Harakatli o‘yinlarni darsni asosiy qismiga mos holda o‘tkazish
metodikasi
Harakatli o‘yinlar jismoniy tarbiya metodi va vositasi sifatida maktabda
jismoniy tarbiya darsida va sinfdan tashqari mashgʻulotlarda keng qo‘llaniladi.
Harakatli o‘yinlar jismoniy tarbiya bo‘yicha maktab dasturiga mos ravishda
1-9 sinflarda gimnastika, yengil atletika, sport o‘yinlari, kurash, suzish bilan birga
qo‘shib olib boriladi. Jismoniy tarbiya darslarida harakatli o‘yinlar dastur
talablariga mos ravishda ta’limiy, tarbiyaviy va sogʻlomlashtirish vazifalarini xal
etishi uchun foydalaniladi.
Ta’limiy vazifalarga quyidagilar kiradi: yugurish, sakrash, uloqtirish
malakalarini mustaxkamlash va takomillashtirish shuningdek gimnastika, yengil
atletika, sport o‘yinlari, kurash va suzish mashgʻulotlarida egalagan malakalarga
ega bo‘ladi.
Tarbiyaviy vazifalarga quyidagilar kiradi: jismoniy (tezkorlik, epchillik,
kuch, merganlik, chidamlilik) va axloqiy irodaviy sifatlar (jasurlik, xalolik,
jamoatchilik va x.k). Sogʻlomlashtirish vazifasiga o‘quvchilarning organizimini
normal rivojlantirishga, ularni sogʻligʻini mustaxkamlashga yordam beradi.
Yuqorida aytib o‘tilgan vazifalar bir-biri bilan o‘zaro chambarchas
bogʻliqdir. Ularni hal etishda o‘quv tarbiyaviy jarayonni har xil tomonlarini
hisobga olish kerak. Xuddi shunday, “Kim chaqqon” o‘yinini o‘tkazishda chap
berib yugurish tezligini takomillashtirish uchun, kichik maktab yoshidagi bolalarda
bir vaqtni o‘zida dadillikni, ziyraklikni, o‘zini kuchiga ishonishni rivojlantirish
mumkin.
Jismoniy tarbiya darslaridagi o‘yinlarni boshqa mashgʻulot shakllaridan
farqi eng muhimi o‘yinni ta’limiy va sogʻlomlashtirish tomoniga diqqatni qaratish
176
kerak, shuningdek jismoniy tarbiya sifatiga ham.
Dars uchun o‘yin tanlashda, darsni vazifasini, o‘quv materialini, o‘yinga
kiruvchi harakat turlarini, o‘yinni fiziologik yuklamasini, ishlash uchun shart-
sharoitni hisobga olish zarur.
Har bir o‘yinda o‘yin qatnashchilaridan bilim va malakalarini namayon
qilishni talab qiladi, uni o‘yin jarayonida takomillashtiradi. Elementar o‘yinlarga
maxsus tayyorgarlikni talab qilmay. Biroq shunday o‘yinlar borki, murakkab
harakatlardan tashkil topgan o‘yinlar bor. Masalan, quyidagi o‘yinlarni
o‘quvchilarga taklif qilish mumkin emas, (“To‘p kapitanga”, “To‘p o‘rtadagiga”)
agarda ular to‘p oshirishni uni ilib olishni bilmasa va raqib bilan bir-biriga
tegishida uzatishni, yaxshi reaktsiyaga harakat koordinatsiyasini va boshqa zarur
bo‘lgan sifat va malakalarini egalab ololmaydi.
Agarda darsni asosiy qismini hammasi o‘yinga bagʻishlangan bo‘lsa, bunda
ko‘proq harakatli o‘yinlar bilan kamroq harakatlanadigan o‘yinlar bilan almashlab
olib boriladi, shu bilan birga harakatni xarakteri bo‘yicha turli-tuman o‘yinlar
tanlab olinadi.
Harakatli o‘yinlarni darsni hamma qismlariga kiritish mumkin. O‘yin
mazmuni shugʻullanuvchilarning tarkibiga va vazifasiga bogʻliqdir. Darsni
tayyorlov qismiga kam harakatli va murakkab bo‘lmagan o‘yinlarni kiritilishini
tavsiya qilinadi, bu o‘quvchilarni diqqatini tashkil qilishga (“Guruh tik tur!”,
“Ogʻma tayoq!”) yordam beradi, shuningdek o‘rtacha harakatdagi o‘yinlar bilan
bajariladigan umumrivojlantiruvchi harakterdagi mashqlar (“Taqiqlangan harakat”)
dir. Darsni asosiy qisimda tez yugurish, chap berish yoki aldab o‘tish chidamlilik,
to‘siqni oshib o‘tish har xil sakrashlar qarshilik ko‘rsatish, kurash, qo‘zgʻaluvchan
va qo‘zgʻalmaydigan nishonga uloqtirish bilan bajariladigan harakatli o‘yinlardan
foydalaniladi.
Darsni yakuniy qismida o‘rtacha kam harakatchanlikka oid o‘yinlar
o‘tkaziladi, u murakkab bo‘lmagan o‘yin qoidalari bilan diqqatni tashkil qilish
uchun o‘tkaziladigan o‘yinlar, darsni asosiy qisimdagi tezlik bilan beriladigan
yuklamadan keyin faol dam olishga yordam beradi. (“Kim keldi”, “Guruh tik!”).
Jismoniy tarbiya darsida harakatli o‘yinlarni o‘tkazish metodikasini o‘ziga
xosligi darsni zichligiga to‘gʻri keladiganligini saqlab qolish zarurligi va qisqa
muddatlilik bilan bogʻliqdir.
Vaqtdan maqsadga muvofiq foydalanishda va o‘yinni o‘tkazish metodikasini
to‘gʻri tanlash esa darsda zarur bo‘lgan zichlikka erishiladi. Shunga erishish uchun,
barcha o‘yinda qatnashuvchi o‘yinchilar taxminan bir xil yuklama oladilar. Shu
bilan bogʻliq bo‘lgan barcha shugʻullanuvchilarni o‘yinda faol qatnashishlari
uchun teng sharoit yaratib berishga harakat qilishi kerak.
Odatda harakatli o‘yinlarni yoppasiga
oid (frontal) metod bilan o‘tkaziladi.
O‘yin qatnashchilari barchasi 2-3 guruhlarga bo‘linadilar va har bir guruhda bitta
va shu o‘yinni o‘zi mustaqil ravishda o‘tkaziladi.
O‘yinda guruhga oid metod ham qo‘llaniladi. Rahbar o‘yinchilarni ikki
guruhga bo‘lib, ularga har xil o‘yinlar beradi. Odatda guruhga oid metod turli-
tuman ta’limiy vazifalarni hal etish uchun 6-8 sinflarda foydalaniladi. Masalan, qiz
bolalarga “O‘yin boshiga to‘p berma” o‘yinini taklif qiladi (basketbol o‘yiniga
177
tayyorlash uchun), o‘gʻil bolalarga “Aylanadan tashqarida” (futbol o‘yiniga
tayyorlaydigan).
Yoki o‘gʻil bolalrga chidamlilikni, kuchni rivojlantirishni tarbiyalash uchun
qizlarga-koordinatsion qobiliyatni tarbiyalaydigan o‘yin beriladi. O‘yinga ma’lum
vaqtni belgilash shartdir. Chunki uni o‘ynovchilarni charchashi, o‘yinni yetarli
darajada o‘zlashtirmaganligi va boshqa sabablar bilan bogʻliq bo‘lishi mumkin.
Darsda o‘yin o‘quvchilarni sogʻlomlashtirishga qaratilgan bo‘lishi kerak.
Shuning uchun hammadan ko‘ra uni maydonchada o‘tkazilgani yaxshi. Agarda
o‘yin bino ichida o‘tkaziladigan bo‘lsa, unda ijobiy ta’sir ko‘rsatadigan gigiyenik
sharoit yaratilishi kerak.
Tibbiy ko‘rikdan keyin asosiy guruhga kiritilgan, bolalar ularni sinf uchun
jismoniy tarbiya bo‘yicha dasturda berilgan, barcha harakatli o‘yinlarda
qatnashishlari mumkin. Maxsus tibbiy guruhga ajratilgan bolalra o‘yinda faol
qatnashish istaklarini bildirganligini hisobga olmasdan, ularni harakatini
chegaralash zarur. Ularga harakat qilishni talab qilmaydigan yoki o‘yin vaqtini
qisqartirish nafsoniyatiga tegmaydigan shunga o‘xshash rollarni berish kerak.
Shuningdek ularni hakamni yordamchisi, ochkolarni hisoblaydigan sifatida jalb
qilish mumkin. Shu bilan bir vaqtda zaif bolalarni ularni salomatligini
mustaxkamlash uchun ularni kuchlari yetadigan o‘yinlarga jalb qilish kerak.
Jismoniy tarbiya darslarda harakatli o‘yinlar o‘quv yilini har bir choragiga
o‘qituvchi tomonidan qo‘yilgan mavsum va vazifalarini hisobga olgan xolda butun
o‘quv yili bo‘yicha rejalashtiradi.
Rejalashtirishda o‘quv yili bo‘yicha dasturda taklif qilingan, o‘yin ro‘yxatiga
amal qilish kerak. O‘qituvchi maktabda ishlash sharoitida kelib chiqqan xolda bu
o‘yin ro‘yxatiga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritishi mumkin: bolalarning milliy
tarkibi, geografik sharoitiga, shugʻullanuvchilarning tayyorgarligiga mashgʻulotni,
jixozlar va boshqalar uchun binolar bo‘lishi zarur.
O‘yin uchun soat miqdori dasturda berilgan. Biroq ishni sharoitidan va
o‘rgatish vazifalaridan kelib chiqqan xolda ayrim o‘zgarishlar kiritish mumkin.
O‘quv yiliga mo‘ljallangan o‘yinni, barcha o‘quv materialini rejalashtirishni
hisobga olish bilan ularni choraklar bo‘yicha taqsimlab chiqish kerak. O‘zbekiston
Respublikasi sharoitida maktablarda 1,2 va 4 chorakda maktab maydonchasida
o‘tkaziladi, shuning uchun rejaga koptokni uzoqqa uloqtirish, har xil masofalarga
yugurish, o‘yin-estafetalari kiritilishi mumkin.
3-4 sinfdan boshlab 1 va 4 choraklardan o‘quv materialini asosi yengil
atletika mashqlaridan tashkil topgan, harakatli o‘yinlar faqat aloxida yengil atletika
malaklarini mustaxkamlaydi va takomillashtirishga yordam beradi. Ana shu
maqsadda tez yugurish, to‘siqlardan oshib o‘tish, sakrash va uloqtirish bilan
estafetalar o‘tkaziladi.
O‘yin davom etishi va ularni vazifalariga bogʻliq bo‘lgan xolda o‘yinni
choraklar bo‘yicha taqsimlanadi. Yangi o‘yinlar asosiy 1-2-3 chorak oxirida
o‘rganib oladilar 1-chorakni boshida o‘tgan o‘quv yilida o‘rganilgan o‘yinlarni
o‘zgartiradilar va mustaxkamlaydilar 4-chorakda esa ushbu o‘quv yilida o‘tilgan
o‘yinlarni asosan murakkablashtiriladi va mustaxkamlaydilar.
Choraklar bo‘yicha rejalashtirilganda, xuddi shunday darslar ham o‘yinni
178
o‘tishi va takrorlanishi ketma-ketligi ham nazarda tutish kerak. O‘quv yilining
boshida har bir sinfda ko‘proq yengil o‘yinlar o‘tkaziladi, oxirida esa uni
murakkablashtiriladi. O‘qituvchi o‘quv yilining oxirida o‘quv materialini
o‘zlashtirilishini sifatini hisobga oladi va kelgusi o‘quv yilida uni rejalashtirish
uchun tegishli xulosalar qiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |