin va boshqalarni) yoki oddiy pullarda komission haq olish imkoniyatiga ega bo’ladilar. Ishtirokchilar soni qanchalik ko’paygani sari kriptovalyuta tangalarini olish ham shunchalik qiyinlashib boraveradi. Xuddi shining uchun ham kriptovalyuta tangalarini qo’lga kiritishni oltin qazib olingani singari – Mayning qilish deb nomlangan. Xozirgi davrga kelib, mayning qilish uchun katta-katta inshootlar va binolardan foydalangan xolda doimiy ravishda ishlab turuvchi yirik serverlardan iborat “Mayning fermalari” tashkil qilingan. Kim avvalroq shu ishga qo’l urgan bo’lsa, hozirda barcha harajatlarni qoplagan xolda, bir necha million dollarlik
daromadga ham ega bo’lgan. Ammo bu amalni kechroq boshlaganlarda harajatlar hali qoplanmagan.
Yuqorida kriptovalyutalar orqali amalga oshirladigan to’lovlarning xususiyatlari haqida bir qancha ma’lumotlar berildi. Endi esa nima uchun ularning (bitkoin, laytkoin, efirium va boshqalarning) qiymati so’nggi vaqtlarda yuqori sur’atlar bilan oshyotgani haqida ma’lumotlar keltiramiz. Aslida kriptovalyuta tangalarini yaratish uchun sarflanadigan harajatlar unchaik katta emas. Biroq, foydali qazilmalar yohud heftni qazib olishdagi tashkilotlar ko’payishi va ushbu zahiralarning kamyob topilishi bois narxi oshgani kabi bitkoinni ham mayning orqali hosil qilish murakkablashgan holatda butun boshli mayning fermalaridagi bir necha kunlik to’xtovsiz amaliyot natijasida bor-yo’gi bir nechta bitkion hosil bo’layotgani hamda bitkoinlar maksimal soni chegaralangani (21 million bitcoin tangasi) narxning ko’tarilishiga sabab bo’lmoqda. Biroq narxlar ko’tarilishiga bundan boshqa sabablar ham mavjud. Eng asosiy sabablardan biri bitkoinni Xitoy, Yaponiya va Januviy Koreya singari iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar rasman to’lov vositasi sifatida qabul qilayotgani bitkoin tangalarga nisbatan talabni o’ta kuchaytirib, uning narxi 2017 yilning o’zida 998 AQSH dollaridan salkam 20000 AQSH dollarigacha o’sdi. Shuning uchun ham dunyoning
yetakchi birjalari va yirik banklari bitkoin savdosini treyding tizimida yo’lga
qo’ymoqdalar. Garchi kriptovalyutalar bozorining gurkirab rivojlanishi butun jahon moliy-iqtisodiy tizimiga katta ta’sir qilgani xolda mavjud tizimning yo’q bo’lib ketishiga sabab bo’lishi mumkin bo’lsada, ayni paytda katta daromad ko’rish istagida bo’lgan investorlar bitkoinlar bozorining rivojlanishidan manfaatdor bo’lmoqdalar. Shuningdek, kriptovalyutalar bozorining gurkirab rivojlanishidan eng ko’p manfaatdor insonlar – yashirin iqtisodiyotda faoliyat yurituvchi investorlardir. Shu va shu kabi faktorlar oqibatida hozirgi davrda bir qancha iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar bitkoin orqali turli noqonuniy va jinoiy faoliyatlarning rivojlanib ketishining oldini olish maqsadida kriptovalyutalari (shu jumlada, bitkoinni ham) to’lov vositasi sifatida qabul qilishga shoshilishmayapti. Bitkoinni harid qilish masalasiga to’xtaladigan bo’lsak, hozirgi vaqtda uni bir necha maxsus birjalar va bitkoin egalaridan (ishtirokchilardan) to’g’ridan-to’g’ri sotib olishning bir qancha usullari mavjuddir. Bu savdoda bitkoinning joriy qiymati ishtirokchilar orasida o’zaro kelishilgan xolda aniqlaniladi. Agar savdo birjalar orqali amalga oshirilgan bo’lsa, u xolda to’lovlar halqaro VISA, Master Card kartalari orqali amalga oshirilishi va bundan tashqari Webmoney, Qiwi, Perfect Money, Advcash, Payeer, Paypal hamda boshqa turdagi electron hamyonlar orqali sotib olinishi mumkin. Agarda siz 2010 yilda 0,003 kurs bo’yicha 100 dollarga bitkoin sotib olgan bo’lsangiz, bugungi kunga kelib uning qiymati 170 million dollardan oshgan bo’lar edi. Biroq bitkoin yagona kriptovalyuta emas, xozirgi vaqtda undan tashqari boshqa turdagi kriptovalyutalar ham mavjud. Quyida ular haqida bir qancha ma’lumotlar keltiramiz.
Do'stlaringiz bilan baham: |