Оliy vа oʻrtа mахsus ta’lim vаzirligi tоshkеnt аrхitеkturа


Inson xavfsizligi nuqtai nazaridan sensorik tizimlar tavsifi



Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet42/77
Sana15.01.2022
Hajmi5,2 Mb.
#368583
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   77
Bog'liq
hayot faoliyati xafvsizligi va mehnat muhofazasi fanidan mustaqil ish bajar

Inson xavfsizligi nuqtai nazaridan sensorik tizimlar tavsifi 
 
Mehnat  jarayonida  odamning  koʻz  va  miya  a’zolari  faolligining  kuchayishi 
oqibatida  vujudning  mator  sohasi  faollashadi,  buning  natijasida  charchoq  paydo 
boʻladi.  Bu  esa  oʻz  navbatida  odamning  diqqatini  pasayishiga,  mehnat 
samaradorligini kamayishiga olib keladi. Shuning uchun ishlab chiqarishda mehnat 
sharoitini har qanday yoʻl bilan boʻlsa ham  xavfsiz va moʻgʻtadil sanitariya talab 
darajasida  yaratish,  yuqori  samaradorlik  va  xavfsizlikni  ta’minlaydi.  Bunga 
erishmoq  uchun  ish  joylarini  va  mexanizmlarni  quyidagi  talablar  asosida  
tayyorlash maqsadga muvofiq boʻladi. 
Antropometrik  talablar  -  ish  qurollari  va  mexanizmlarni    standart  asosida 
odamlarning anatomik jussasiga mos ravishda loyihalanishi lozim.  
Masalan, Oʻzbekistonda erkaklar 171sm ayollar 162sm ligi inobatga olinadi. 
Fiziologik  talablar-  koʻrish,  ogʻriq  sezish,  xid  bilish,    tagʻm  bilish,  eshitish    va 
boshqalar  inson  organizmining  sensorik  sezgi  a’zolarining  uzoq  muddat  xizmat 


79 
 
qilishi  uchun  sanitariya  me’yorlari  talablariga    mos  ravishda  fiziologik  sharoit 
yaratilishi lozim. 
Koʻzning  xususiyatlari:  odamning  koʻrish  apparati  ma’lum  anatomo-
fiziologik xususiyatlarga ega boʻlishi sababli, loyihalash bilan shugʻullanuvchi  har 
bir  arxitektor,  dizayn  yoki  quruvchi  koʻzni  koʻrish  maydoni  ma’lum 
chegaralanganligini bilishlari kerak boʻladi.  
Koʻrish maydoni: aniq koʻrish hududi 0  - 4
0
, tez koʻrish hududi 5 - 18
0
  va 
normal koʻrish hududi 18 - 30
0

Koʻzning koʻrish maydoni boʻyicha koʻrish tafovuti markazdan  chetga qarab 
keskin kamayib boradi: 
          Koʻrish maydoni,  v grad:                                0        5        20        35   
          Koʻzning nisbiy koʻrish  qobiliyati:            1/1     1/2      1/4       1/8        
Odam    80%    umumiy  axborotni    koʻz  orqali  oladi.  Bu  axborotlarni  xazm 
qilishi  uchun  inson  koʻzi  akkomodatsiya  (kuzatilayotgan  buyumgacha  boʻlgan 
masofaga moslashuv) xususiyatiga va adaptatsiya (muhitning  yorugʻlik miqdoriga 
moslashuv) qobiliyatiga egadir.  
Bagʻzan  odamlarda  rang  koʻrligi,  tovuq  koʻrligi  va  shab  koʻrlik  kabi  
holatlatlar uchraydi. Umuman koʻrish a’zolarining faolligi muhitning qay darajada 
yoritilganligiga  bogʻliq  boʻlib,  shuning  uchun  tabiiy  yoki  sun’iy  yoritilganlik 
uskunalarini loyihalashda me’yor talablariga qatgʻiy rioya qilinishi shart. Eshitish 
a’zosi.  Bu  sensor  a’zoning  eng ajoyib xususiyatlaridan  biri bevosita xavfsizlikka 
aloqador  boʻlib,  tovush  kelayotgan  tomonga    qayrilib  qaramasdan  ham  uning  
qaysi tomondan kelayotganligini va quvvatini miyaga xabar berishidadir. Odatda 
buni  binaural  effekt  deyiladi.  Vestibulyar  sensorika  odam  gavdasini  xar  qanday 
sharoitda ham kerakli  holatda tutaolishiga aytiladi. Ogʻriq va haroratni sezish. Bu 
sensor  orqali  biz  vujudimizni  z-  oʻlchovli  xususiyatga  ega  ekanligiga  amin 
boʻlamiz:  
Termoretsepsiya-issiq va sovuqni sezish;  


