Оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Kurashchilarning sport trenirovkasi qonuniyatlari hamda ulardan kelib



Download 7,26 Mb.
Pdf ko'rish
bet317/400
Sana23.01.2022
Hajmi7,26 Mb.
#405762
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   400
Bog'liq
fayl 1815 20210915

 
Kurashchilarning sport trenirovkasi qonuniyatlari hamda ulardan kelib 
chiqadigan muhim qoida va talablar 
 
Yakkama-yakka  kurashish  turlaridagi  sport  trenirovkasi  sportchilarining 
asosiy  tayyorgarlik  formalari  sifatida  jismoniy  tarbiya  sistemasining  barcha 
qonuniyatlari,  xususiyatlari  va  printsiplariga  buysunadi.  Ular  quyidagilardan 
iborat: 
-  har  tomonlamalik,  ya’ni  aqliy,  axloqiy,  gʻoyaviy,  siyosiy,  jismoniy  va 
estetik tarbiya hamda mehnat tarbiyasining qoʻshib olib borilishi; 
- ilmiylik; 
- sogʻlomlashtirish va amaliy yunalishda; 
- boʻlishlik; 
- xalqchilik va internatsionalizm. 
Bu  printsiplarning  mazmunini  jismoniy  tarbiya  sistemasining  sotsial 
funktsiyalarni,  ijtimoiy  taraq-qiyot  qonuniyatlari  va  qurilish  vazifalari  bilan 
belgilanadi.  Sistema  kishilarning  jismoniy  tomondan  takomillashuviga  yordam 
berishga,  ularda  keng  dunyoqarash,  yuksak  axlokiy  sifatlar  va  toʻgʻri  estetik 
idrokni tarkib toptirishga da’vat etilgan. 
Jismoniy  tarbiya  sistemasi-xalqimizning  jismoniy  kamol  topishiga qaratilgan 
tashkiliy,  metodologik,  ilmiy-pedagogik  printsiplar  va  talablar  yigʻinlari  boʻlib 
hisoblanadi.  Shu  boisdan  ham  u  oila  tarbiyasidan  tortib  to  Qurolli  kuchlardagi 
jismoniy  tayyorgarlik  va  professional  amaliy-jismoniy  tayyorgarlikkacha  boʻlgan 
oʻz  bosqichlariga  ega.  Kurashchilarning  sport  trenirovkasi  oʻziga  xos 
xususiyatlarga  ega  va  bu  xususiyatlar  boshqa  sport  turlarida  yuqdir.  Bu  esa 
trenerlari ana shu xususiyatni e’tiborga olishga majbur etadi. Chunki uning asosida 
sport  trenirov-kasiga  xos  boʻlgan  imkomkniyatlar  yotadi.  Bu  qonuniyatlarga 
quyidagilar kiradi: 
1)  Qat’iy  ixtisolashish  va  trenirovka  protsessini  individuallashtirish  tufayli 


328 
yuqori  sport  natija-lariga  intilish  hissi  va  shunga  yoʻnalganlikni  tarbiyalash.  Bu 
mamlakatimizda  sport  faoliyatining  tashkil  etilishi,  musobaqalar  sistemasi  va 
sportning ragʻbatlantirilishi kabi barcha yoʻllar bilan qiziqtirish natijasida amalga 
oshiriladi. 
2)  Tanlagan  sport  turida  har  tomonlama  rivojlanish  bilan  ixtisoslashishning 
birilgi hamda shaxsni garmonik rivojlantirishga intilish. 
3)  Tanlangan  sport  turida  yil  davomida  va  koʻp  yillar  mobaynida  trenirovka 
protsessining  oʻzluksizligi.  Trenirovkalarning  sportchi  organizmning  funktsional 
imkoniyatlarini  maksimal  rivojlanti-rishga  va  har  bir  mashgʻulotdan  olingan 
samaraning bundan oldingi mashgʻulot samarasiga qoʻshilib borishini hisobga olib, 
mahorat  choʻqqilariga  erishishga  qaratilganligi.  Bunda  agar  organizmning  talab 
etilgan  holati  qisman  boʻlsada  tiklanmasligi  koʻzatilsa,  trenirovkalarning 
davriyligiga  yoʻl  qoʻyiladi.  Sportchining  trenirovka  yuklamalari  va  dam  olishi 
qayta koʻrib chiqiladi. 
4)  Yuklamalar  dinamikasida  maksimumga  yoʻl  tutib  asta-sekin  va  sakrab-
sakrab mashq qilishni qoʻshib olib borish.  
Maksimum  yuklama  deganda  organizmning  funktsional  imkoniyatlari 
doirasidagi  yuklamani  tushunmoq  kerak  va  hech  qachon  uni  holdan  toyguncha 
yuklama berish bilan tenglashtirish mumkin emas .  
5)  Trenirovka  jarayonining  tsiklligi  deganda,  trenirovka  ishi  davrlari  va 
fazalarining  ayrim  mashqlar,  mashgʻulotlar,  trenirovka  bosqichlari  va  davrlari 
qisman takrorlanadi. Ana shu tsiklli davrda mikrotsikllar 3-5 kun, mezotsikllar va 
makrotsikllar farqlanadi.  
Bundan  tashqari  trener  va  sportchi  sport  trenirovkasi  jarayoniga  ijodiy 
yondashishlari kerak. Negaki, ijodiylik har bir ishda zarurdir va unga har bir yosh 
sportchini  birinchi  kundanoq  oʻrgatish  lozim.  Ishga  faqat  professional  mahoratni 
emas  balki  qalb  toʻrini  ham  sarflab  kirishish  kerak.  Bularning  barchasi  milliy 
kurash trenerlariga ham taalluqlidir. Sport bilan miliy kurash bilan shugʻullanishga 
yondashish hissini hosil qilish uchun quyidagi vazifalarni xal etish zarur.  
1)  Trenirovkalarning  maqsadi  va  vazifalarni  tushinishga  oʻrgatish  hamda 
yuqori natijalarga oʻz-oʻzini takomillashtirishga intilish hissini tarbiyalash kerak. 
2)  Mehnatsevarlikni,  yuksak  intizomlilikni  tarbiyalash,  sport  rejimiga  axloq 
normalariga qat’iy rioya qilishga odatlantirish lozim. 
3)  Texnik–taktik  harakatlarning  ma’nosiga  tushunish,  sherigi,  raqiblarining 
fikrlari  va  harakat  uslubini  bilib  olishga  oʻrgatish,  kurash  nazariyasini  chuqur 
analiz qilish yuli bilan oʻz tajribasini boyitish zarur.  
4)  Usullarning  asosiy  strukturasini  egallab  olishda  faollikni  va  kurashdagi 
masofa, raqibini ushlab olish, kurash sur’ati, tezligi amplitudasini oʻzgartirish bilan 
texnik  harakatlarni  ijodiy  bajarish  malakasini, turli xil taktik vazifalarni  hal  etish, 
kurash vaqtida yangi usul va kurash vaziyatlari paydo qilish uquvini tarbiyalash. 
5)  Texnik-taktik  harakatlarni  rivojlantirish,  oʻz  kurash  usulini  majbur  etish, 
gʻalabaga  erishish  uchun  darsdagi  trenirovka  harakatlarini  kurash  vaziyatida 
malakalariga oʻrgatish. 
6)  Asosiy  va  orqada  qoluvchi  harakat  sifatlarini  va  oʻz  repertuaridagi 
kurashish  xarakatlariga  oid  kunikmalarini,  kurash  variantlari  va  kombinatsiya-


329 
larini rivojlantirish uchun uy sharoitida doimo oʻz  mahoratini takomillashtirishga 
odatlantirish. 
 
Shugʻullanuvchilarga ta’lim va tarbiya berish usuliyotlari 
 
Ta’lim va tarbiya tajribasida yettita asosiy metodlar gruppasi mavjud boʻlib, 
ularni trener yaxshi bilishi kerak. 
1)  Bilim  berish  metodlari  tematik  lektsiyalar,  suhbat,  hikoya,  munozara, 
axborot,  qisqacha  xabar,  vazifa  qoʻyish,  hisobot  berish,  tushuntirish,  texnika 
taktikani tahlil qilish va hokazo. 
2)  Koʻrsatish  metodlari:  trenerning  mashqlarni  va  usullarni  butun  soʻng 
qismlarga boʻlib, soʻngra tushun-tirishlar berish bilan birga qoʻshib namunali qilib 
koʻrsatishi,  eng  yaxshi  oʻquvchilarning  harakatlarini  koʻrsatish,  koʻrsatmali 
qurollar,  chizmalar,  jadvallar,  maketlar  kino  va  televizion  lentalarni  namoyon 
qilish, trener yordamida harakatlarni sezish hissini hosil qilish va boshqalar. 
3)  Shugʻullanuvchilarga  rahbarlik  qilish  metodlari  jamoa,  buyruq,  sanab 
turish, ba’zan  musiqa joʻrligi ijodiy  mustaqil faoliyat uchun beriladigan vazifa va 
topshiriqlar vaqt, sur’at, va ritmda intensivlikda amplituda buyicha, taktik sabab va 
hokazolarga qarab moʻljal olish. 
4)  Trenirovka  ishlarini  samarali  va  xafsiz  tashkil  qilish  uchun 
shugʻullanuvchilar  faoliyatni  uyushtirish  metodlari,  shugʻullanuvchilar  faoliyatni 
raqibsiz,  guruhli,  bir  kishi  ijro  etadigan  qilib  tashkil  etish,  faoliyatni  yordamchi 
snaryadlarda  shartli  raqibi  bilan,  snaryad,  trenajyor,  bilan  tashkil  etish  faoliyatini 
sherigi yoki raqibi bilan olishuvda – sparringda tashkil etish va xokazo. Faoliyatni 
trener  oʻqituvchi  oʻrniga  ish  koʻruvchi  kishi  bilan  oʻtkaziladigan  individual 
darslarda  tashkil  etish,  shugʻullanuvchilar  faoliyatini  bir  bola  oʻquvchi,  boshqasi 
esa trener boʻladigan oʻzaro darslar sifatida tashkil etish faoliyatni turli ob’ektlarda 
aylanma  trenirovkada,  aylanma  boʻyicha  oʻrin  almashib  tashkil  etish, 
shugʻullanuvchilar  faoliyatni  oʻquv  va  kalendar  musobaqalar  sharoitida  tashkil 
etish. 
5)  Mashq  metodlari  harakatlarni  usullarni  koʻp  marta  takrorlash  uslubi 
sifatida  harakat  amallarining  asosiy  strukturasini  va  ular  variantlarining  egallab 
olinishini,  shuningdek,  eng  muhim  jismoniy  irodaviy  va  boshqa  sifatlarni 
rivojlantirishni  ta’minlashi  kerak.  Kurash  turlarida  quyidagi  mashq  metodlaridan 
foydalaniladi:  bir  snaryadda  yoki  bir  snaryad  bilan,  bir  sherigi  yoki  raqibi  bilan 
jiddiy oʻzgarishlarsiz takroriy standart yuklama berish metodi, muayyan dam olish 
paoʻzalari boʻlgan oʻzluksiz ishlash dozalari bilan bajariladigan intervalli, takroriy 
standartli va variantli yuklamalar metodi keskinlikni emotsionallikni va natijalarni 
baholash uchun musobaqa yuklamasi metodlari, harakat faoliyatni xilma-xil qilish 
va yuklamarni toʻgʻri navbatlashtirish uchun aralash metodlari qoʻllaniladi.  
6)  Yuklamalar  dozalarga  boʻlish  metodlari  ish  bilan  dam  olishni  toʻgʻri 
tartibga  solib  turish  uchun  qoʻllaniladi.  Yuklama  ishlarning  soni  hamda  vaqti, 
mashq  va  usullarni  bajarish  tezligi,  chastotasi  va  intensivligi  boʻyicha  ishning 
davom  etishi  va  tizigligi  boʻyicha  oʻzluksiz  ish  dozalari  va  ular  oʻrtasidagi  dam 
olish  paoʻzalari  boʻyicha,  qiyinchiligi,  tayyorgarligi,  sherigi  yoki  raqiblarining 


330 
qobiliyatlari  boʻyicha  oʻquv-musobaqa  bellashuvlarining  keskinlik  darajasi  va 
mas’uliyatligi boʻyicha dazalarga boʻlinadi. 
Yuklamalarni  tartibga  solishda  trener  individual  yoki  muayyan  gruppachalar 
boʻyicha bajari-ladigan ish miqdorinii belgilashi kerak. 
7) Shugʻullanuvchilarni baholash va nazorat qilish metodlari ayrim sportchilar 
va umuman, kollektiv faoliyatini ragʻbatlantiradi. Ular teskari aloqa vositasi trener-
sportchi, sportchi-trener boʻlib xizmat qiladi. 
Bunda pedagogik nazoratning fazali va jami axborot va baholash formasidagi 
turli  yoʻnalishlari  nazarda  tutiladi.  Ular  baholashning  besh  balli  yoki  oʻn  balli 
sitemasi boʻyicha, proyentlarda, santimetrlarda, vaqt boʻlaklarida, kilogrammlarda, 
refleksometriya,  tanometriya  ma’lumotlari  va  hokazolarda  ifodalangan  raqamli 
koʻrsatgichlarga ega boʻlishi kerak. Pedagogik baho berishda soʻz bilan beriladigan 
signallarham  xuddi  shunday  toʻhri,  tezroq,  qattiqroq,  pastroq,  yuqoriroq,  yaxshi, 
a’lo va hokazolar ham qoʻllanishi mumkin. Ularda yordamchi ahamiyatga ega. 
 

Download 7,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   313   314   315   316   317   318   319   320   ...   400




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2025
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish