Оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


O‘rta yoshdagi bolalarga beriladigan harakatli o‘yinlar



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet92/254
Sana23.05.2023
Hajmi5,01 Kb.
#942828
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   254
Bog'liq
MUTAXASSISLIK FANLARINI O‘QITISH METODIKASI Oquv qollanma

O‘rta yoshdagi bolalarga beriladigan harakatli o‘yinlar 
O‘smirlar foaliyatidagi boshqa o‘yin turlari orasida harakatli o‘yinlar kichik 
maktab yoshidagi bolalarga nisbatan kamroq o‘rin yegallaydi. O‘smirlarning didi 
yoki ko‘ngliga ma`qul harakatli o‘yinlar soni tobora kamayib borsa ham, biroq ular 
ko‘proq aniq shakllangan bo‘ladi. Bunday o‘yinlarning maqsadga yo‘naltirilganligi 
o‘smirlarning u yoki boshqa sport turiga bo‘lgan qiziqishini aks yettiradi.
O‘qituvchi harakatli o‘yinlarni o‘tkazishda V-VIII-sinf o‘quvchilarining 
yosh xususiyatlari, ular organizmi o‘sishi jihatlari bilan ifodalanishini unutmasligi 
va shu sababli dars mashg‘ulotlari vaqtida uyushtiriladigan o‘yinlarni asta-sekin 
murakkablashtirib, maqsadga muvofiqlashtirib borishi lozim. 
O‘smirlar bilan harakatli o‘yinlarni o‘tkazishda 11-14 yoshli o‘g‘il va qiz 
bolalarda (5-8 sinf o‘quvchilari)ning yoshini hisobga olish kerak, chunki bu 
yoshda organizm birmuncha tez o‘sadi. Bunda suyak sistemasi tez rivojlanib, 
ayniqsa uzun turubkasimon yoki naysimon suyaklar tez o‘sadi (qo‘l va oyoqlar), 
ichki a`zolar o‘sishda davom yetadi. 
O‘smirlar tez ta`sirchanligi bilan farqlanadilar. Buning sabablaridan biri – 
ko‘p harakat talab qiladigan o‘yinlar o‘smirlarda yurakning tez-tez qisqarishi va 
qon bosimining oshishini keltirib chiqaradi. Biroq yuqorida aytilganlardan 
chiniqqan o‘smirlarning sog‘lom yurishini to‘la sog‘lom yemas degan xulosa kelib 
chiqmaydi, albatta. A.A.Jemchujnikova, YA.A.Yagolinskiy, R.E. Moshilyanskaya 
va boshqalarni ishlarida o‘smirlarning yurak–qon tomirlari tizimi tezlik va 
chidamlilik yuklamalariga yaxshi moslasha olishi namoyish yetilgan. Biroq 
o‘smirlarning yurak–qon tomir tizimiga haddan tashqari katta yuklama tushib, 
ortiqcha mashq qilingan holat yurakka salbiy ta`sir ko‘rsatishi mumkin. 
O‘smirlarning yurak-qon tomir tizimlarini rivojlantirishda o‘ziga xos 
xususiyatlarini hisobga olish, harakatli o‘yinlar bilan shug‘ullanishida quyidagi 


158 
asosiy talablarga rioya qilinishi kerak: 
Asta-sekinlik, ketma-ketlik, izchillik, xilma-xillik, har taraflamalilik. 
O‘yinda haddan tashqari katta yuklama berishdan yehtiyot bo‘lish kerak, 
Bunda o‘yinchilarni alohida yondashishga imkon boricha, amalga oshirish muhim 
ahamiyatga yegadir. 
O‘smirlarni jismoniy rivojlantirish jarayonida o‘ziga xos xususiyatlardan biri 
– o‘pka tiriklik sig‘imining bir muncha o‘sishidan iborat. O‘sib kelayotgan 
organizmning kislorodga bo‘lgan yehtiyoji kuchayadi. Shu davrda o‘smirlarda 
nafas olish ko‘pincha yetarli tejamkor, chuqur yemas, balki yuzaki, bo‘ladi. Shu 
bilan birga harakatli o‘yinlar bilan shug‘ullanish alohida gigiyenik ahamiyatga 
yega. O‘yinda xilma-xil, ser harakatlanish nafas olishga oshirilgan talabini kasb 
yetadi va shu bilan birga ko‘proq nafas olishga tejomkorlik yo‘llarini ishlab 
chiqarishga yordam berish tiplariga yega tez-tez chuqur nafas olish. 
Markaziy asab tizimi yuqori qo‘zg‘aluvchanligi va o‘zgaruvchan jarayonlari 
bilan ajralib turadi. Shuning uchun o‘smirlar harakatli o‘yinlarini ortiqcha 
asabiylashmay, charchashga yo‘l qo‘ymasdan, tartibli tarzda o‘tkazish lozim. 
Bosh qobig‘ini tartibga solishni borgan sari oshib borayotgan harakatlarini 
tejamkorlikka va aniqlikni, koordinatsiyani yaxshilanishiga yordam beradi, 
maqsadga yo‘naltirilgan harakatni, ongni, aqlni tetiklashtirish imkoniyatini 
oldindan aniqlaydi. O‘smirlarda bosh qobig‘ining hissiyot ustidan nazoratini 
osonlashtirish, ularga harakatli o‘yinlar jarayonida o‘zini tuta bilish, intizomlilik, 
o‘yinda o‘rtoqlariga nisbatan xushmuomalalikni tarbiyalaydi. 
O‘smir qobiliyati, uning yangi, takomillashgan harakatlari unga murakkab 
harakatli o‘yinlarda zarur bo‘lgan texnikani muvaffaqiyatli yegallash imkonini 
beradi. Ayniqsa, o‘yin yepchillik, muvofiqlik, harakatlarning o‘zaro mos kelishini 
talab qiladi. Bunday o‘yinlar yetarli uncha ko‘p bo‘lmagan jismoniy kuchayishi va 
o‘yin qatnashchilarini kuzata olish yetarli uzoq davom yetishi mumkin.
Ikki tomonlama o‘yin o‘smir mustaqillikka va mardonavor harakat qilishga 
undab, uni o‘zining jamoasi, jamoasining sharafini himoya qilishga qiziqishini 
orttiradi. Biroq bunda o‘smirlarning o‘zgarib turadigan xulqi, o‘zlariga to‘g‘ri baho 
bera olmaslik harakatli o‘yinlarning noto‘g‘ri tashkil qilinishi oqibatida noxush 
natijalar kelib chiqishi mumkin. 
O‘smirlarning ko‘pchilik o‘yinlari o‘yinchilar o‘rtasida yetarlicha darajada 
murakkab o‘zaro munosabatlarda tashkil qilinadilar. Bu o‘yinlar asosan jamoalar 
guruhlar yoki jamoalarga bo‘linib o‘ynaydigan o‘yinlardir. Shunga o‘xshash 
o‘yinlarda o‘smirlar jamoalari g‘alabasi uchun bir maqsad yo‘lida ongli ravishda 
birlashib kurashadilar.
Kichik yoshdagi bolalar o‘yinlariga nisbatan o‘rta maktab yoshidagi bolalar 
o‘yinlarining qoidalari murakkabroq bo‘lib, ular o‘rtasidagi o‘yin nizolarini hal 
yetishda o‘yin qatnashchilaridan iroda kuchi, sabotlilik va chidamlilik namoyon 
yetishni talab qiladi.
O‘smirlarning dramalashgan o‘yinlarga bo‘lgan qiziqishi sekin-asta ortib 
boradi. Dramalashgan o‘yinlar «turar joylarda» ko‘pincha sayyohlar, ovchilar, 
kurashni o‘zida aks yettirgan bo‘ladi. Bunday o‘yinlarda ko‘proq izquvarlik 
yelementlari, aloqa, sanitariya bo‘yicha oddiy malakalar qo‘llanib, bu ayniqsa 


159 
bolalar dam olish oromgohlarida keng qo‘llaniladi. 
Dramalashgan o‘yinlar ko‘pincha musiqa jo‘rligida va qahramonlarning 
raqslari bilan o‘tkaziladi. Bolalar katta yoshdagi kishilar hayoti, mehnat faoliyati, 
tabiiy hodisalarni, odamlar, hayvonlar va qushlarning hatti-harakatini kuzatib 
hamda xalq tomoshalarida qatnashib, o‘zlari ko‘rgan narsalarni o‘yinlarida 
tasvirlaydilar. Hayotni tasodifiy aks yettirish mazmunli-rolli, mazmunli – harakatli 
va sport o‘yinlari uchun asos bo‘lgan. 
O‘smirlar orasida dramalashgan o‘yinlarga nisbatan sport yelementlarini 
ichiga olgan o‘yinlariga, ya`ni texnik va tashxisi yelementlari mujassamlashgan 
o‘yinlar, shuningdek sport o‘yinlariga ko‘proq o‘rin beriladi. 
Respublikamizda o‘smirlar o‘rtasida sport o‘yinlari keng ommalashib 
bormoqda. Tabiiyki, o‘smirlar faqatgina natija uchun o‘tkaziladigan - futbol, 
bastketbol, qo‘l to‘pi kabi musobaqalarni tomosha qilib qolishi bilan cheklanmay, 
balki o‘smirlar sport musobaqalari kattalar o‘yin qoidalaridan farqli, ya`ni kichik 
maydonlarda, o‘yin vaqti qisqartirilgan, o‘yin qoidalari soddalashtirilib, vazni 
yengilroq to‘plarda o‘tkazilishi mumkin. 
O‘smir-qizlar o‘yinda o‘g‘il bolalarga nisbatan kuchsizroq, ammo ular 
nisbatan uzoq davom yetadigan, katta kuch sarf qilinadigan, tez harakatni talab 
qiladigan o‘yinlarda ular bilan barobar kurasha oladilar, shuning uchun ayrim 
jamoalarga 
bo‘linib 
o‘ynaladigan 
o‘yinlarda 
(«Arqon 
tortishish», 
«Tortishmochoq»,) ularga o‘zlarining tengqurlari o‘g‘il bolalar jamoasiga qarshi 
kurashish qiziqarli kechadi. 
O‘smir-qizlar organizmini mustahkamlashda umumiy ahamiyatga yega 
bo‘lgan o‘yinlar foydali (murakkab to‘siqlardan oshib o‘tish va muvozanat saqlash 
yelementlari mavjud o‘yin- yestafetalar) va qo‘l-oyoqlarning yepchil, aniq 
harakatini, gavdaning yegiluvchanligini talab qiladigan o‘yinlar (to‘pni otish va 
ilib olish, sakrash, yugurib o‘tish bilan birga qo‘shib bajariladigan o‘yinlar). 
O‘smir-qizlar o‘yin joylarida o‘yinashni yaxshi ko‘radilar. Bunday 
o‘yinlarda ayrim qizlar hujumkorlik harakatlariga, ya`ni to‘g‘ridan-to‘g‘ri raqibi 
bilan yaqinlashib borishga qiziqsalar, boshqalari «aloqachi» kabi rollarni 
bajaradilar. 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish