Оliy vа oʻrtа mахsus ta’lim vаzirligi tоshkеnt аrхitеkturа


Mikro iqlim koʻrsatkichlari va ularning odam organizmiga ta’siri



Download 5,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet56/77
Sana15.01.2022
Hajmi5,2 Mb.
#368583
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   77
Bog'liq
hayot faoliyati xafvsizligi va mehnat muhofazasi fanidan mustaqil ish bajar

 Mikro iqlim koʻrsatkichlari va ularning odam organizmiga ta’siri 
 
Qurilishda ish zonalari havo muhitining ob-havo sharoitini havoning quyidagi 
koʻrsatgichlar belgilaydi: 
1.Havoning harorati, 
o
S bilan oʻlchanadi. 
2.Havoning nisbiy namligi,W% bilan aniqlanadi. 
3. Havo bosimi, R mm sim.ust.yoki Pa bilan oʻlchanadi. 
4. Ish joylaridagi havo harakati,m/s bilan oʻlchanadi. 
Bundan  tashqari  ob-havo  sharoitiga  ta’sir  qiluvchi  ishlab  chiqarish  omillari 
ham  mavjud,  bular  har  xil  mashina-mexanizmlar  va  ishlov    berilayotgan  
materiallar yuzalaridan tarqaladigan issiqlik nurlari ham havo haroratini oshirishga 
olib keladi. 


104 
 
Bu  omillar    ta’siridan  hosil  boʻladigan  ishlab  chiqarish  zonasidagi  havo 
muhitini sanoat mikroiqlimi deb yuritiladi. 
Ob-havo omillari  har  biri ayrim holda yoki bir nechasi birlikda insonning 
mehnat  qilish    qobiliyatiga,  sogʻligʻiga    juda    katta  ta’sir    koʻrsatadi.    Ishlab  
chiqarish sharoitida ob-havo omillarning deyarli hammasi bir vaqtda ta’sir qiladi.  
Ba’zi  sharoitlarda  bunday    ta’sir  koʻrsatish  foydali  boʻlishi,  masalan  sovuq 
sharoitda quritish natijasida kamaytirilishi mumkin, ba’zi vaqtlarda  esa, bir-biriga 
qoʻshilishi  natijasida  zararli  ta’sir  darajasi  ortib  ketishi  mumkin,  masalan  nisbiy 
namlik va haroratning ortib  ketishi  inson uchun ogʻir sharoit vujudga keltiradi. 
Bundan  tashqari  ish  joylaridagi  havo  harakatini  oshirish  harorat  yuqori  boʻlgan 
vaqtda ijobiy natija beradi, harorat past boʻlgan vaqtda esa, salbiy natija beradi. 
Bundan  koʻrinib  turibdiki  ob-havo  omillari  ba’zi  bir  hollarda  inson  uchun 
ijobiy  va  ba’zi  bir  hollarda  esa,  salbiy  ta’sir  koʻrsatib,  inson  organizmi  tashqi 
muhitga  moslashuvini  buzib  yuborishi  mumkin.    Tashqi  muhitga  moslashuv  -bu 
inson organizmining fiziologik va ximik jarayonlar asosida tana haroratining bir xil 
chegarada (36-37
o
S) saqlab turish qobiliyati demakdir. 
Ob-havo  sharoitining  doimo  oʻzgarib  turuvchi  sharoitida  tana  haroratining  
oʻzgarmasligini  saqlash,  inson  hayotining  asosiy  boʻlgan  organizmdagi  bioximik 
jarayonlarning  normal  sharoitini    ta’minlaydi.  Tana  haroratining  yuqorida 
koʻrsatilgan  darajadan  ortib  ketishi  issiqlash,  sovishi  esa,  sovish  deb  ataladi.  
Issiqlash va  sovish  hayot faoliyatini buzuvchi halokatli holat vujudga keltirishi 
mumkin. 
Shuning  uchun  ham  inson  organizmida  tashqi  muhit  bilan    moslashuvi  
fiziologik mexanizmi mavjud boʻlib,u markaziy nerv sistemasining nazorati ostida 
boʻladi.  Bu  fiziologik  mexanizmning  asosiy  vazifasi  organizmda  modda 
almashinuvchi  natijasida  ajralib  chiqayotgan  issiqlikning  ortiqchasini  tashqi 
muhitga  chiqarib,  issiqlik    balansini  saqlab  turishdir.  Tashqi  muhitga  moslashuv 
ikki xil: fizik va ximik boʻlishi mumkin.  Ximiyaviy tashqi muhitga  moslashuv  
organizmning    issiqlash  davrida  modda  almashinuvini  kamaytirishi  va  sovishi 


105 
 
natijasida  modda  almashinuvini  oshirish  mumkin.    Ammo  ximiyaviy  tashqi  
muhitga  moslashuv  tashqi  muhitning  keskin  oʻzgarishi  borasida  fizik  tashqi 
muhitga  moslashuvga    nisbatan    ahamiyati    katta    emas.  Asosan  tashqi  muhitga 
issiqlikni almashtirishda fizik tashqi muhitga moslashuvning ahamiyati katta. 
Organizmning  tashqi    muhitga    issiqlik  chiqarishi  uch  yoʻl  bilan  oʻtishi 
mumkin: 
1.Odam tanasining umumiy yuzasida infraqizil nurlanish orqali 
(radiatsiya orqali havo almashinuvi); 
2.Tanani oʻrab turgan havo muhitini isitish (konveksiya); 
3.Terining  terlab,  bugʻlanishi  va  nafas  olish  yoʻllari  orqali  suyuqliklarning 
bugʻlanishi natijasida yuzaga keladi. 
Normal  sharoitda,  kuchsiz  havo  harakati  boʻlgan    holatda    harakatsiz  odam 
organizmi radiatsiya yoʻli bilan organizm ishlab chiqarayotgan issiqlikning 45%, 
konveksiya natijasida 30%  va terlash orqali 25% yoʻqotish aniqlangan. Bunda teri 
orqali umumiy issiqlikning 80%  ortigʻi, nafas  olish a’zolari  orqali 13 (protsenti) 
va taxminan 5%  i issiqlik ovqat, suv va havoni isitishga sarflanadi. 
Radiatsiya  va  konveksiya  orqali  issiqlikni  yoʻqotish,  faqat  tashqi  muhit 
harorati  tana  haroratidan  kam  boʻlgan  hollarda  boʻlishi    mumkin.    Shuni    aytib  
oʻtish kerakki, tashqi muhit harorati qancha past boʻlsa, issiqlik yoʻqotish shuncha 
kuchli boʻladi. 
Tashqi  muhit    harorati    tana  haroratidan  yuqori  yoki  teng  boʻlsa,  u  holda 
issiqlik ajratish terlab bugʻlanish hisobiga boʻladi. 
1  gramm    terni  bugʻlatish  hisobiga  2,5  kDj  (0,6  kkal)  issiqlik  yoʻqotilishi 
mumkin. 
Organizmdan  chiqadigan  terning  miqdori  tashqi  muhit  harorati  va 
bajariladigan  ish  kategoriyasiga    bogʻliq.    Harakatsiz    organizmda,  tashqi  muhit 
harorati 15 
o
S ni tashkil qilsa, terlash juda kam miqdorni (soatiga 30 ml) tashkil 
qiladi.    Yuqori  haroratlarda    esa  (30 
o
S  va  undan  yuqori),  ayniqsa  ogʻir  ishlarni 
bajarganda organizmning terlashi juda ortib ketadi.  Masalan issiq sexlarda, ogʻir 


106 
 
ishlarni    bajarish    natijasida  terlashni  miqdori  soatiga  1-1,5  litrga  yetadi  va  bu 
miqdor terni bugʻlanishi uchun 2500-3800  kDj  (600-900 kkal) issiqlik sarflanadi. 
Shuni  aytib  oʻtish  kerakki,  terlash  yoʻli  bilan  issiqlik  sarflash  faqatgina  tana 
yuzasida  ter  bugʻlangandagina  amalga  oshadi.    Terni  bugʻlanishi  esa  havoning 
harakatiga  va  nisbiy  namligiga,  kiygan  kiyimining  materialiga  bogʻliq.  Issiqlik 
yoʻqotish  faqat  terlash  yoʻli  bilan  amalga    oshirilayotgan    sharoitida    havoning  
nisbiy  namligi 75-80 protsentdan ortiq boʻlsa, terning bugʻlanishi qiyinlashadi va  
organizm    tashqi    muhitga  moslashuvi  buzilishi  natijasida  issiqlash  yuz  berishi 
mumkin.    Issiqlashning  birinchi  belgisi  tana  haroratining  koʻtarilishidir.  Kuchsiz 
issiqlash  tana  haroratining yengil koʻtarilishi, haddan tashqari ter chiqishi, kuchli 
suvsash, nafas olish va qon tomirlarning urishini  tezlanishi  bilan  chegaralanishi 
mumkin.    Agar  kuchli  issiqlash  yuz  bersa,  unda  nafas  olish  qiyinlashadi,  qattiq 
bosh ogʻrigʻi tutadi  va  bosh aylanadi, nutqi qiyinlashadi. 
Tashqi  muhitga  moslashishning  bu  xildagi  buzilishi  va  tana    haroratining 
keskin koʻtarilishi issiqlik gepatermiyasi deb ataladi. 
Issiqlashning  ikkinchi  belgisi  terlash  natijasida  inson  organizmning  koʻp 
miqdorda  tuz  yoʻqotishi  natijasida  kelib  chiqadi.    Bu  holat  teri  hujayralarida  
tuzning  kamayishi  tufayli terining suvni ushlab qolish qobiliyati susayganligidan 
kelib  chiqadi.  Ichilayotgan  suv  tinmay  ter    boʻlib    chiqib    ketganligi    sababli, 
organizm  kuchli    chanqoqlik    sezadi,  ichilgan  suvning  tezda  chiqib  ketishi 
chanqoqlikni  yana  kuchaytiradi  va  bu  suv  bilan  zaharlanish  holatini  vujudga  
keltirishi  mumkin.  Bunda organizmning paylarida qaltirash paydo boʻladi kuchli 
terlash  va  qonning  quyuqlanishi    kuzatiladi.    Bu  holat  qaltirash  kasalligi  deb 
yuritiladi.  Keyin  issiq  urish  vujudga  keladi,  tana  harorati  40-41 
o
S  ga  koʻtarilib, 
odam  xushini  yoʻqotadi va  qon tomirlarining urishi kuchsizlashadi. Bu vaqtda 
organizmdan ter chiqish butunlay toʻxtaydi.  Qaltirash kasali va issiq urish oʻlim 
bilan tugashi mumkin. 
Sanoat  korxonalarida  olib  borilayotgan  gigiyenik  chora-tadbirlar  natijasida 
ishlab  chiqarish  sharoitida  qaltirash  kasalligi  va  issiq  urish  deyarli  yoʻqolib 


107 
 
bormoqda. Issiq sexlarning hammasida organizm  yoʻqotgan  tuzni tiklash uchun 
maxsus ichimliklar tashkil qilingan. 
Inson organizmiga  faqatgina  yuqori harorat ta’sir koʻrsatadi. Uzoq vaqt past 
harorat  ta’sirida  boʻlish  asosiy  fiziologik  jarayonlarning  buzilishiga,  ish 
qobiliyatining susayishga va organizmning kasalanishiga olib keladi. Past harorat 
ta’sirida qon tomirlari torayadi  uzoq  vaqt ta’sir qilish natijasida esa kapilyar qon 
tomirlarning faoliyati buziladi (birinchi belgilab siftida oyoq  va qoʻl  panjalarining  
achishib    ogʻrishi,  quloq    va  burunning  achishishini  keltirish  mumkin),  shundan 
keyin butun organizmning sovib ketishi seziladi. 
Tashqi  nerv  sistemalarining    sovuq   qotishi   natijasida    suyak  sistemalarida  
radikulit,  oyoq    qoʻl    va  bel  boʻgʻinlari  hamda  paylarda  revmatizm  kasalligi,  
shuningdek plevrit,  bronxit va boshqa shamollash bilan bogʻliq boʻlgan yuqumli 
kasalliklar kelib chiqishi mumkin. 
Odam organizmga sovuqning  ta’siri, ayniqsa  havo  harakati kuchli boʻlib,  
havoning  nisbiy  namligi  yuqori  boʻlgan  vaqtda    kuchli  boʻladi.    Chunki    sovuq 
haroratdagi  nam  havo  issiqlikni  yaxshi  oʻtkazadi  va  konveksiya  orqali  issiqlik 
yoʻqotishni kuchaytiradi. 
 

Download 5,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   77




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish