2. Badminton o‘yin qoidalari.
Qur’a tashlash.
Match boshlanishidan oldin qur’a tashlash olib boriladi:
qur’a tashlashda yutib olgan tomon to‘p uzatishni yoki qabul qilishni tanlaydi va
shu bilan birga, kort maydonining u yoki bu tomonida o‘yinni boshlashni tanlaydi.
Qur’a tashlashda yutqazgan tomon bundan so‘ng qolgan tanlovni amalga oshiradi.
Match boshlanishidan oldin ishtirokchilarga badanni qizdirib olishi uchun 2 daqiqa
vaqt beriladi.
Hisob.
Match 3 geymdan iborat bo‘ladi va 2 ta geymda g‘alaba qozongunga
qadar o‘tkaziladi. Birinchi bo‘lib 21 ochkoni qo‘lga kiritgan tomon geymni yutadi.
Hisob “20-20” bo‘lganida, 2 ochko farqqa ega bo‘lgan birinchi tomon geymda
g‘olib hisoblanadi. Hisob “29-29” bo‘lganida, 30 ochkoni yutgan tomon geymni
yutadi. Geymni yutgan tomon keyingi geymda birinchi bo‘lib to‘p uzatishni
amalga oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |