Kichik biznesda innovatsion iqtisodiyot ko’rsatgichlari
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, XX asrning oxirida va shu asrning boshlarida insoniyat o’z rivojlanishidagi postindustrial iqtisodiyot yaratish davriga kirdi va unda asosiy o’rinni informatsion texnologiyalar, kompyuterlashtirilgan tizimlar, yuqori darajada integrallashgan moslashuvchan intellectual ishlab chiqarish texnologiyalari, 3D-texnologiyalar hamda ularga asoslangan innovatsion texnologiyalar, innovatsion tizimlar va turli xildagi faoliyat turlarini innovatsion tarzda tashkil qilish egallaydi. Postindustrial iqtisodiyotni yaratishning oxirgi
natijasi to’laqonli innovatsion iqtisodiyotning tashkil bo’lishidir va xuddi shu mamlakatimiz iqtisodiyotining asosiy strategik rivojlanish yo’nalishi bo’lishi lozim. Yangi turdagi ilmiy-amaliy bilimlar hosil qilish va ular asosida yaratilgan innovatsion texnologiyalarni davlatning ijtimoiy–iqtisodiy rivojlanishi yo’nalishida samarali ravishda ishlatish mamlakatimizning jahon xamjamiyatidagi o’rni va milliy hafsizlikning asosi hisoblanadi. Shuni ham aytish kerakki, rivojlangan davlarlarda yalpi ichki mahsulot (YIM) o’sishining 80-95%-i texnika va texnologiyalarda aks etgan bilimlarga to’g’ri keladi /3,8/. Shuning uchun ham zamonaviy innovatsion iqtisodiyotning asosiy belfilarini quyidagilardir deyishimiz mumkin bo’ladi:
Iqtisodiyotning barcha sohalarida zamonaviy information texnologiyalar va kompyuterlashtirilgan tizimlarning mavjudligi;
Rivojlangan milliy information zahiralar yaratishni ta’minlab beradigan rivojlangan zamonaviy infratuzilmaning borligi;
Jamiyat hayotining barcha sohalardagi ishlab chiqarish va boshqaruv jarayonlarini tezkorlik bilan kompyuterlashtirish va avtomatlashtirish amalga oshirilganligi;
Funktsional ko’rinishdagi turli xil innovatsiyalarni yaratish (yoki boshqa mamlakatlardan ijobiy ravishda o’zlashtirish) amalga oshirilib, ularning tezkorlik bilan amaliyotga tadbiq qilinganligi;
Elektron hukumat tizimini yaratish va mamlakatdagi barcha davlat idoralari xamda ular bilan bog’liq ma’lumotlar shaffofligini ta’minlash;
Milliy tildagi ommaviy ochiq on-line ta’lim tizimini (OOTT) yaratib, barcha bilim toliblarining hech qanday cheklovlarsiz yuqori sifatli bilim olishiga erishsh;
Jahon miqyosidagi zamonaviy innovatsion talablarga mos ravishda malakali ilmiy-texnik kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashning o’ta moslashuvchan on-line va off-line tizimlarini yaratish.
Innovatsion faoliyatning asosiy maqsadlari mahsulot ishlab chiqarish miqdori va sifatini oshirgan holda, uning tannarxini minimallashtirish va texnoligik, tashkiliy hamda insoniy zahiralarning sifatini oshirib, ularni ilg’or halqaro talablarga moslashtirishdir. Yuqori darajada samarador bo’lgan yangi innovativ texnologiyalarni hayotga tadbiq qilishda quyidagi ko’rsatgichlar eng asosiy ahamiyatga egadir:
Ishlab chiqarish va boshqaruvda qo’l mehnati ulushini iloji boricha kamaytirish va mehnat sharoitlarini yaxshilash;
Ishlab chiqarish jarajonining to’xtamasligi va stabilligini ta’minlash, ishlab chiqarish bilan bog’liq bo’lmagan vaqt yo’qotishlarini bartaraf qilish;
Mahsulot birligiga to’g’ri keladigan material sarfi, energiya sarfi va mehnat sarfini iloji boricha kamaytirish;
Ishlab chiqarishda ishlatiladigan asbob-uskuna, mexanizm va qurilmalarning samaradorligini oshirish;
Tijorat (kommertsya) asosida yaratilgan (yoki boshqa rivojlangan mamlakatlardan olib keilb qo’llanilayotgan) innovatsiyalarni boshqa turdosh korxonalarga tarqatish.
Jahon iqtisodiyotining rivojlanish yo’nalishi shuni ko’rsatadiki, to’laqonli bozor iqtisodiyoti sari yo’l olgan barcha mamlakatlardan faqatgina 10% zigina rivojlangan davlatlar maqomiga ko’tarila oladilar. Bular jumlasiga mamlakatdagi iqtisodiy, madaniy va ma’naviy siyosatni eng to’g’ri yo’lga qo’yganlar kiradi. Ulardan esa faqat 7-8 tasinigina yuqori darajada rivojlangan davlatlar sirasiga kiritish mumkin, chunki ulargina 50 ta makrotexnologiya bo’yicha birinchilikni egallab turib, ular jahon miqyosidagi ilmiy-innovatsion toifadagi mahsulotlarning 92% ni ishlab chiqaradilar. Bunda shu turga mansub mahsulotlarning 37% ni AQSH, 26% ni Yaponiya, 14% ni Germaniya va 6% ni Xitoy ishlab chiqaradi
30
/2,3,8/. Bizning mamlakatimiz ham rivojlangan davlatlar hamjamiyatiga kirish uchun bu bozorda o’ziga mos bo’lgan ulushga ega bo’lishi kerak albatta. Intellektual mulk ob’ektlariga litsenziyalar bo’yicha jahon miqyosidagi savdo hajmi yiliga 12% dan ko’payayapti. Xuddi shu vaqtda butun jahonda mahsulot
ishlab chiqarishning o’sish hajmi yiliga 2,5-3% ni tashkil qiladi. Amaliyotdan ma’lum bo’lishicha, inniovatsion sohaning (ilm-fan, texnologiyalar va bilim talab qiladigan sohalar) rivojlanish darajasi barqaror iqtisodiy o’sishning asosini yaratadi va boy hamda qashshoq mamlakatlar orasidagi o’ziga xos chegarani aniqlab beradi. Shuning uchun ham milliy innovatsion tizimlarni tashkil qilish va rivojlantirish jahon iqdisodiyoti o’sishining asosiy faktori hisoblanadi deyishimiz mumkin. Milliy innovatsion tizimlar yuqori texnologik darajadagi mahsulotlarni yaratish va ularni loyihalash, ishlab chiqarish va aholiga yetkazish, moliyalashtirish va boshqarish bilan shug’ullanadigan davlat hamda hususiy tashkilotlar jamlamasi hisoblanadi. Milliy innovatsion tizimlarning faoliyati qonuniy va normativ xujjatlar hamda turli hil ko’rsatma va normativlar orqali tashkillashtiriladi. Ilg’or fan, ta’lim tizimi va texnikadan tashqari, milliy innovatsion tizimlarning muvaffaqiyatli faoliyat ko’rsatishi quyidagi ko’rsatgichlar orqali aniqlanadi:
Yirik korporatsiyalar ko’rinishidagi raqobatbardosh tadbirkorlar sektori mavjudligi (yoki tadirkorlik sub’ektlarining chet el korporatsiyalri tarkibiga kirib olishi);
Ta’lim, ilm-fan va texnologiyalarni rivojlantirish davlat siyosatining asosiy masalasi bo’lishi hamda innovatsion o’sish va mamlakatda rivojlanish uchun eng yaxshi institutsional shart-sharoitlarning yaratilganligi;
Halqaro miqyosdagi innovatsion jarayonlarda aktiv faoliyat ko’rsatib, barcha imkoniyatlarni safarbar qilgan holda jahon miqyosidagi global innovatsion sferaga integratsiya qilinganligi (ya’ni uning ajralmas tarkibiy qismi bo’lish).
Texnologik jihatdan o’ta rivojlangan mamlakatlarda iqtisodiy o’sishning asosi korporatsiyalar bo’lib, ularda eng asosiy o’rinni ijodiy tashkilotlar (korxonalar) o’ynaydi va ular davlatning siyosiy, iqtisodiy, ilmiy, ijtimoiy va madaniy talablarini qondirish uchun kerakli bo’lgan qimmatli bilimlar va information zahiralar hosil qiladilar. Yangi ishlab chiqarish yo’lga qo’yilishida ilmiy
ma’lumotlardan keng miqyosda foydalanish uning asosiy funktsiyasi bo’lib, ishlab
chiqarishga ilmiy asos bag’ishlaydi. Yangi information texnologiyalarning rivojlanishi xo’jalik faoliyatini dunyo miqyosidagi korxonalar bilan hamkorlikda olib borish imkonini yaratadi. Xozirgi paytda iqtisodiy globalizatsiya nomi bilan mashxur bo’lgan bu faoliyat turi dunyoning deyarli barcha mamlakatlarini qamrab olgan. O’zbekistonda iqtisodiyot real sektorining innovatsion faolligi juda ham past darajada, texnologik innovatsiyalarni ishlab chiqish va amaliyotga tadbiq qilish bilan juda kam miqdordagi ilmiy va ishlab chiqarish korxonalari shug’ullanadilar. Rivojlangan mamlakatlarda esa bunday korxonalar ulushi 80- 87% ni tashkil qiladi. Mamlakatimizda mavjud innovatsion g’oya va loyihalarning juda kam qismi ishlatiladi. Misol uchun, Yaponiyada ularning 95% i ishlatilsa, AQSH da 62% i ishlatiladi. Patent olingan ixtirolarning ham faqat oz qismigina ishlatiladi holos. O’tmishda va xozirgi paytda ham O’zbekiston korxonalaridagi innovatsiyalarga bo’lgan eng ko’p xarajatlarni mashinalar va asbob-uskunalar tashkil qiladi. Xuddi shu vaqtning o’zida yangi texnologiyalar sotib olish uchun, innovatsiyalarga sarf qilinadigan mablag’larning juda oz qismigina sarf qilinadi. XXI asrdagi O’zbekistonning texnologik manzarasi o’z asosiy resurslarini strategik havfsizlikni va osoyishtalikni ta’minlashga yo’naltiruvchi mamlakat sifatida ko’rinadi. Keyingi 27 yil davomida O’zbekiston iqtisodiyoti tuzilishi ijobiy tomonga o’zgardi va uning asosiy qismlari qishloq xo’jaligi, yengil sanoat, maishiy elektronika, elektroenergetika, yonilg’i ishlab chiqarish (gaz, ko’mir, neft), avtomobilsozlik va bu bilan bog’liq butlovchi qismlar ishlab chiqarish, oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish, paxtani qayta ishlash, qora va rangli metallar bo’lib qoldi. O’zbekistonda katta ahamiyatga ega bo’lishi mumkin bo’lgan quyosh va shamol energetikasi, mikroelektronika, komp’yuter dasturlashi, paxta homashyosini mamlakatning o’zida to’laga aylantirish va uni chuqur qayta ishlash hamda ularni jahon bozorida talab qilinadigan oxirgi mahsulotlarga aylantirisjh, qishloq xo’jalik mahsulotlarini eng zamonaviy usullarda yetishtirish, saqlash, qayta ishlash va eksport qilish, teplitsa va oranjereya sharoitlarida turli xil mahsulotlar yetishtirish va ularni tashqi bozorlarga olib chiqish, kimyo va amaliy fizika kabi milliy iqtisodiyot rivojlanishi va aholining ish bilan ta’minlanishi uchun o’ta
muhim bo’lgan sohalarga esa ma’lum sabablarga ko’ra yetarlicha e’tibor berilmadi (ammo keyingi yillarga bu holat ijobiy tomonga o’zgarishi kutilmoqda). Ilmiy- texnik potentsialni samarador ishlatishga imkon beradigan, patentlar va nau- xaylarni sotib olishga imkon beradigan, informatizatsyani va intellektual ishlab chiqarish tizimlarini yaratishga imkon beradigan ishlab chiqarish quvvatlarini hamda ilmiy potentsialni korporativ tuzilmalarga birlashtirish jarayoni ham juda sust amalga oshirilayapti. Bularning barchasi birgalikda O’zbekiston eksportining asosan xom-ashyo yo’nalishiga ega bo’lishiga olib keldi. Bulardan kelib chiqqan holda, mamlakatimiz eksportining ijobiy yo’nalishda rivojlanishini sekinlashtiradigan ba’zi bir faktorlar jumlasiga quyidagilarni kiritishimiz mumkin:
Sanoat va qishloq xo’jalik mahsulotlarining raqobatbardoshligi pastligi, ilmiy izlanishlarning sustli va sifati pastligi, ko’pchilik ilmiy natijalarning amaliyotga tadbiq qilinishi talab qilinmasligi va buning uchun mablag’larning kamligi hamda eksport qilinadigan mahsulotlarni jahon andozalari asosida sertifikatsiya qilish yaxshi yo’lga qo’yilmaganligi;
Ilmiy tadqiqot muassasalari va oliy o’quv yurtlarida bajarilayotgan ilmiy ishlar amaliyot uchun emas, balki ularning ko’pchilik qismi faqatgina ilmiy darajaga ega bo’lish uchin bagarilayotganlogi;
Uzbekistonlik eksporterlarni ko’pchilik mamlakatlardagi mutahassislar bilmasligi va mamlakatimizda zamonaviy innovatsiyalardan keng miqyosda foydalanilmasligi tufayli tayyor mahsulotlarnimg sifati pastligi;
O’zbekistonda ishlab chiqariladigan mahsulotlarning marketingi yaxshi yo’lga qo’ylmaganligi yoki mamlakatimizda ishlab chiqariladigan mahsulotlarning halqaro miqyosda ko’pchilik bilmasligi;
O’zbekistonning jahon miqyosidagi investitsion reytingining xozircha ancha pastligi;
Hamdo’stlik mamlakatlaridagi va boshqa davlatlardagi aloqalar uzilib qolganligi yoki uncha yaxshi yo’lga qo’yilmaganligi;
O’zbekistonlik eksporterlarning bilimi va jahon bozorida faoliyat ko’rsatish tajribasi kamligi;
O’zbekistonni ilg’or va rivojlangan chet davlarlar darajasida rivojlantirish paradigmasining yo’qligi.
Xozirgi davrda O’zbekiston iqtisodiyotiga bo’layotgan horijiy investitsiyalar hajmining biroz ko’payishi kuzatilgani bilan, bu holatni normal va mamlakat uchun yetarli deb bo’lmaydi. Chunki O’zbekiston iqtisodiyoti bundan bir necha karra ko’proq investitsiyalar hajmiga muxtoj va loyiq. Quyidagi ma’lumotlar jahon texnologik fazosida O’zbekistonning o’rni haqida tanqidiy va mantiqiy fikrlash imkonini beradi:
O’zbekiston har bir ish bilan band odamga to’g’ri keladigan yalpi milliy mahsulot bo’yicha barcha rivojlangan mamlakatlardan ancha pastda turadi;
O’zbekiston milliy mustaqillikka erishilganiga 26 yil bo’lganiga qaramay, ilmiy natijalardan foydalanish orqali ishlab chiqilgan mahsulotlar eksporti hajmi bo’yicha rivojlanayotgan mamlakatlar darajasida turib, rivojlangan mamlakatlardan ancha pastda turadi;
Raqobatbardoshlik indeksi bo’yicha mamlakatimiz ko’pchilik rivojlanayotgan mamlakatlardan orqada bo’lib, rivojlangan mamlakatlardan juda ham orqtda qolgan;
Mamlakatimizdagi ko’pchilik yuqori va o’rta bo’gin ilmiy-texnik mutahassislari, o’rta va oily ta’lim pedagoglari hamda iqtisodchilar innovatsion iqtisodiyotni o’rganishni istamaydilar hamda mamlakatni rivojlantirish uchun juda ham zarur bo’lgan axborot texnologiyalari va chet tillarni bilmaydilar (afsuski, ularning ko’pchiligi bularni o’rganishni va bilishni istamaydilar ham);
O’zbekiston jahon eksporti tuzilmasidagi information uskunalar eksporti ulushi bo’yicha barcha rivojlangan mamlakatlardan orqada turadi.
Shuni alohida ta’kidlash kerakki, 1990 yillarning boshlariga kelib O’zbekistonda son jihatdan Evropa va Amerikaning rivojlangan mamlakatlari bilan qiyoslab bo’ladigan darajadagi juda katta ilmiy-texnik potentsial mavjud edi.
Ammo uning sifati bir qancha ob’ektiv va sub’ektiv sabablarga ko’ra biroz past bo’lib, iqtisodiyot uchun hayotiy ahamiyatga ega bo’lgan amaliy va nazariy muammolarini hal qila olmas edi. Buning asosiy sababi, ilmiy ishlar ko’pincha tanish-bilishchilik asosida hamda kar’era qilish maqsadida amalga oshirilar edi. Ilm va fanning turli xil sohalarini qamrab olgan ilmiy-texnik muammolar bilan ko’plab ilmiy tashkilotlar shug’ullanib, ularda ko’plab yuqori malakali mutahassislar asosan nazariy masalalrni bilan shug’ullanib, uning amaliyotga tadbiqi bilan astoydil qiziqmas edilar. Ammo ba’zi bir yo’nalsihlarda (shu jumladan, amaliy elektronika va fizika, kibernetika, mikroelektronika, boshqaruv, organik va noorganik kimyo, geologiya, biologiya va boshqa sohalarda) anchagina ko’p miqdordagi ilmiy-texnik xodimlarning malakalari va bilim darajalari rivojlangan mamlakatlar darajasida bo’lgan edi. Ammo bu qimmatli insoniy potentsial ilmiy ishlanmalarni hayotga tadbiq etish uchun mablag’lar yetishmasligi va boshqa mamlakatlar bilan ilmiy-texnik aloqalar uzilib qolganligi tufayli o’z kuchini ko’rsata olmadi va asta-sekin susayib qo’ldi. Taqqoslash va tanqidiy mulohaza uchun statistik ma’lumot taqdim etish maqsadida quyida asosiy rivojlangan mamlakatlar milliy iqtisodiyotlarining ilmiy ishlanmalarni hayotga joriy qilish jihatidan qiyosiy holati keltiriladi (bu yerda YMD – yalpi milliy daromad):
№
|
Mamlakat
|
YMD,
мlрd. doll.
|
Bitta band inson uchun YMD,
ming doll.
|
Ilmiy-texnik izlanishlar uchun YMD ulushi, % larda
|
Mahsulot eksportidagi ilmiy izlanishlar talab qilgan mahsulotlar ulushi, % larda
|
Jahon eksportida informatsion uskunalarning ulushi, % larda
|
1
|
AQSH
|
9875
|
73,1
|
2,64
|
28,2
|
16,3
|
2
|
Xitoy
|
5135
|
7,2
|
1,00
|
16,7
|
4,6
|
3
|
Yaponiya
|
3425
|
56,0
|
3,04
|
26,3
|
11,5
|
4
|
Xindiston
|
–
|
4,9
|
–
|
3,2
|
–
|
5
|
Germaniya
|
–
|
56,0
|
2,44
|
15,3
|
4,8
|
6
|
Frantsiya
|
–
|
56,5
|
2,17
|
19,4
|
3,4
|
7
|
Buyuk Britaniya
|
–
|
54,5
|
1,87
|
26,2
|
5,3
|
8
|
Italiya
|
1410
|
56,5
|
1,04
|
7,9
|
1,1
|
9
|
Rossiya
|
1185
|
18,0
|
1,01
|
3,1
|
0,2
|
10
|
Kanada
|
–
|
60,0
|
–
|
–
|
2,2
|
Mamlakatimizda esa bir tomondan, sanoat mahsulotlarining raqobatbardoshligini ko’tarishga stimullar yo’qligi sababli, ikkinchi tomondan intellectual mehnatga nisbatan yondoshuv moddiy va ma’naviy jihatdan salbiy tomonga o’zgarganligi tufayli ko’pchilik ilmiy xodimlarning tadbirkorlik sohasini tanlaganliklari va uchinchi tomondan, tadbirkorlar sinfi va ishlab chiqarish korxonalari yangi sharoitlarda yangicha ishlashga o’tishni istamaganliklari (yoki eplayolmaganlari) uchun ilmiy-texnik izlanishlar miqyosi asta-sekin va muttasil pasayib bordi. Shuning uchun davlatimizning xozirgi davrdagi eng dolzarb vazifalaridan biri – mavjud ilmiy-texnik mutahassislarni jalb qilgan holda innovatsiyalarga katta ahamiyat berish va bu sohadagi bajarilishi lozim bo’lgan ishlarni davlat ahamiyatiga molik masalalar qatorida ko’rgan holda, uning tez sur’atlar bilan rivojlanishiga yetarli bo’lgan mablag’larni ajratish, yoshlarni innovatsion kelajakka sobitqadamlik bilan tayyorlash, boshlang’ich, o’rta va oily ta’lim tizimlarini tubdan yaxshilash (zamonaviy bilimdon boshqaruvchi kadrlar, yetarli o’quv qurollari va sifatli darsliklar, malakali pedagoglar, zamonaviy ilmiy- texnik qo’llanmalar tayyorlash ma’nosida), ta’lim olishga eng layoqatli yoshlarni jalb qilish, xozirfi paytda amalda bo’lgan davlat test topshirish tizimini tubdan yaxshilab, faqatgina bilimdon, layoqatli va intiluvchan yoshlarnigina oily ta’lim muassalariga joylashishiga imkon yaratish, chet ellarning turli xil ilmiy tashkilotlarida va yetakchi firmalarida bilimdion yoshlarning bilim olishiga va malaka oshirishiga keng imkoniyatlar yaratish, ilmiy-texnik xodimlarning jamiyatdagi moddiy va ma’naviy mavqeini ko’tarish uchun kerakli bo’lgan chora- tadbirlar majmuasini ishlab chiqish va ularni og’ishmay hayotga tadbiq qilish, turli
sohadagi mutahasislarning axborot texnologiyalari dasturiy-texnik vositalarini atroflicha o’rganishiga erishish hamda chet tillarni, ayniqsa, halqaro ma’lumot almashinish vositasi bo’lib qolgan ingliz tilini o’rganishga alohida e’tibor berishdir. Shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, bu dolzarb vazifalarni amalga oshirmaslik, mas’uliyatsizlik, kechikishlik yoki bunda sustkashlik qilish davlatimizning, qolaversa millatimizning kelajagi uchun katta va tuzatib bo’lmas strategik havf-xatar tug’diradi.
Keyingi yillarda O’zbekiston davlati tomonidan fan va texnologiyaning hamohanglikda rivojlanishini yaxshilash, innovatsion faoliyatni moliyalashtirish hamda ilm-fan va ishlab chiqarish orasidagi aloqalarni kengaytirish bo’yicha bir qancha chora-tadbirlar ko’rilgan, iqtisodiyot tarmoqlarini modernizatsiya qilish bo’yicha davlat dasturlari qabul qilingan hamda ishlab chiqarishni lokalizatsiya qilish dasturlari amalga oshirilgan. Shu jumladan, fan va texnika davlat qo’mitasi qayta tuzilgan, texnologiyalar transferi markazlari institutsional jihatdan mustahqamlangan, har yili halqaro ishlab chiqarish yarmarkalari tashkil qilinayapti, 2008 yildan boshlab esa innovatsion g’oyalar respublika yarmarkasi o’tkazilayapti. Ammo shularga qaramasdan, respublikadagi innovatsion faoliyat quyida keltiriladigan bir qancha muammolar tufayli mavjud imkoniyatlarga nisbatan ancha past darajada deyish mumkin. Buning uchun eng avvalo dunyo bo’yicha innovatsion faoliyat rivojlanishining ko’rsatgichlarini quyidagi qiyosiy jadval ko’rimishida foizlarda keltiramiz (2012 yigli ma’lumotlarga asosan):
Ko’rsatgich
|
O’zbekiston
|
Rossiya
|
Germaniya
|
Belgiya
|
Portugaliya
|
Lyuksembur
g
|
Irlandiya
|
Frantsiya
|
Ispaniya
|
Norvegiya
|
Niderlandiya
|
Italiya
|
Finlyandiya
|
Texnoligik innovatsiyalarni amalga oshirayotgan tashkilotlar soning mamlakatdagi
barcha
|
0,1
|
7,9
|
63,8
|
47,9
|
50,1
|
46,0
|
44,9
|
35,0
|
31,9
|
39,6
|
35,0
|
40,1
|
46,8
|
tashkilotlar
umumiy soniga nisbati
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
|
Do'stlaringiz bilan baham: |