2.5. Oliy ta’lim muassasalarida yengil atletika mashgʻulotlarini tashkil qilish
Jismoniy madaniyat ta’lim yoʻnalishi boʻyicha oliy ta’lim muassasalarida
yengil atletika mashgʻulotlarini tashkil qilish va oʻtkazishda oliy va oʻrta maxsus,
kasb-hunar ta’limi yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv-uslubiy birlashmalar faoliyatini
Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 2018 yil 18 avgustdagi 4-sonli bayonnomasi
bilan ma’qullanib, oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining 25 avgustdagi 744-
sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan fan dasturlari asosida oʻquv rejalarga muvofiq
amalga oshirilmoqda.
Oliy ta’lim muassasalaridagi jismoniy madaniyat ta’lim yoʻnalishida yengil
atletika va uni oʻqitish metodikasi fani umumkasbiy fan hisoblanadi. Ushbu fan
oʻquv rejaga muvofiq 2-4 kurslarda ya’ni 4-7 semestrlarda oʻqitiladi.
Yengil atletika va uni oʻqitish metodikasi fani boʻyicha jami umumiy
125
yuklamaning hajmi 510 soatni tashkil etadi. Shundan ma’ruza mashgʻulotlariga 32
soat, amaliy mashgʻulotlarga 200 soat, seminar mashgʻulotlarga 36 soat va
mustaqil ta’lim uchun 242 soat ajratilgan.
Yengil atletika va uni oʻqitish metodikasi fani boʻyicha tasdiqlangan oʻquv
fan dasturida quyidagi mavzularni oʻqitish koʻzda tutilgan.
Nazariy mashgʻulotlarga oid mavzular:
1-mavzu. Yengil atletika va uning turlari rivojlanishining tarixiy tavsifi.
2- mavzu. O‘zbekistonning jismoniy tarbiya tizimida yengil atletikaning
o‘rni.
3-mavzu. Yengil atletika bo‘limlari va ularning turkumlanishi
4-mavzu. Yengil atletika turlari texnikasini o‘rgatish
5-mavzu.Yengil atletika bilan shug‘ullantirishda umumiy rivojlantiruvchi
hamda maxsus mashqlarini bajarishni o‘rgatish
6-mavzu. Yengil atletika bilan shug‘ullantirish va uni o‘rgatish asoslari
7-mavzu.Yengil atletika mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan metodlarni
o‘rgatish.
8-mavzu. Ta`lim muassasalarida yengil atletika mashg‘ulotlarini tashkil
qilish va o‘tkazish.
9-mavzu. Sportcha yurish texnikasini o‘rgatish metodikasi
10-mavzu. Yugurish turlari texnikasini o‘rgatish metodikasi
11-mavzu. Sakrash turlari texnikasini o‘rgatish metodikasi
12-mavzu. Uloqtirish turlari texnikasini o‘rgatish metodikasi.
13-mavzu. Ko‘p kurash turlari texnikasini o‘rgatish metodikasi.
14-mavzu. Yengil atletika bo‘yicha o‘quv ishlarini tashkil qilish,
rejalashtirish va hisobini yuritish.
15-mavzu. Yengil atletika bo‘yicha sport inshootlari, jihozlari va ularni
ishlatish
16-mavzu. Yengil atletika bo‘yicha musobaqalarni tashkil qilish va
o‘tkazish, musobaqalardagi hujjatlar va hakamlik ishi.
Amaliy mashgʻulotlarga oid mavzular:
1. Yengil atletika turlari texnikasini o‘rgatish
2. Yengil atletika bilan shug‘ullantirishda umumiy rivojlantiruvchi hamda
maxsus mashqlarini bajarishni o‘rgatish
3. Yengil atletika bilan shug‘ullantirish va uni o‘rgatish asoslari
4. Yengil atletika bilan shug‘ullantirishda umumiy rivojlantiruvchi hamda
maxsus mashqlarini bajarishni o‘rgatish
5. Yengil atletika bilan shug‘ullantirish va uni o‘rgatish asoslari
6. Sportcha yurish texnikasini o‘rgatish metodikasi
7. Yugurish turlari texnikasini o‘rgatish metodikasi
8. Sakrash turlari texnikasini o‘rgatish metodikasi
9. Uloqtirish turlari texnikasini o‘rgatish metodikasi.
10. Ko‘p kurash turlari texnikasini o‘rgatish metodikasi.
11. Yengil atletika bo‘yicha o‘quv ishlarini tashkil qilish, rejalashtirish va
hisobini yuritish.
12. Yengil atletika bo‘yicha sport ingshootlari, jihozlari va ularni ishlatish
126
13. Yengil atletika bo‘yicha musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazish,
musobaqalardagi hujjatlar va hakamlik ishi.
Yengil atletika sport turining oʻziga xos umumiy va maxsus oʻquv-metodik
xususiyatlarini oʻrganish hamda ularni talabalarga oʻrgatish jarayonida quyidagi
masalalarni ham atroflicha oʻrganish maqsadga muvofiq boʻladi.
Yengil atletika - sportning eng ommaviy turlaridan biri. Turli masofalarga
yugurish, sportcha yurish, sakrash (balandlikka, uzunlikka, uch hatlab, langarchoʻp
bilan), uloqtirish (nayza, lappak, bosqon), yadro irgʻitish, koʻpkurash (oʻnkurash,
yettikurash) mashqlarini oʻz ichiga oladi. Yengil atletikada 50 dan ziyod mashq
bor, ulardan 49 tasi Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan (2000 yilgi Sidney
olimpiadasida
erkaklar
Yengil
atletikaning
22,
ayollar
20
turida
musobaqalashishdi). Bundan tashqari, Yengil atletika zamonaviy beshkurash va
triatlon sport turlarining bir mashqini tashkil etadi, barcha sport turlarining
mashgulot, ta’lim muassasalarining oʻquv, harbiy-tayyorgarlik, salomatlik
mashqlari, oʻquvchi-yoshlarning «Alpomish» va «Barchinoy» sport sinovlari
dasturidan joy olgan. Gomerning «Iliada», Ibn Sinoning «Tib qonunlari» va
boshqa kitoblarda Yengil atletika mashqlariga oid ma’lumotlar uchraydi.
Qadimgi Olimpiada oʻyinlarida (miloddan avvalgi 776 yildan milodiy 394
yilgacha) asosan Yengil atletika boʻyicha musobaqalar uyushtirilgan. Zamonaviy
Yengil
atletikaning
rivojlanishida
19-asrda
Angliyada
(1837
yildan)
musobaqalar, Afinada (1859 yildan) umumgrek oʻyinlari oʻtkazilishi va olimpiada
tiklanishi (1896 yildan)ning ahamiyati katta boʻldi. 1912 yilda Xalqaro havaskor
Yengil atletikachilar federatsiyasi (IAAF) tuzilgan, unga 200 mamlakat a’zo (2001
yil; Oʻzbekiston Yengil atletika federatsiyasi 1993 yildan a’zo). IAAF 1977 yildan
127
jahon kubogi (hozirgi kunda Gran-pri musobaqalari), 1983 yildan jahon
birinchiligi musobaqalarini oʻtkazib keladi.
Oʻzbekistonda Yengil atletikaga qiziqish 1885 yilda Margʻilonda shu turga
moslashtirilgan oʻyingoh barpo etilgandan keyin kuchaydi. Toshkentda 1902
yildan Yengil atletika musobaqalari, 1919 yildan mamlakat birinchiliklari, 1927
yildan spartakiada oʻtkazila boshlagan. Oʻzbekistonda 135 mingdan ziyod kishi
140 dan ortiq murabbiy qoʻl ostida Yengil atletika bilan shugʻullanadi,
murabbiylardan 3 nafari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi, 10 nafari
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustozi unvoniga ega (2001). Oʻzbekistonlik
Yengil atletikachilar 1952 yildan Olimpiada oʻyinlarida qatnashadi.
Olimpiadalarda Marina SHmonina (4x100 m ga estafetali yugurish, 1992)
128
oltin, Rodion Gataulin (langarchoʻp bilan sakrash, 1988) kumush medalni qoʻlga
kiritgan, Ramilь Gʻaniev (oʻnkurash, 1996) 8-oʻrinni egallagan. Oleg Ryaxovskiy
(uch xatlab sakrash), Roza Babich (200 m ga toʻsiqlar osha yugurish) va Tatьyana
Biryulina (nayza uloqtirish) jahon rekordini yangilagan. Ashur Normurodov (uzok,
masofaga yugurish) uch marta sobiq Ittifoq chempioni boʻlgan (1967— 69). Osiyo
oʻyinlarida 1994 yilda Svetlana Munьkova (balandlikka sakrash), Ramilь Gʻaniev
(oʻnkurash), Oksana Yarigina (nayza uloqtirish), 1998 yilda Oleg Veretelьnikov
(oʻnkurash), Sergey Voynov (nayza uloqtirish) oltin medalь bilan taqdirlangan
Yengil atletika AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Kuba, Xitoy kabi
mamlakatlarda yaxshi rivojlangan.
Oʻzbekiston yengil
atletika federatsiyasi
Rais: Ibragimov Gʻulomjon Inomovich
Birinchi rais oʻrinbosari: Rustamov Olimxon Bakievich
Rais oʻrinbosari: Ikramjanov Baxtiyor Ikramdjanovich
Bosh kotib: Ruzimuxamedov Kamoliddin Faxriddinovich
Tashkil topgan yili: 1992 yil
Do'stlaringiz bilan baham: |