Kichik biznes va tadbirkorlikdagi innovatsion rivojlanishning asosiy yo’nalishlari
Bizda ko’pchilik kichik biznes va tadbirkorlik sohasiga mansub insonlar “innovatsion iqtisodiyot” nima ekanligini yaxshi tushunmaydilar, ammo rivojlangan g’arb va sharq davlatlarida buni har bir ilmiy-texnik xodim ta’lim muassasalarida o’qitiladigan iqtisodiyot fanlaridan juda yaxshi biladilar. Bizdagi oliy ta’lim olgan va ilm-texnikadan biroz xabardor bo’lgan ko’pchilik mutahassislar innovatsion iqtisodiyotni barchaning novator (yangilik kirituvchi) bo’lishi deb tushunishadi. Ammo dunyo miqyosidagi ta’lim muassasalarida innovatsion iqtisodiyot o’ziga xos ma’noda va ma’lum bir fan sifatida o’rganiladi. Innovatsion iqtisodiyotning boshqa mahsus dunyoviy fanlardan asosiy farqi shundaki, unda halqaro miqyosdagi ilg’or texnologiyalar bozori va bu bozorda samarador faoliyat ko’rsatish usullari o’rgatiladi. Texnologiyalar va shu bilan birgalikda intellectual mulkka egalik qilish huquqi – xuddi shular barcha ishlab chiqarish korxonalari uchun investitsion jarayonning asosidir. Boshqacha qilib aytganda, tadbirkor, misol sifatida kiyim-kechak ishlab chiqarmoqchi bo’lsa, u o’z faoliyatini birinchi navbatda mavjud zamonaviy texnologiyarni o’rganish va ulardan eng yaxshisini tanlab, sotib olishdan boshlashi lozim. Bizda esa agar tadbirkor kiyim-kechak ishlab chiqarmoqchi bo’lsa, u ishni jahondagi ilg’or texnologiyalarni shu sohadagi ilmiy-texnik xodimlarni jalb qilgan holda qiyosiy o’rganmasdan turib, tayyor uskunalar sotib olishdan boshlaydi. U mavjud texnologiyalarni yaxshi o’rganmagani tufayli, ko’pincha bu uskuna eski, hisobdan chiqarilgan yoki ma’naviy jihatdan eskirgan bo’lib chiqadi. Shu sababli, endi u hech qachon boshqa mamlakatlardagi tadbirkorlar bilan raqobat qila olmaydi va o’z mahsulotlarini chet mamlakatlarga chiqarishga imkon topa olmaydi yoki chiqara olsa ham, texnologiya eski bo’lgani tufayli, katta foyda ola olmaydi va raqobatga dosh bera olmay, ishi kasodga uchrashi mumkin. Bilimlarga asoslangan innovatsion iqtisodiyot esa intellectual mulk bozoriga (texnologiyalarga bo’lgan
huquqlar bozoriga) nisbatan ko’rib chiqilsa, butunlay boshqa rivojlanish mantiqiga ega bo’ladi. Endi bu kimdir tomonidan mukammallashtirilgan zamonaviy stanok yoki asbob-uskunalar emas, balki shu sohadagi professional fan va texnika arboblari tomonidan chuqur firklab yaratilgan texnologik jarayondir. Shundan so’nggina yaratilgan tajribaviy texnologiya investorlarga sotiladi va ular sinov tariqasidagi ishlab chiqarish jarayonini boshlaydilar. Agarda shu holda tajriba sifatida ishlab chiqarilgan mahsulot sufati jahon miqyosidagi talablarga javob bersagina, stanoklar texnologiya bilan birgalikda sotib olinadi. Bizda esa oqibatini chuqur o’ylamasdan va tegishi ilmiy-texnik izlanishlar qilmasdan turib, tavakkaliga stanok va uskunalar sotib olinib, ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish keng tarqalgan. Innovatsion jarayon natijasida tashkil qilinadigan zamonaviy sanoat bizning xozirgi davrdagi zanoatdan tubdan farq qiladi. Juda katta korxonalar va bir xil yumush bilan band bo’lgan industrial shaxarlar zamonaviy innovatsion iqtisodiyot uchun kerak emas. Zamonaviy texnologiyalar asosida yaratilgan, avtomatik uskunalar, komp’yuterlar va robotlar bilan jihozlangan innovation korxonalar butun boshli shahar aholisi bajaradigan ishni bajarib, undan ko’ra ancha ko’proq raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqara oladi. Bunday zamonaviy texnologiyalar ihcham, tejamkor, deyarli inson ishtirokisiz faoliyat ko’rsatadi va barcha ekologik talablarga javob bera oladi. Misol sifatida, Buyuk Britaniya, Yaponiya va Germaniya 25-30 yillar oldin bunday texnologiyalarga o’tib olganlar va moslashuvchan intellectual avtomatik tizimlar asosida xozirgacha ham raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni davom ettirayaptilar. Ammo O’zbekistonda innovatsion iqtisodiyotga o’tish juda ko’pchilik katta mol-mulk egalarining katta miqdorda mablag’lar ishlatishi kerakligiga olib keladi va xuddi shuning uchun ham ular bu ishga kirishishni istamaydilar. Ularning korxonalari xozirgi paytda keltirayotgan daromadi ularni juda ham qanoatlantirgani uchun (chunki ular juda kam ish xaqqi to’lash hisobiga yuzlab insonlarni o’zlari uchun ishlatishga ko’nikib qolganlar) innovatsiyalar talab qiladigan qo’shimcha pul sarf qilishni o’zlari uchun ortiqcha tashvish deb hisoblaydilar. Xuddi shuning uchun ham juda ko’p katta korxonalarning egalari istamaganlari tufayli innovatsion
iqtisodiyot ularga kerak emas. Agar respublika miqyosida innovatsion yo’lga o’tish boshlansa, innovatsiyalarni istamaydigan korxona egalari bo’lgan katta mulkdorlarning o’z mulklarini darhol sotib yuborishdan yoki ilm-fan bilan hamkorlik qilib, innovatsion o’zgarishlar qilishdan o’zga choralari qolmaydi, chunki aks holda ular bankrot bo’lib, barcha mulklaridan va pullaridan ham ajraydilar. Bunday transformatsiya (tizimli o’zgarishlar) oqibatida yirik mulkdorlar sinfi innovatsion iqtisodiyot amal qilishi tufayli tez sur’atlar bilan rivojlanadigan ilm-fan sohasida paydo bo’ladi (chunki ular turli xil texnologiyalarni ishlab chiqaradilar, sotadilar va unga hizmat ko’rsatishlari tufayli pul topadilar), mamlakatda esa texnologiyalar yaratish va unga hizmat ko’rsatish yo’nalishidagi ilmiy-texnik muammolar bilan shug’ullanadigan tashkilotlar soni taxminan 15-20 martagacha ko’payishi mumkin. Chunki barcha halqaro va ichki bozorda muvaffaqiyat qozonmoqchi bo’lgan tadbirkor va mulkdorlar ular orqali yoki ulardan zamonaviy texnologiyalarni sotib oladilar hamda ularning hizmatlaridan foydalanadilar. Shuning uchun ham intellectual mulkka va bilimli ilmiy-texnik xodimlarga bo’lgan talab keskin ko’payadi.
Texnologiyalar tranferi bo’yicha ahvolini yaxshilash uchun bir qancha chora- tadbirlar ko’rilishi mumkin. Masalan, katta horijiy kompaniyalar (transmilliy korporatsiyalar) bilan investitsion shartnomalar tuzishda ularga mahalliy kadrlar tayyorlab berish sharti bilan O’zbekistonda qo’shma yoki horijiy ilmiy-tekshirish marqazi (yoki bo’limi) tashkil qilish hamda mamlakat korxonalarida ilmiy izlanishlar natijalarini aprobatsiya qilishni ko’zda tutadigan bandlarni kiritish mumkin. Respublika viloyatlarining iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash va u yerlardagi aholining ilmiy-texnik darajasini ko’tarish uchun chekka xududlarda yangi texnologiyalar asosida ish joylari tashkil etgan horijiy firmalarga 3-4 yillk muddatga soliqdan ozod qilsh siyosatini yurgazish mumkin. Patetnlashtirilgan texnologiyalarni transfer qilgan va ishlab chiqarish “nay-xay” lariga ega bo’lgan bevosita horijiy investitsiyalarni amalga oshirgan kompaniyalarni ishlab chiqarishni yo’lga qo’yish va mahsulot ishlab chiqarishni boshlash sharti bilan 50% li miqdorda soliqdan ozod qilish investitsiyalarga bo’lgan qiziqishni oshirar
edi. Texnologiyalar transferi sohasiga hizmat ko’rsatish bilan shug’ullanadigan nodavlat va notijorat tashkilotlarining faoliyatidan olinadigan daromadga ham tegishli normativ-huquqiy baza asosida soliq afzalliklari berish ijobiy natija berar edi. Umuman, yaqin bir necha yillar ichida mamlakat iqtisodiyotida innovatsion jarayonni samarali rivojlantirish uchun imkoniyat darajasida rivojlangan mamlakatlarning ilmiy-texnik va ishlab chiqarish texnologik imkoniyatlaridan foydalanish maqsadga muvofiq bo’lar edi. Bu ish yuqori samarali yangi texnologiyalarga litsenziyalar sotib olish va ularni O’zbekistonlik olimlar va injener-texnik xodimlar yordamida ishlab chiqarishga tadbiq qilish va bozorlarga chiqarish orqali ham amalga oshirilishi mumkin.
Ommaviy axborot vositalarida innovatsiyalarning tashviqoti keng aholi ommasining ijodiy faolligini oshiradi hamda yangicha firklaydigan insonlarni va ijod qilishga undaydigan yangihca hayot tarzini vujudga keltiradi. Shuning uchun ham innovatsiyalarning ijtimoiy-siyosiy ahamiyatini keng tashviqot qilish davlat information siyosatining asosiy masalalaridan biri bo’lishi lozim. Bu muammoni hal qilish jamiyat a’zolarida mamlakatning innovatsion rivojlanishiga nisbatan katta qiziqish va ijobiy yondoshuv uyg’otadi. Buning uchun esa aholi hayoti sifatini oshirish va uning moddiy ta’minlanishini yaxshilash uchun innovatsiyalar hayotiy muhimligini televidenie, radio, oynoma, kunnoma va mobil electron nashrlarda hamda turli anjumanlarda batafsil tushuntirish zarur bo’ladi. Ommaviy axborot vositalarida ilmiy, texnik va boshqaruv bo’g’ini xodimlarining, innovatsion korxona va tashkilotlar namoyondalarining chiqishlarini tashkil qilish, ilmiy-amaliy konferentsiyalar o’tkazish, ijtimoiy-tematik reklamalar tarqatish, internet saytlari yaratish, mamlakat innovatsion siyosatini tushuntiruvchi va tashviqot qiluvchi xujjatli va badiiy filmlar yaratish kabilarni shu tadbirlar jumlasiga kiritish mumkin.
Innovatsiyalarni yaratish, tarqatish va hayotga tadbiq qilish uchun iqtisodiyotning turli sektorlarida ijobiy ishchanlik muhitini hosil qilish juda muhimdir. Buning uchun mamlakatda biznes yuritish qulay bo’lishi va iqtisodiyot shaffof hamda raqobatbardosh bo’lishi talab etiladi. Shu jumladan, O’zbekistonda
innovatsion o’zgarishlarni jadallashtirish uchun eksport-import operatsiyalariga, soliqqa tortishga oid qonunlarga va valuta bilan ishlash bo’yicha tartib-qoidalarga tegishli o’zgartirishlar qilish maqsadga muvovif bo’lar edi.
Halqaro savdo uchun yaxshi sharoitlar yaratilishi nafaqat mamlakatdagi biznes muhitini yaxshilash, balki boshqa mamlakatlardan texnologiyalar transferi va zamonaviy bilimlar tarqalishi uchun ham o’ta muhimdir. Masalan, innovatsiyalarni joriy qilayotgan yoki qilgan davlatga tegishli va hususiy korxonalarni mahsulot eksport qilishdan tushgan valyuta tushumlarining barchasini majburiy tarzda davlatga sotishdan ozod qilish O’zbekiston iqtisodiyotining yuqori texnologiyali sektorlarini rivojlantirishga imkon berar edi. Undan tashqari, eksport va import operatsiyalarini amalga oshirish jarayonini soddalshtirish, uning muddatlarini qisqartirish va bojxona jarayonlarini osonlashtirish tashqi savdo uchun shart-sharoitlarni yaxshilashga hizmat qilgan bo’lar edi. Keyingi yillarda taqdim etilgan soliq afzalliklari asosan kichik biznes va tadbirkorlikni rivojlantirish uchun yo’naltirilgan, ammo kichik korxonalar innovatsion yangiliklarni yaratish, tarqatish va amaliyotga tadbiq qilish uchun yetarli bo’lgan resurslarga ega emas. Shuning uchun ham soliqqa tortish tizimini innovatsion nuqtai-nazardan optimallashtirish va innovatsiyalar bilan shug’ullanadigan korxona va tashkilotlar uchun turli ko’rinishlardagi soliq afzalliklari berish tizimini ishlab chiqish zamona talabi hisoblanadi. Innovatsion afzalliklardan yana biri – mamlakat uchun iqtisodiyotning eng muhim va dolzarb yo’nalishlarda innovatsiyalar joriy qilayotgan korxona va tashkilotlarga banklar tomonidan foizsiz, ammo kelajakda olinadigan foydaga sheriklik qilish (PLS) ni ko’zda tutadigan mahsus kreditlar berish mexanizmini ishlab chiqish bo’lishi ham mumkin. Xozirgi paytda respublikada innovatsion siyosatni milliy darajada kompleks ravishda muvofialashtiradigan bir maxsus davlat organi yo’q. Ammo innovatsion o’zgarishlarni amalga oshirayotgan ko’pchilik mamlakatlarda bunday organlar mavjud. Innovatsion faoliyat yo’nalishidagi yangi qonunlar innovativ faoliyat bilan shug’ullanadigan sub’ektlarning o’zaro muloqotini huquqiy jihatdan boshqara olishi, intellectual mulk ob’ektlarining yaratilishini, moliyalashtirilishini,
rag’batlantirilishi, bajarilishini, transferini va tarqatilishining huquqiy asoslarini aniq va ravshan ko’satib berishi lozim. Bu boradagi asosiy masalalardan biri, davlat byudjeti hisobiga yaratilgan intellectual faoliyat natijalariga egalik qilish masalasini hal qilishdir. Chunki xozirgi paytda davlat byudjeti hisobiga faoliyat ko’rsatadigan ilmiy-tekshirish tashkilotlarida yaratilgan intellektual faoliyat natijalariga (patent, litsenziya va boshqalarga) mulkdor sifatida o’sha tashkilot ko’rsatiladi – bu esa huquqiy jihatdan qarama-qarshilikka olib keladi. Shuning uchun ham davlat istalgan paytda bu natijalarga bo’lgan o’z huquqini talab qilishi mumkin, bu esa innovatsion investitsyalar jarayoning yaratuvchilari va ularning bajaruvchilari (ixtirochilar, ratsionalizatorlar, injener-texnik xodimlar, olimlar va boshqalar) bo’lgan konkret insonlar uchun qiyinchiliklar tug’diradi (ular o’zlari yaratgan intellectual mulkdan moddiy manfaatdor bo’lish imkoniyatidan mahrum bo’lib qolishlari mumkin). Bularni hisobga olgan holda intellektual mulkka bo’lgan huquqlarni himoyalash va taqsimlash bo’yicha amaldagi qonunlarni qayta ko’rib chiqish va ularni tijoriy foydalanish nuqtai-nazaridan rivojlantirish hayotiy va samarador innovatsion tizim yaratishning fundamental masalalaridir.
Rivojlangan mamlakatlardagi innovatsion sohaga oid masalalar ko’rib chiqilganda, ular uchun umumiy bo’lgan bir holatni kuzatish mumkin – ya’ni ularning ko’pchiligida davlat byudjetidan moliyalashtiriladigan ilmiy tashkilotlar va universitetlar o’z faoliyatlari natijasida yaratgan ilmiy-texnologik yechimlarga o’zlari egalik qiladilar (ya’ni undan o’zlari moddiy manfa’at olish huquqiga ega bo’ladilar). Bu esa intellectual mulkning amaliyotga tadbiqini tezlashtirishga olib kelgan hamda texnologiyalar transferini tezlashtirgan. Shuning bilan bir qatorda, davlat tasarrufidagi ilmiy-texnologik ishlanmalarga bo’lgan huquqni davlat- hususiy (aralash) va hususiy korxonalarga berish ham innovativ yangiliklarning iqtisodiyotga tadbiqini va tijoriy ishlatilishini tezlashtirishi kuzatilgan. Bunday muammolarni hal qilish uchun Vazirlar Mahkamasining “Respublika yoki viloyat byudjetlari mablag’lari hisobiga yaratilgan intellectual mulk ob’ektlarning hisobi, huquqiy inventarizatsiyasi va ishlatilishi haqida” gi ko’rsatmasini ishlab chiqish va tasdiqlash talab qilinadi.
Yana shuni ham aytishimiz lozimki, innovatsion texnologiyalar bozorida faoliyat ko’rsatilganida ba’zi tushunarsiz holatlarga ham duch kelish mumkin. Masalan, zamonaviy Evropa sanoat texnologiyasi qiymati taxminan 100 milliondan 1 mlrd dollargacha bo’lsa, uni ishlatish huquqini sotib olish 100 mln dollar atrofida turadi. Bular biz uchun tushunarsiz bir holat, chunki qandaydir qog’ozlarni yoki texnologiya yozilgan disklarni millionlab dollarlarga sotib olish bizning mamlakatimizda juda ham g’ayritabiiy operatsia hisoblanadi. Buni bojxona xodimlari ham, soliq hizmati xodimlari ham, buxgalteriya ham tushuna olmaydi. Demak, bizning dunyoqarashimiz va iqtisodiyotimiz intellectual mulk ko’rinishidagi zamonaviy texnologiyalarni hazm qilishga hali moslashmagan, deyishimiz ham mumkin. Shunday qilib, xozirgi davrda O’zbekiston va rivojlangan mamlakatlar iqtisodiyotlarida shunga o’xshash farqlar hamda tushunmovchiliklar borligini ta’kidlashimiz mumkin. Nafsilambirini aytganda, zamonaviy bilimlarga asoslangan innovatsion iqtisodiyotda hech qanday tushunarsiz holat yoki qandaydir aldam-qaldam yo’q, ammo biz bunga siyosiy jihatdan tayyor emasmiz, chunki bu iqtisodiyot yuqorida ko’rsatib o’tganimizdek, taxminan 90% mulkdorlar almashinishini talab qiladi va ular buni juda yaxshi tushunib, iqtisodiyotga innovatsion yangiliklar kiritilishiga jiddiy qarshilik ko’rsatadilar. Ular o’zlari unchalik yaxshi tushunmaydigan va ilm-texnikaga hamda zamonaviy bilimlarga asoslangan iqtisodiyotda yaxshi mulkdor bo’lishlariga ko’zlari yetmaydi, ammo almisoqdan qolgan zavod va fabrikalari ularga kafolatlangan daromad berib turadi. Shuning uchun bizdagi mulkdorlar rivojlangan mamlakatlardagi huddi shunday korxonalar ularnikidan 40-50 barobar samaradorroq ekanligini bilib turgan holda ham texnologik innovatsiyalarga tish- tirnoqlari bilan qarshi turadilar. Bu esa barcha innovatsion o’zgarishlar siyosiy o’zgarishlarsiz amalga oshishi mumkin emasligini ko’rsatadi, chunki bu oddiy miqdoriy o’zgarishlar emas, balki iqtisodiyot hamda ijtimoiy hayotdagi butunlay yangi sifat o’zgarishlariga o’tishdir. Ammo bu islohotlarni asta-sekin qilib bo’lmaydi, buning uchun kichik vaqt oralig’ida katta innovatsion sakrash bo’lishi lozim va bu sakrashni amalga oshirish juda qiyin bo’ladi. Mamlakatimiz kelajagi
uchun hayotiy muhim bo’lgan bunday innovatsion texnologik o’zgarishlarni ko’pchilik tushunmaydi, ittifoqchilar xozircha faqatgina kichik va o’rta biznez mutasaddilari, davlat idoralaridagi bilimli amaldorlar hamda malakali ilmiy-texnik xodimlar bo’lishi mumkin. Shu sababli, ular ko’magida barhca ishlar boshlanishi va ommaviy axborot vositalari orqali innovatsion o’zgarishlarning (kerak bo’lsa, innovastion ilmiy-texnik revolyutsiyaning) ahamiyatini keng aholi ommasiga, ayniqsa mulkdorlarga, amaldorlarga, tadbirkorlarga va ilmiy-texnik xodimlarga atroflicha tushuntirish kerak bo’ladi. Innovatsion iqtisodiyotga o’tish mamlakatning butunligini, millarlararo totuvlik asosini va O’zbekistoning xududiy birligining saqlanishi uchun hayotiy zarur tadbirdir. Ammo yaqin va uzoq xorijdagi bir qancha rivojlangan (va rivojlanmagan) davlatlar bunga qarshi bo’lib, bu jarayonga imkoniyat boricha xalaqit berishga urinadilar, chunki ular uchun O’zbekiston kuchli raqobatchi bo’lishi kerak emas, balki mamlakatimiz ular uchun kerakli bo’lgan ba’zi turlardagi homashylaroning doimiy va yirik yetkazuvchisi bo’lgani ma’qul. Bilimlarga asoslangan innovatsion iqtisodiyot biz uchun halqning ijodiy potentsialini mamlakat manfaatlari yo’lida ishlatishning bir yagona tarixiy imkoniyatidir. Buni ham potentsial raqobatchilarimiz istamaydilar va bizga qarshi turli xil – siyosiy, iqtisodiy, mafkuraviy choralar ko’ra boshlaydilar. Chet davlatlar ekspertlari nazarida O’zbekiston homashyo tayyorlashga mutahassislashgan mamlakat va dunyoviy mehnat bo’linishda uning o’rni faqatgina homashyo tayyorlash bilangina aniqlanadi – demak, ular nazarida bizning mamlakat uchun innovatsion qonunlar va bu bilan bog’liq bo’lgan chora-tadbirlar ishlab chiqish hamda innovatsion rivojlanish yo’li maqsadga muvofiq emas. Bizning halqimizga nisbatan bunday past nazar bilan mensimasdan qarashdan qatiyan qutulish va innovatsion rivojlanishning magistral yo’liga tushib olish uchun xuddi shu ular istamaydigan qonunlarni qabul qilish, chora-tadbirlar ko’rish va ularni hayotga sobitqadamlik bilan joriy qilish lozim. Yana shuni ham alohida ta’kidlash kerakki, bizda rivojlangan mamlakatlardan farqli o’laroq, “informatsiya” iqtisodiy aylanma predmeti ham, mulkchilik predmeti ham emas. Bizda qog’oz mulk, ammo unda yozilgan ma’lumotlar mulk emas. Masalan, biror bir muallif qandaydor ilmiy,
amaliy yoki texnika faniga oid kitob yoki qo’llanma (yohud maqola, darslik, uslubiy qo’llanma, elektron darslik, monografiya, internetga joylashtirilgan elektron qo’llanma, komp’yuter uchun yangi foydali dastur va boshqalar) yozsa, uni nashr qilish uchun millionlab pul sarflanadi, ammo muallif uchun qalam xaqqi juda kam darajada bo’ladi yoki umuman bo’lmaydi. Bu holat esa muallifning keyingi ilmiy ishlar qilishiga va kitoblar yozishiga ma’naviy va moddiy jihatdan hech qanday imkon qoldirmaydi – endi u bunday ishlarni xo’jako’rsingagina yuzaki va sayoz ravishda qila boshlaydi. Rivojlangan mamlakatlarda esa qog’oz ham, unda yozilgan ma’lumotlar ham mulk hisoblanadi va u qandaydir moddiy yoki ma’naviy ko’rinishda taqdirlanadi. Innovatsiya sohasida amalga oshiriladigan barcha tadbirlar ham turli hil va ko’rinishdagi ma’lumotlar (informatsiya) bilan tugallanadi. Ammo bu ma’lumotlar, yuqorida aytganimizdek, mulk emas, shuning uchun ularni qonunni buzmasdan turib istalgan insonga sotish mumkin. Chet el fondlari va bunday ishlarga mutahassislashgan tashkilotlar bu ma’lumotlarni juda arzon narxlarda sotib olib, ular asosida o’z mamlakatlarida patentlar va texnologiyalarga huquqlar oladilar. Endi ushbu patent va texnologiyalar innovatsion iqtisodiyot ishlayotgan mamlakatlarniki bo’ladi-qoladi. Misol: siz internetga kirib, o’z g’oyalaringizni biror bir chet el fondiga 10 dollardan sotishingiz mumkin. Ular shunday g’oyalarning 1000 tasidan bittasini tanlab, unga patent olib va uni sotib, bir necha million dollar foyda olishlari mumkin. Afsuski siz buni bilmaysiz ham, mamlakatingiz esa endi sizning g’oyangizni patent yoki texnologiya ko’rinishida ulardan sotib olishiga to’g’ri keladi. Xozirgi davrda O’zbekistonda ilmiy-texnik g’oyalar iqtisodiy aylanma predmeti emas, shuning uchun ham hech kim bunday g’oyalar bilan qiziqmaydi va ulardan foydalanishni o’ylamaydi ham.
O’zbekiston jahon iqtisodiy inqirozini o’z iqtisodiyotini tubdan tizimli o’zgartirish va innovatsion iqtisodiyot yaratish uchun bir ajoyib imkoniyat sifatida ishlatishi zarur. Bu inqiroz tufayli turli rivovlangan mamlakatlardagi qiyin ahvolga tushib qolgan yuqori texnologiya yaratadigan firmalar va kompaniyalarni O’zbekistonga kelishiga (yoki bizda filiallar tashkil qilishiga) sharoitlar yaratish va
ularning ishlab chiqarich quvvatlarini mamlakatimizda joylashtirish katta ilmiy, iqtisodiy va ma’naviy foyda keltirib, mamlakatimiz ilmiy-amaliy potentsalining yuksalishiga olib kelgan bo’lar edi. Iqtisodiyotni milliy qadriyatlarga yo’naltirilish chora-tadbirlari mamlakatimizdagi siyosiy va katta mulkdor sifatidagi elitalarni ham bunga moslashishga yoki ularning tubdan yangilanishiga olib keladi. Innovatsion iqtisodiyot tadbirlarini amalga oshirish tufayli biz O’bekiston fuqarolarining ijodiy faolligini va original ilmiy-texnik g’oyalarini qat’iy nazorat ostiga olishimiz mumkin. Xozirgi paytda esa mamlakatimizning ko’pchlik ijodiy, bilimli, farosatli va o’qimishli fuqarolari turli mamalakatlarda ishlaydilar, ammo bundan O’zbekiston hech qanday innovatsion-texnologik naf ko’rmaydi.
Bilimlarga asoslangan innovatsion iqtisodiyot yo’liga o’tish chora-tadbirlarida ommaviy axborot vositalarining roli ham juda muhim. Xozirgi paytda radio, televidenie, oynoma va kunnomalar, internet nashrlari o’z diqqat-e’tiborini ko’proq o’yin-kulgi, yengil hayot tarsi, sport, turli hildagi musiqa va chet el kinoko’rsatuvlariga o’xshash yo’nalishlarga qaratgan. Mamlakatdagi eng asosiy xurmatga sazovor insonlarni madaniyat va san’at arboblari sifatida halq ommasi ongiga singdirish tendentsiyasi ko’p yillardan beri davom etib kelayotgani uchun, aksariyat yoshlar orasida ilm-fanda va zamonaviy chuqur bilimlar olishga bo’lgan intilish tobora susayib bormoqda. Bu esa respublikaning innovatsion yo’ldan rivojlanishiga o’ziga xos jiddiy to’sqinlik bo’lib hisoblanadi. Demak, respublikada bilimlarga asoslangan iqtisodiyotni yo’lga qo’yish hamda uni jadallashtirish uchun barcha ommaviy axborot vositalarida va jamiyatda ilm-fan xodimlari, ixtirochilar, professor-o’qituvchilarning ilmiy ishlari natijalarini ommabop va tushunarli holda namoyish qilish va ilmiy izlanishlarning natijalarini muntazam ravisha e’lon qilish va bu sohada ishlayotganlarning jamiyatdagi moddiy va ma’naviy nufuzini hamda obru-e’tiborini keskin oshirish zarur.
Quyida “Prognozlashtirish va makroiqtisodiy iimiy izlanishlar instituti” hamda Birlashgan Millatlar tashkiloti rivojlanish dasturi tomonidan tavsiya etilgan innovatsion ilmiy-amaliy yo’nalishdagi asosiy takliflarning qisqacha tavsifi va ma’no-mohiyati biz tomonimizdan tahrirlangan xolda keltiriladi. Bu hujjatda
ta’kidlanishicha, zamonaviy milliy innovatsion tizim tashkiliy, huquqiy, tizimli va funktsional tarkibiy qismlar yig’indisi bo’lib, ular birgalikda mamlakatdagi innovatsion faoliyatning rivojlanishini ta’minlab beradilar. O’zbekiston milliy innovatsion tizimi ham innovatsion faoliyatni amalga oshirish uchun kerakli bo’lgan barcha asosiy elementlarga ega (quyida qayd etilgan raqamlar va ko’rsatgichlar yuqorida nomi ko’rsatilgan xujjatdan olingan). Xozirgi paytda Respublakada ilmiy izlanishlar bilan mashg’ul bo’lgan 400 dan ortiq tashkilotlar bo’lib, ular jumlasiga ilmiy tekshirish institutlari, oliy ta’lim muassasalari, tajriba konstruktorlik tashkilotlari, ilmiy ishlab chiqarish korxonalari va kichik innovatsion markazlar kiradi. O’zbekistonning ilmiy potentsiali 36 ming dan ortiq bo’lib, ulardan 2549 tasi fan doktori, 9254 tasi fan nomzodi va 15,7 mingdan ortig’i ilmiy izlanuvchilardir. Ilmiy izlanishlar fanlar Akademiyasining 45 ta ilmiy- tekshiruv institutlarida, 36 ta oliy ta’lim muassasalarida, sog’likni saqlash Vazirligining 34 ta ilmiy tashkilotlarida, Qishloq va suv xo’jaligi Vazirligining 30 ta ilmiy va oliy ta’lim maskanlarida, 79 ta ilmiy va innovatsion markazlarda hamda loyiha va tajriba-konstruktorlik tashkilotlarida olib boriladi. O’zbekiston aholisining umumiy ta’lim darajasi va ilmiy potentsiali jihatidan rivojlangan mamlakatlar bilan bir qatorda turadi. Ta’lim tizimida esa “Kadrlash tayyorlash milly dasturi” ga asosan bir qancha ijobiy o’zgarishlar amalga oshirilmoqda. Ta’lim tizimi uchun davlat xarajatlari ham nisbatan yuqori bo’lib, oxirgi yillarda uning miqdori yalpi ichki milliy mahsulotning 10% dan ortig’ini tashkil qiladi. Bu nafaqat Osiyoda, balki Evropa uchun ham katta ko’rsatgich hisoblanadi. Ta’lim sohasiga davlat byudjetining 50% atrofida mablag’ ajratilgan va respublikada ilmiy, ilmiy-texnik va innovatsion potentsialni rivojlantirish uchun maqsadli tadbirlar amalga oshirilmoqda. Xozirgi paytda jami ajratilgan byudjet mablag’larining 35% qismi fundamental izlanishlarga, 56% qismi amaliy dasturlarga va 9% qismi innovatsion ishlanmalarga taqsimlangan. Respublika soliq Kodeksi bo’yicha byudjet mablag’lari hisobiga ilimy-texnik va innovatsion loyihalar bajarayotgan tashkilotlar qo’shimcha qiymat solig’ni to’lashdan ozod qilingan. Katta korxonalarda amortizatsion fondlar va sof foydaning bir qismi
jamlanib, modernizatsiyalash va yangi texnologiyalar fondlari tashkil qilingan. Bu mablag’lar innovatsion loyihalar va tajriba konstruktorlik ishlarini moliyalashtirish uchun ishlatilmoqda. Innovatsion loyihalarni tashkil qilish va ularning bajarilishini boshqarishni innovatsion faoliyat va texnologiyalar transferi xududiy markazlari amalga oshirmoqda. Bunday markazlar ilmiy-texnik faoliyatning mustaqil agentliklari bo’lib, ularning boshqaruv hay’atiga korxona, tashkilot, ilmiy va ta’lim muassasalari hamda boshqaruv organlari vakillari kiritiladi. Xozirgi paytda innovatsion faoliyat va texnologiyalar transferi xududiy markazlarining sakkiztasi faoliyat ko’rsatmoqda (Buhoro, Xorazm, Qashqadaryo, Surxondaryo, Farg’ona, Andijan, Namangan va Qoraqalpog’istonda).
Innovatsion o’zgarishlarni amalga oshirishda O’zbekistonga o’xshash va innovatsiyalarni muvaffaqiyatli amalga oshirgan mamlakatlar tajribasidan foydalanish alohida ahamiyatga ega bo’lishi mumkin. Janubi-sharqiy Osiyo mamlakatlarining tajribasini o’rganish shuni ko’rsatadiki, qisqa muddatlarda katta natijalarga erishish uchun rivojlangan mamlakatlardagi innovatsion texnologiyalarni o’zlashtirib, ularni mamlakat ichqarisidagi korxonalarga tezkorlik bilan tadbiq qilish rivojlanishning eng ma’qbul yo’nalishidir. Innovatsion jarayonlarni tezlashtirish uchun hal qilinishi zarur bo’lgan o’rta va uzoq muddatli tadbirlar jumlasiga ilmiy-texnik ishlarni bajarish uchun ajratilgan byudjet resurslarini iqtisodiyotning eng muhim sohalariga mansub ilmiy-texnologik yo’nalishlarga jamlash va davlat bilan hususiy korxonalarning hamkorligini yo’lga qo’yish darkor. Birinchi yo’nalish davlatning fundamental ilmiy izlanishlarni faollashtirishini ko’zda tutib, O’bekiston inson kapitalining sifatini oshirish uchun hizmat qilishi lozim. Bu tadbirlar alohida yo’nalishlarga mansub bilimlarning bozorbop mahsulotga aylantirish uchun hizmat qiladigan innovatsion infratuzilmani yaratish maqsadida amalga oshirilishi kerak. Ikkinchi yo’nalish esa amaliy ishlanmalar va innovatsion infratuzilmaning davlat ishtiroki bilan amalga oshirilishini, texnologik modernizatsiya esa biznes tomonidan amalga oshirilishini ko’zda tutadi. Shunday qilib, innovatsion rivojlanish davlat va ish yurituvchi sub’ektlarning innovatsion faolligini oshirish, zahiralarning jalb qilinishi va
ularning samarali ishlatilishi hamda institutsional o’zgarishlar hisobiga amalga oshiriladi. O’zbekiston respublikasidagi uzoq muddatli innovatsion rivojlanishning asosiy maqsadi - mamlakatdagi ilmiy-texnik mutahassislarning chet el ilmiy potentsalidan va texnologiyasidan foydalanish hisobiga raqobatbardosh mahsulotlar va hizmatlar yaratishni ta’minlab beradigan ochiq ko’rinishdagi innovatsion tizimni tashkil qilishdir. O’rta muddatlar uchun innovatsion rivojlanishning asosiy yo’nalishlari esa quyidagilar bo’lishi mumkin:
Do'stlaringiz bilan baham: |