80 
 
Notsitsepsiya  -ogʻriqni  sezish  xususiyatlari    bevosita  potensial  xavfli 
holatlarni seza olish imkonini beradi.  
Epidermis-  odam  terisining  ustki  yuqa    qatlami  boʻlib,  u  juda  koʻp  mayda 
xujayralardan  iborat.  Undan  keyin  xaqiqiy    derma-teri  boshlanadi.  Ana  shu 
qatlamda  issiq  va  sovuq,    bosim  va  ogʻriqni  sezaoladigan  juda  koʻp  retseptorlar 
joylashgan.  
Harorat 39
o
S oshsa issiqdan, agar -30
o
S sovuqdan ogʻriq seziladi, agar terini 
harorati 27
o
S sovuqdan ogʻriq sezilaboshlaydi.. 
Ogʻriqning  biologik  funksiyasi  xavf  toʻgʻrisida  signal  boʻlib  xizmat  qilib,  
organizmni  kurashga  chaqiradi.  Bu  signalga    binoan  avtomatik  tarzda  organizm 
tashqi va ichki  nomaqul holatga qarshilikni kuchaytiradi.  
Odam  organizmida  doim  oksidlanish    va  modda  olmashinish  reaksiyasi 
asosida moddalarni parchalanish holati yuzaga keladi. Buning natijasida  organizm 
kuchsizlanadi  va    quvvatining  tiklanishiga  tanaffus  lozim  boʻladi.  Bu  holat 
katabolizm  deb  ataladi  va  grekcha  soʻz  boʻlib,  pasayib  boruvchi  energetik  oqim  
magʻnosini  beradi.  Odam  organizmining  yoʻqotgan  energiyasini    ma’lum  vaqt  
ichida  oʻz-oʻzidan  tiklash  jarayoni  anabolizm  -  ya’niy  energiyani  kuchayish 
jarayoni  deyiladi.  Katabolizm  ruhiy  ta’sirdan  issiq  va  sovuq  hamda  jismoniy 
ta’sirdan boʻlishi mumkin.  
Charchoq  –  organizmda    jismoniy  ta’sir  natijasida  azot-fosfor  va  glikogen 
aralashmalarining tez parchalanishi natijasida sodir boʻladi. 
 
Inson hayoti va mehnat faoliyatida xavfli omillar tasnifi 
Ishlab chiqarish omillari 
Ijtimoiy  omillar 
Tabiiy omillar 
Texnik va texnologik 
Shovqin, tebranish, chang, gaz 
va bugʻlarni ta’siri 
Havobosimi, harorati, 
namligi, va tezligi 
Tashkiliy omillar 
Mehnat xavfsizligi qoi-dalariga 
rioya qilmaslik 
 Yorugʻlik va issiqlik 
ta’minoti 
Sanitariya-gigiyenik omillar  Mikroorganizmlar mikroblar, 
zaxarli moddalarning ta’siri. 
radiatsiya, yongʻin, yashin sel, 
dovul , toʻfon  
Psixofiziologik omillar 
Inson faoliyatiga zid yaratilgan 
ergonometrik mehnat sharoiti 
ta’siri 
zilzila, sel, tufon, yer 
koʻchishi va b. 


81 
 

Download 5,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish