Оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Yengil atletika turlari texnikasini o‘rgatish asoslari



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet79/254
Sana23.05.2023
Hajmi5,01 Kb.
#942828
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   254
Bog'liq
MUTAXASSISLIK FANLARINI O‘QITISH METODIKASI Oquv qollanma

Yengil atletika turlari texnikasini o‘rgatish asoslari
Yengil atletik turlarning texnikasini o‘rgatish va uni takomillashtirish — 
mashq jarayonining tarkibiy qismidir. Yengil atletika ayrim turlari texnikasini 
o‘rgatish metodikasining umumiy asoslari quyida bayon etilgan. Ulardan eng 
muhimlari – o‘rganilayotgan texnika to‘g‘risida to‘g‘ri tasavvur hosil qilishning, 
to‘g‘ri harakat qilish va to‘g‘ri faoliyat ko‘rsatishni amalda bilishning, bajara 
olishni baholashning, xatolarni aniqlash va ularni tuzatishning metodlari va 
vositalaridir.
O‘rgatish metodlari
Sport texnikasini o‘rgatish uchun, o‘qituvchi uchta asosiy metoddan 
foydalanadi: so‘z metodi orqali — tushuntirish, ko‘rsatmali metod orqali — 
ko‘rsatish va amaliy metod orqali — bajartirish. Bu metodlarning asosiy vazifasi 
o‘rgatilayotgan yengil atletika turi haqida to‘g‘ri harakat tasavvurini hosil qilish, 
harakatni bilib olishga yordam berish, xatolarni ko‘rsatish va ularni tuzatishdir. 
Sport texnikasini o‘rgatish metodlarining har qaysisi, o‘zining ijobiy tomonlari 
borligiga qaramasdan, tez va samarali o‘rgatishni to‘la to‘kis ta’minlay olmaydi. 
Shuning uchun amalda hamma metodlar ayrim-ayrim ham, bir vaqtning o‘zida 
birga ham qo‘llanadi. Masalan, o‘qituvchi kerakli harakatni tushuntirayotib, bir 
vaqtning o‘zida ko‘rsatadi ham, o‘quvchi faoliyatini tuzatayotib, shu bilan birga 
qanday tuzatish kerakligini aytib ham beradi. Quyida ko‘rsatilgan metodlarni 
qulayroq bayon qilish uchun, ular alohidaalohida tasvirlangan.
So‘z metodi va undan foydalanish
Sport texnikasini o‘rgatishda so‘zning roli juda katta. Lekin so‘z bilan 
murakkab faoliyat haqida, harakat tezligi haqida, qancha kuch sarflash haqida, 
inersiya paytlari va boshqalar haqida tasavvur hosil qilish qiyin. Asosiy rol 
o‘ynaydigani — amaliy mashg‘ulotlar vaqtidagi tushuntirishlar. Bunda o‘quvchi u 


132 
yoki bu harakatni bajarishga intiladi, keyin, ko‘rsatma olib, kerakli harakatni qayta 
bajarishga urinib ko‘radi va hokazo. Ko‘p so‘zli, uzundanuzoq tushuntirishdan 
qochish kerak. Tushuntirishda ildamlab ketib qolmay o‘rgatishning ayni paytida 
nima kerak bo‘lsa, shu narsa to‘g‘risida gapirish kerak. O‘rgatish boshlarida qisqa, 
aniq tushuntirish kerak. Sport texnikasini o‘zlashtira borgan sari tushuntirish 
tobora ko‘proq detallarni o‘z ichiga olib, yanada chuqurroq bo‘la boradi. Oddiy 
tushintirish bilan birga, obrazli tushintirish ham qo‘llanadi. Bunda o‘quvchiga 
tanish bo‘lgan obraz va tasavvurlardan foydalaniladi. Masalan, yugurib kelib 
balandlikka «oshib o‘tish» usuli bilan sakrashni o‘rgatish paytida, ko‘pgina 
o‘quvchilar planka ustidan tik holatga o‘tishni bilib olishlari juda qiyin bo‘ladi. Bu 
qiyinchilikni yengish uchun, mana bunday obrazli tushuntirish qo‘llanadi: «Siz 
o‘tadigan plankani baland gimnastik stolga sakrab uning ustiga qorin bilan yotib 
olish kerak, deb faraz qiling». Masalan, yurish va yugurishda, odatda, sanoq yoki 
kerakli ma’romda bajariladigan boshqa tovush signallari yordamida ma’rom 
o‘rgatiladi. Texnikani o‘rgatish va takomillashtirish jarayonida o‘rganilayotgan 
mashqni bajarishdan oldin va uni bajarish paytida, eslatish va aytib turish 
muvaffaqiyatli qo‘llanadi. Sportchiga ma’lum, lekin yaxshi xotirlab qolinmagan 
yoki bajarish paytida esidan chiqib qolayotgan joylarinigina aytib turish mumkin. 
Aytib turish vasiylikka aylanib ketmasligi kerak. Ayniqsa musobaqa vaqtida bunga 
o‘rgatish yaramaydi. Nihoyat, sport texnikasini o‘rgatish natijasini tahlil qilish 
kerak. O‘qituvchining sportchi bilan suhbati, o‘rgatish natijasini baholashga, 
o‘quvchining harakat to‘g‘risida tasavvurini amalda bajarishi bilan taqqoslashga, 
uning texnikani qanday tushunishini tekshirishga, kelgusi mashg‘ulotlar uchun 
vazifalar belgilashga imkon beradi. Tahlil har mashg‘ulotda o‘rgatish jarayonida 
va ayniqsa mashg‘ulot oxirida o‘tkaziladi.

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   75   76   77   78   79   80   81   82   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish