Foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati
1.
Azimov X.A. Qurilishda mehnat xavfsizligi.1-qsim. T. fan. 1997.
2.
Pchelinsev V.A. va b.r. Qurilishda mehnat muhofazasi. M. 1991. (rus).
3.
Azimov X.A. Mehnat muhofazasi fani boʻyicha laboratoriya ishlar
toʻplami.Toshkent TAQI,2007.
36
GLOSARIY
Hayot faoliyati
deb insonni har kungi faoliyati, dam olishi, yashash tarziga
aytiladi
.
Insonlarni texnosferadagi faoliyatining xavfsizligini asoslarini
oʻrganishga kirishishni avvalo tirik mavjudotlarning oʻzaro va atrof-muhit bilan
bir-biriga munosabati toʻgʻrisidagi umumiy bilimlarda HFXni oʻrnini bilishdan
boshlash kerak.
HFXning fan sifatidagi asosiy maqsadi- insonlarni texnosferadagi negativ
antropogen va tabiiy ta`sirlardan himoyalash hamda hayot faoliyati uchun (qulay)
komfort sharoitlar yaratishdan iborat.
Yashash siklida inson va atrof-muhit doimo harakatdagi «inson-yashash
muhiti» tizimini hosil qiladi.
Yashash muhiti deb –
hozirgi paytda inson faoliyatiga, uning sogʻligʻiga va
avlodiga bevosita yoki bilvosita ,shu zahotiyoq yoki chetdan ta`sir koʻrsatuvchi
shartlab qoʻyilgan fizik, kimyoviy, biologik, sosial faktorlar yihindisi boʻlgan
oʻrab turgan muhitga aytiladi.
Bu tizimda faoliyat koʻrsatib, inson uzluksiz eng kamida ikkita masalani
echadi:
– ovqatga, havoga va suvga boʻlgan extiyojini qondiradi;
– yashash muhitidagi hamda oʻziga oʻxshaganlar tomonidan salbiy ta`sirlarni
yoʻqotadi va muhofaza qilishni yaratadi.
Texnogen avariyalar va falokatlar.
XX asr oʻrtalarigacha insonlar yirik
miqyosdagi avariya va falokatlarni amalga oshira olmagan, texnika va ishlab
chiqarishni mukammallashuvi natijada ular tabiiy ofatlardan ham oʻtib ketdi.
Hodisa deb–
insonlarga, tabiiy manbalarga negativ ta`siridan zarar keltiruvchi
voqeaga aytiladi.
Avariya deb –
texnik tizimdagi insonlarni vafotisiz yuzaga kelgan xodisaga
aytiladi. Bunda texnik vositalarni qayta tiklashni imkoni boʻlmaydi yoki iqtisodiy
37
jihatdan samarasizdir.
Falokat deb –
texnik tizimlardagi insonlarni vaofti yoki
yoʻqolishi bilan kuzatiladigan hodisaga aytiladi.
Tabiiy ofat deb
–biosferani vayronlovchi, er yuzidagi odamlarning oʻlimi yoki
salomatligini yoʻqotishga olib keluvchi favqulotdagi hodisaga aytiladi.
Inson oʻz faoliyati bilan tabiatga bevosita ta`sirida er yuzining bir necha
regionlarida biosferaning buzilishi natijasida yangi yashash muhiti – texnosfera
yaratildi.
Biosfera–
Er yuzidagi hayotni tarqalish maydoni boʻlib, oʻz ichiga texnogen
ta`sirga yoliqmagan atmosferaning quyi qatlamini, gidrosferani va erning yuqori
qatlamini oladi.
Texnosfera–
insonlarning oʻzini moddiy va ijtimoiy-iqtisodiy extiyojlarini
qonish maqsadida bevosita yoki bilvosita texnik vositalar yordamida oʻzgangan
biosfera regionidir.
Ishlab chiqarish muhiti
– inson ish faoliyatini olib boradigan boʻshliqdir.
Texnosfera sharoitidanegativ ta`sirlar texnosfera elementlari va insonlarning
xatti-harakati asosida boʻladi. Xar bir oqimni oʻzgarishiga yarasha «inson-
yashash muhiti» tizimini qulay holatdan oʻta xavfli holatgacha oʻzgartirish
mumkin.
Xavf deb –
tirik va tirik boʻlmagan materiyaning shu materiyaning oʻziga,
ya`ni odamlarga, tabiatga, moddiy boyliklarga ziyon keltiruvchi salbiy
xususiyatiga aytiladi. Xavf HFXning markaziy tushunchasi hisoblanadi. Xavflarni
tabiiy va antropogen kelib chiquvchilarga ajratish mumkin. Tabiiy xavflar
xaroratni oʻzgarishi, tabiiy ofatlar natijasida yuzaga kelsa, antropogen xavflar
inson faoliyati natijasida hosil boʻladigan chiqindilar, mexanik, issiqlik,
elektromagnit energiyasining chiqindilarini atsmosferaga, suv xavzalariga
tushishidan xosil boʻladi.
Havfli ishlab chiqarish omillari (HIO)
– bu shunday ishlab chiqarish omillari
hisoblanadiki, bunda ma’lum bir sharoitlarda ushbu omillar ta`sirida ishchilarga
jarohat etkazilishi yoki ularning sogʻligining keskin tarzda buzilishiga olib kelishi
38
mumkin.
Jarohat
– bu odam organizmi toʻqimalarining buzilishi va uning tashqi
ta`sirlar natijasida funksiyasining izdan chiqishi hisoblanadi. Jarohat ishlab
chiqarish jarayonida yuz bergan baxtsiz xodisa natijasida yuz berib, bunda havfli
ishlab chiqarish omillarining ishchilarning oʻz mehnat burchini bajarishi yoki ish
rahbarining topshirigʻini bajarishi davomida amalga oshishi mumkin.
Zararli ishlab chiqarish omillari
(
ZIO
) – ma’lum bir sharoitlarda
ishchilarning mehnat qobiliyati susayishi yoki sogʻligi yomonlashishiga olib
keluvchi ishlab chiqarish omillari hisoblanadi. Zararli ishlab chiqarish omillari
ta`sirida yuzaga keluvchi kasalliklar –
kasbiy kasalliklar
deb ataladi.
Havfli ishlab chiqarish omillariga masalan, quyidagilarni kiritish mumkin:
ma’lum bir aniq kuchlanishga ega boʻlgan elektr toki;
qoyasimon chiqib turuvchi jismlar;
ishchilarning balandlikdan qulab tushishlari yoki biror predmet va uning
qismlarining tushib ketishi;
atmosfera bosimidan yuqori boʻlgan bosim ostida ishlovchi qurilmalar;
Zararli ishlab chiqarish omillariga esa quyidagilarni misol qilib keltirish
mumkin:
noqulay meteorologik (ob-havo) sharoitlari;
havo muhitining changlar va gazlarga egaligi;
shovqin, infra- va ul`tratovushlar, tebranishlar;
elektromagnit maydon, lazer va ionlashtiruvchi nurlanishlar va
boshqalarning mavjudligi kabilar.
Barcha havfli va zararli ishlab chiqarish omillari GOST 12.0.003-74 ga
muvofiq tarzda fizik, kimyoviy, biologik va ruhiy-fiziologik turlarga boʻlinadi.
Fizik omillar
ga elektr toki, harakatlanuvchi mashinalarning, qurilmalar va
ularning qismlarining kinetik quvvati, idishlardagi bugʻ yoki gazlar, chidash qiyin
boʻlgan darajadagi shovqinlar, tebranishlar, infra- va ul`tratovushlar, yoritishning
39
etarli emasligi, elektromagnit maydon, ionlashtiruvchi nurlanishlar va boshqalir
kiritiladi.
Kimyoviy omillar
– odam organizmiga turli xil holatlarda zararli boʻlgan
moddalardan tashkil topgan.
Biologik omillar
– bu turli xil mikroorganizmlar va shuningdek, oʻsimliklar
va hayvonlarning odam organizmiga ta`siri hisoblanadi.
Ruhiy-fiziologik omillar
ga jismoniy va ruhiy zoʻriqishlar, aqliy zoʻriqishlar,
mehnatning bir xilligi kabilar kiritiladi.
Jismoniy mehnat birinchi navbatda tayanch-harakatlanuvchi, asabiy-
muskul, yurakka kuchaytirilgan ogʻirlik berish, uning ishlashi uchun zaruriy
tizimlar harakatini ta`minlaydigan muhim quvvat sarflari bilan bogʻliq ishlab
chiqarish faoliyati bilan tavsiflanadi. Bunda diqqat, xotira kabi oliy ruxiy
funksiyalar va umuman intellektual hamda emosional sohalar unchalik
zoʻriqmaydi. JM dinamik va statik boʻlishi mumkin.
Mehnatning jismoniy ogʻirligi deb,
odamdan mehnat qilayotganda asosan
muskullarining zoʻriqishini hamda kerekli energiyani talab qiluvchi yuklamaga
aytiladi. Ular statik va dinamik ishlarga boʻlinadi.
Statik ishda mehnat qurollari va predmetlari bir erda qoʻzgʻalmas holatda
boʻlib, ishchi ham bir xil ishchi holatda mehnat qiladi.
Dinamik ish muskullar qisqarishi bilan kechadigan jarayon boʻlib, bunda
inson mehnat qilish jarayonida oʻzi harakatlanishi va ma’lum miqdordagi yuklarni
tashishi bilan amlga oshadi, energiya sarfi muskullarni kuchaygan xolda ushlab
turishga hamda mexanik effekt uchun sarflanadi. Qoʻlda koʻtaradigan yukning
maksimal ogʻirligi ayollar uchun 10kg dan, erkaklar uchun 30 kg dan oshiq ishlar
ogʻir ish hisoblanadi.
Ish miqdorini fizikaviy ogʻir-engilligini quyidagi tenglama bilan
tafsiflash mumkin: A= (V*H) : {(V*L/ 9) : (V*H
1
/ 2) * K}
bu erda A- ish miqdori, kg/m; L- yukning ufqiy yoʻnalishda koʻtarish
masofasi, m;: N- yukni koʻtarish balandligi, m; H
1
– yukni pastga tushirish
40
masofasi, m; V- koʻtariladigan yuk massasi, kg; K- yuk koʻtarish koeffisienti = 6.
1
Xatar
– odamning ma’lum bir faoliyatida shakllanuvchi havfli hodisalarning
miqdoriy tavsifini ifodalaydi.
Hayot faoliyati -
insonni har kungi faoliyati, dam olishi, yashash tarzi
Yashash muhiti –
hozirgi paytda inson faoliyatiga, uning sogʻligʻiga va
avlodiga bevosita yoki bilvosita ,shu zahotiyoq yoki chetdan ta’sir koʻrsatuvchi
shartlab qoʻyilgan fizik, kimyoviy, biologik, sosial faktorlar yihindisi boʻlgan
oʻrab turgan muhiti
Hodisa –
insonlarga, tabiiy manbalarga negativ ta’siridan zarar
keltiruvchi voqeai.
Avariya –
texnik tizimdagi insonlarni vafotisiz yuzaga kelgan xodisa
Falokat –
texnik tizimlardagi insonlarni vaofti yoki yoʻqolishi bilan
kuzatiladigan hodisa.
Tabiiy ofat
–biosferani vayronlovchi, yer yuzidagi odamlarning oʻlimi yoki
salomatligini yoʻqotishga olib keluvchi favqulotdagi hodisa.
Biosfera–
Yer yuzidagi hayotni tarqalish maydoni boʻlib, oʻz ichiga texnogen
ta’sirga yoliqmagan atmosferaning quyi qatlamini, gidrosferani va yerning yuqori
qatlamini oladi.
Texnosfera–
insonlarning oʻzini moddiy va ijtimoiy-iqtisodiy extiyojlarini
qon2 sh maqsadida bevosita yoki bilvosita texnik vositalar yordamida oʻzgangan
BIOSfera regioni.
Ishlab chiqarish muhiti
– inson ish faoliyatini olib boradigan boʻshliq.
Xavf
–
tirik va tirik boʻlmagan materiyaning shu materiyaning oʻziga, ya’ni odamlarga,
tabiatga, moddiy boyliklarga ziyon keltiruvchi salbiy xususiyati
Havfli ishlab chiqarish omillari (HIO)
– shunday ishlab chiqarish omillari
hisoblanadiki, bunda ma’lum bir sharoitlarda ushbu omillar ta’sirida ishchilarga
jarohat yetkazilishi yoki ularning sogʻligining keskin tarzda buzilishiga olib kelishi
mumkin.
Jarohat
– odam organizmi toʻqimalarining buzilishi va uning tashqi ta’sirlar
41
natijasida funksiyasining izdan chiqishi.
Zararli ishlab chiqarish omillari
(
ZIO
) – ma’lum bir sharoitlarda
ishchilarning mehnat qobiliyati.
Issiqlik oʻtkazuvchanlik
– bevosita bir biriga tegib turuvchi qismlar boʻylab,
issiqlikning tartibsiz koʻrinishdagi mikro zarrachalarning (atomlar, molekulalar
yoki elektronlar) harkatlanishi (issiqlik) tarzida uzatilishi.
Konveksiya
– makroskopik hajmdagi gazlar yoki suyuqliklarning
harakatlanshi yoki aralashishlari natijasida issiqlikning tarqalishi.
Issiqlik nurlanishi
– turli xil toʻlqin uzunliklariga ega boʻlgan, atom va
molekulalarning issiqlik harakatlanishlari natijasida yuzaga keluvchi elektromagnit
tebranishlar tarzida tarqalishi.
Ruxsat etilgan sharoitlar
– ishlab chiqarish inshootlarida mavjud boʻlgan
shunday mikro iqlim koʻrsatkichlarini ifodalaydiki, bunda ushbu sharoitlarning
odam organizmiga uzoq vaqt davomida tizimli tarzda ta’sirida organizmda keskin
tarzdagi meyoriy funksional oʻzgarishlarni keltirib chiqarmaydigan, organizmda
zoʻriqishli termoregulyasiya mexanizmlarini talab qilmaydigan, ya’ni odam
organizmning fiziologik imkoniyatlari darajasidan chiqib ketmaydigan ta’sirlardir.
Yaqqol issiqlik
– bu ishlab chiqarish inshooti mikro iqlimiga ushbu joyda
mavjud boʻlgan qurilmalar, isitish asboblari, quyosh nurlari issiqligi, odamlar va
byuoshqa ushbu inshoot havosiga qizdiruvchi ta’sir koʻrsatuvchi issiqlik
manbalaridan chiquvchi issiqlik miqdorlari.
Shamollatish -
xonadan ifloslangan havoni chiqarib, oʻrniga toza havoni
kiritishni ta’minlovchi va boshqaruvchi havo almashinuvi.
Tabiiy shamollatish
- havo massasining harakati xona tashqarisidagi
bosim bilan ichidagi bosim ayirmasi natijasida yuzaga keladigan tizim.
Zararli modda - zamonaviy usullar bilan aniqlanadigan inson bilan
kontaktda jarohatlanishlar, kasalliklar yoki sogʻligʻidan chetga chiqishlar, umriga
va kelgusi avlodiga ta’sir etuvchi modda.
Ishchi zona havosidagi zararli moddalarning YQOD
- zamonaviy izlanish
42
usullari orqali aniqlanishi mumkin boʻlgan, 8 s ish vaqtida, 41 soatlik ish
xaftasida, butun ish jarayonida butun hayoti mobaynida inson sogʻligʻiga, uning
avlodiga zarar keltirmaydigan yoki kasallantirmaydigan miqdori.
Toksik xususiyat
– zaxarlilik, bir qator kimyoviy va biologik faol
moddalarning tirik organizmlarga nisbatan zararli ta’sirga egaligini ifodalaydi.
Sensibilizasiya
– odam organizmi toʻqima va hujayralarining sezuvchanlik
xususiyatining ortib ketishi.
Allergiya
– odatdan tashqari, meyoriy boʻlmagan holatdagi organizmning
javob reaksiyasidan iborat boʻladi, masalan qizargan shishlarning paydo boʻlishi.
Ishlab chiqarish yoritilishi
– odamning mehnat faoliyatida ishlash
sharoitining ajralmas qismi.
Tabiiy yoritilganlik –
ishlab chiqarish inshootining ishlash sohasining
bevosita yoki aks etuvchi.
Sun’iy yoritilganlik –
ishlab chiqarish inshootlarining elektr chiroqlari va
projektorlar yordamida yoritilishi holatdagi quyoshdan tushuvchi yorugʻlik
ta’sirida yoritilishi.
Vibratsiya -
oʻzgaruvchan fizik maydon ta’sirida boʻlgan jismlarda yoki
qattiq jismlarda yuzaga keladigan kichik mexanik tebranishlar.
Shovqin
- odam uchun yoqimsiz xar
q
anday turli xil chastota va jadallikdagi
tovushlar.
Ionlashtiruvchi nurlanishlar
- ular muhit bilan ta’sirida turli xil belgiga ega
boʻlgan (manfiy va musbat) elektr zaryadlari (ionlar) xosil boʻladi.
Havfli soha
– bu ishchilarga havfli yoki zararli ishlab chiqarish omillarining
(ushbu holatda ionlashtiruvchi nurlanish) ta’sir qilish ehtimolligi boʻlgan soha.
Termoelektron emissiya
– issiqlik harkatlanishi ta’sirida (qizdirilganda)
metalldan elektronlarning chiqishi.
Dielektrik xususiyatga ega moddalar
– deyarli elektr tokini oʻtkazmaydi,
yarim oʻtkazgichlar esa – katta sinfni tashkil qiluvchi moddalar boʻlib, qarshiligi
katta oraliqlarda oʻzgaishga ega boʻladi hamda harorat organ holatda katta
43
miqdorda qarshiligi qiymati pasayishi kuzatiladi.
Himoyalovchi yerga ulash
- kuchlanish ostida qolishi mumkin boʻlgan metalli
tok yurmaydigan qismlarini oldindan yerga ulab qoʻyish.
Himoyalovchi oʻchirish - tez harakat etuvchi himoya vosita, inson hayoti
uchun xavfli kuchlanish hosil boʻlishi bilan, elektr uskunani avtomatik holatida
oʻchirishni ta’minlaydi.
Chaqmoqdan himoya –
ishlab chiqarish miqyosida foydalaniladigan
inshootlarni va aholi yashash binolarini ularga chaqmoq tushishida halokat yuz
berishi, yongʻin yuz berishi kabi salbiy holatlarning oldini olish tizimlari.
Chaqmoq
– juda oʻlkan oʻlchamdagi havo hajmi boʻylab yuzaga keluvchi
oʻzimga xos turdagi elektr toki hisoblanib, bunda chaqmoqning xosil qilish manbai
– chaqmoq xosil qiluvchi bulutlarda toʻplangan atmosfera zaryadi hisoblanadi.
Zich yopilganlik
- suyuqlik va gazlarning har xil qurilmalar va idishlar,
truboprovodlar ulangan qismlari orqali sizib chiqmasligini ta’minalash
Xavfli zona
-mashina va mexanizmlarning inson xayotiga va sogʻligʻiga
xavftugdiradigan holatlarni vijudga keltiradigan joylari
Yonish
- yonuvchi moddalardagi murakkab oksidlanish jarayonida bir
moddadan ikkinchi moddaga aylanishi katta mikdorda issiklik va nurlanish
ajralishi bilan kechadigan hodisa.
44
Do'stlaringiz bilan baham: |