5. Talabalarning mustaqil ishlari uchun beriladigan mavzular
Ushbu oʻquv fani boʻyicha talabaning mustaqil ishi mavzulari ma’ruzalar
konspekt iva tavsiya etilgan adabiyotlar hamda davriy jurnallar va internet saytlari
bilan ishlashni, amaliy ishlarni oʻtishda tayyorgarlik koʻrishni, referatlar yozishni,
standart talablariga mos ravishda mustaqil bajarishni oʻz ichiga oladi va mavzulari
quyidagilardan iborat:
1.
HFX muammolarini oʻrganishga katta hissa qoʻshgan jahon va vatanimiz
olimlari. Ularning asosiy ilmiy-amaliy ishlari.
2.
Xavflarni kvantifikatsiyalashning sonli, balli va boshqa uslublarini tahlil
qilish.
3.
Xavfsizlikni ta’minlash tamoyillari va uslublarini tahlil qilish.
4.
Faoliyatning turli bosqichlarida xavfsizlik shartlarini tahlil qilish.
14
5.
Faoliyat xavfsizligini ta’minlashning ergonomik koʻrsatkichlarini tahlil
qilish.
6.
Ish oʻrnini tashkillashtirishning talablari.
7.
Inson antropometrik koʻrsatkichlarining faoliyat xavfsizligiga ta’siri.
8.
Faoliyat xavfsizligini ta’minlashda psixologik omillarning ahamiyati.
9.
Oʻzbekiston Respublikasida hayot faoliyat xavfsizligini ta’minlash
sohasida qabul qilingan qonun va meyoriy hujjatlar tizimi.
10.
Hayot faoliyati xavfsizligi fani boʻyicha glossariy tuzish.
11.
Insonning fiziologik va psixologik tavsiflarining xavfsizlikni
ta’minlashdagi ahamiyati.
12.
Odam anatomiyasining (antropometrik parametr-larining) xavfsizlikni
ta’minlashdagi ahamiyati.
13.
Hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlashga oid xalqaro tajriba va
izlanishlar taxlili.
14.
Hayot faoliyati xavfsizligini ta’minlashga oid chet davlatlarda qabul
qilingan qonunlar va meyoriy hujjatlar taxlili.
15.
Shovqin va titrashdan himoyalanish texnik vositalarining guruhlanishi va
tuzilishi.
16.
Mashina va mexanizmlar uchun texnika xavfsizligi talablari
keltiriladigan meyoriy hujjatlar tizimi.
17.
Davlat yongʻin xavfsizligi xizmati.
18.
Respublika boʻyicha yongʻinlar sodir boʻlishi va ularda koʻriladigan
zararlar toʻgʻrisida statik ma’lumotlar taxlili.
19.
Yongʻindan himoyalanishning zamonaviy texnik vositalari.
20.
Xalqaro terrorizm va terroristik tashkilotlar.
21.
Oʻzbekistonda boʻlishi mumkin boʻlgan texnogen xavflar.
22.
Markaziy Osiyoda boʻlishi mumkin boʻlgan tabiiy xavflar.
23.
“Aholini va hududlarni tabiiy hamda texnogen xususiyatli favqulodda
vaziyatlardan muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi qonun bandlarini oʻrganish.
15
24.
Favqulodda vaziyatlarda ularning oldini olish va harakat qilish davlat
tizimi(FVDT)ning strukturaviy tuzilishini oʻrganish.
25.
“Fuqaro muhofazasi toʻgʻrisida”gi qonun bandlarini oʻrganish.
26.
“Terrorizmga qarshi kurash toʻgʻrisida”gi qonun bandlarini oʻrganish.
27.
“Xavfli ishlab chiqarish obyektlarining sanoat xavfsizligi toʻgʻrisida” gi
qonun bandlarini oʻrganish.
Mustaqil ish mavzulari umuman texnik oliy oʻquv yurtlari, xususan Toshkent
arxitektura qurilush instituti barcha bakalavriat ta’lim yoʻnalishlari boʻyicha tahsil
olayotgan talabalarga moʻljallangan boʻlib, fan dasturi doirasidan chiqmagan
holda27 ta mavzuni qamrab olgan. Bu hol oʻqituvchi uchun mustaqil ishlar rejasini
tuzishda koʻproq ta'lim yoʻnalishlarini hisobga olish imkoniyatini yaratsa, talaba
uchun mustaqil ish mavzusini oʻz xohishi boʻyicha tanlash erkinligini oshiradi.
Topshiriqni bajarish natijalari boʻyicha xulosa chiqarish va tavsiyalar berishni
hamda ularni ijtimoiy hayotning tegishli sohalarida qoʻllash imkoniyatlarini
aniqlashni amalga oshirishi kerak. Har bir topshiriq uchun batafsil adabiyotlar
roʻyxati ilova qilingan boʻlib, kitoblarning sahifalarida koʻrsatilishi talabaning
vaqtini tejaydi va diqqat e'tibori tarqalib ketishiga yoʻl qoʻymagan holda, aynan
oʻrganilayotgan mavzuda jamlanishni ta’minlaydi. Adabiyotlar ichida mustaqil
ishni bajarishga va referat yozishga doir uslubiy tavsiyalarning mavjudligi talaba
mehnatini yanada yengillashtiradi.
Mustaqil ish mavzulari zarurat va imkoniyatlarga qarab, yanada koʻpaytirilishi
mumkin. Masalan, agar fakultetlarning xususiyati hisobiga olinadigan holda,
Iqtisodiyot fakulteti talabalari uchun talabada shaxs rivojlanishining genetik,
fiziologik va psixologik asoslari, shaxs va jamiyat muommolari, shaxs faolligi va
faoliyat turlari, shaxs individual xususiyatlari, undagi insoniy munosabatlarga
toʻxtalgan holda topshiriqlar berilsa, bunga oʻxshash mavzular boʻyicha
topshiriqlar tuzish maqsadga muvofiq boʻladi.
Texnik yoʻnalishlar boʻyicha mutaxassislar tayyorlovchi fakultet talabalarini
dolzarb vazifalari, uni amaliy tadbiq etish, uning tarmoqlari, shaxs va jamiyat,
16
shaxs dunyoqarashi, ijtimoiy mulk motivlari, sogʻlom fikr va sogʻlom ma'naviyat,
shaxs taraqqiyoti haqida gap ketadi. Guruhlarda ijtimoiy faoliyat va guruh turlariga
bagʻishlangan topshiriqlar berilsa, oʻzlashtirish yanada muvaffaqiyatli boʻladi.
Topshiriqlar mavzusini boyitib, yanada detallashtirish mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |