Nazorat organlari va javobgarlik turlari
Oʻzbekiston Respublikasining Mehnat kodeksi va ma’muriy javobgarlik
toʻgʻrisidagi kodeksiga asosan, mehnat qonunlari va xavfsizlik qoidalari har
qanday shaklda buzganlikda yoki kasaba uyushmalari faoliyatiga halal berishda
ayblangan mansabdor shaxslar davlat qonunlarida belgilangan tartibda ahloqiy,
ma’muriy, moddiy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar [1,2,3].
Axloqiy jazo choralari mehnat qonunlarini yoki muhofaza qoidalarini qoʻpol
ravishda buzganligi uchun mansabdor shaxslarga nisbatan yuqori tashkilot
ma’muriyati tomonidan belgilangan tartibda qoʻllaniladi. Kasaba uyushmalari,
zarur boʻlganda, ya’niy mehnat qonunlari va muhofaza qoidalarini buzayotgan
rahbar xodimlarni axloqiy (intizomiy) javobgarlikka tortish haqida tegishli
tashkilotlarga takliflar kiritadi. Ular oʻz navbatida kasaba uyushmasi a’zolariga
tartib buzarlar ustidan koʻrilgan choralar haqida, yozma tariqasida bir oy
muddatdan kechikmagan xolda xabar berishga majburdirlar.
Ichki mehnat tartibining buzilishi quyidagi axloqiy jazolarni tadbiq etish bilan
belgilanadi: xayfsan berish, oʻrtacha oylik ish haqining 20 foizidan koʻp boʻlmagan
miqdorida jarima solish yoki ishdan boʻshatish kabilar. Xayfsan bir yilgacha ta’sir
etadi, ammo xato tuzatilib ishlansa, muddatidan oldin ham olib tashlanishi
mumkin. Ma’muriy jazo – jarima solish bilan belgilanib, odatda mehnat
muhofazasi qoidalarini buzgan mansabdor shaxslarga beriladi. Bu jazo berish
huquqiga maxsus davlat nazorati va kasaba uyushmasi tashkilotlarining
inspektorlari ega boʻlib, xavfsizlik qonun va me’yorlarini buzgan ishchi xizmatchi,
muhandis va texnik xodimlarga nisbatan qoʻllaniladi.
Moddiy javobgarlik deganda, korxona va tashkilotlar hamda jabrlanuvchiga
yetkazilgan moddiy zararni undirish nazarda tutiladi.
87
Moddiy javobgarlikni ikki xil usulda undiriladi: ya’niy moddiy zararni
ma’lum qismini yoki toʻla xajmi undiriladi. Chegaralangan moddiy javobgarlikka
koʻra aybdor shaxsning oylik maoshidan uchdan biri (33%) ushlab qolinadi. Toʻla
moddiy javobgarlikda esa uskunaning tiklanish uchun qilingan sarf – xarajatning
toʻla miqdori ushlanib qolinadi.
Jinoiy javobgarlik. Mehnat muhofazasi qonunlari, me’yorlari va qoidalari
talablarini qoʻpol holda yoki egʻtiborsizlik oqibatida buzilish natijasida sodir
boʻlgan baxtsizlik, odamni shikastlanishi yoki oʻlimi bilan bogʻliq boʻlsa yoki
davlat mulkiga katta moddiy zarar yetkazilsa, aybdor shaxslar soʻzsiz jinoiy
javobgarlikka tortiladilar. Javobgar shaxslar qilgan jinoyatlariga muvofiq ravishda
Oʻzbekiston jinoyat kodekslariga asoslanib xalq saylagan qozilar hukmi bilan
jarima toʻlashi, ishdan boʻshatilishi va eng ogʻir jazo 2-4 yilgacha ozodlikdan
mahrum etilishi mumkin [2].
88
Do'stlaringiz bilan baham: |