Оliy vа o‘rtа mахsus tа’lim vаzirligi nizomiy nomidagi toshkent davlat pedagogika universiteti


Oliy ta’lim muassasalarida yengil atletika mashgʻulotlarini tashkil qilish



Download 5,01 Kb.
Pdf ko'rish
bet75/254
Sana23.05.2023
Hajmi5,01 Kb.
#942828
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   254
Bog'liq
MUTAXASSISLIK FANLARINI O‘QITISH METODIKASI Oquv qollanma

2.5. Oliy ta’lim muassasalarida yengil atletika mashgʻulotlarini tashkil qilish 
Jismoniy madaniyat ta’lim yoʻnalishi boʻyicha oliy ta’lim muassasalarida 
yengil atletika mashgʻulotlarini tashkil qilish va oʻtkazishda oliy va oʻrta maxsus, 
kasb-hunar ta’limi yoʻnalishlari boʻyicha oʻquv-uslubiy birlashmalar faoliyatini 
Muvofiqlashtiruvchi Kengashning 2018 yil 18 avgustdagi 4-sonli bayonnomasi 
bilan ma’qullanib, oliy va oʻrta maxsus ta’lim vazirligining 25 avgustdagi 744-
sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan fan dasturlari asosida oʻquv rejalarga muvofiq 
amalga oshirilmoqda. 
Oliy ta’lim muassasalaridagi jismoniy madaniyat ta’lim yoʻnalishida yengil 
atletika va uni oʻqitish metodikasi fani umumkasbiy fan hisoblanadi. Ushbu fan 
oʻquv rejaga muvofiq 2-4 kurslarda ya’ni 4-7 semestrlarda oʻqitiladi.
Yengil atletika va uni oʻqitish metodikasi fani boʻyicha jami umumiy 


125 
yuklamaning hajmi 510 soatni tashkil etadi. Shundan ma’ruza mashgʻulotlariga 32 
soat, amaliy mashgʻulotlarga 200 soat, seminar mashgʻulotlarga 36 soat va 
mustaqil ta’lim uchun 242 soat ajratilgan. 
Yengil atletika va uni oʻqitish metodikasi fani boʻyicha tasdiqlangan oʻquv 
fan dasturida quyidagi mavzularni oʻqitish koʻzda tutilgan. 
Nazariy mashgʻulotlarga oid mavzular:
1-mavzu. Yengil atletika va uning turlari rivojlanishining tarixiy tavsifi. 
2- mavzu. O‘zbekistonning jismoniy tarbiya tizimida yengil atletikaning 
o‘rni.
3-mavzu. Yengil atletika bo‘limlari va ularning turkumlanishi 
4-mavzu. Yengil atletika turlari texnikasini o‘rgatish 
5-mavzu.Yengil atletika bilan shug‘ullantirishda umumiy rivojlantiruvchi 
hamda maxsus mashqlarini bajarishni o‘rgatish 
6-mavzu. Yengil atletika bilan shug‘ullantirish va uni o‘rgatish asoslari 
7-mavzu.Yengil atletika mashg‘ulotlarida qo‘llaniladigan metodlarni 
o‘rgatish.
8-mavzu. Ta`lim muassasalarida yengil atletika mashg‘ulotlarini tashkil 
qilish va o‘tkazish. 
9-mavzu. Sportcha yurish texnikasini o‘rgatish metodikasi 
10-mavzu. Yugurish turlari texnikasini o‘rgatish metodikasi 
11-mavzu. Sakrash turlari texnikasini o‘rgatish metodikasi 
12-mavzu. Uloqtirish turlari texnikasini o‘rgatish metodikasi. 
13-mavzu. Ko‘p kurash turlari texnikasini o‘rgatish metodikasi. 
14-mavzu. Yengil atletika bo‘yicha o‘quv ishlarini tashkil qilish, 
rejalashtirish va hisobini yuritish. 
15-mavzu. Yengil atletika bo‘yicha sport inshootlari, jihozlari va ularni 
ishlatish 
16-mavzu. Yengil atletika bo‘yicha musobaqalarni tashkil qilish va 
o‘tkazish, musobaqalardagi hujjatlar va hakamlik ishi. 
Amaliy mashgʻulotlarga oid mavzular:
1. Yengil atletika turlari texnikasini o‘rgatish 
2. Yengil atletika bilan shug‘ullantirishda umumiy rivojlantiruvchi hamda 
maxsus mashqlarini bajarishni o‘rgatish 
3. Yengil atletika bilan shug‘ullantirish va uni o‘rgatish asoslari 
4. Yengil atletika bilan shug‘ullantirishda umumiy rivojlantiruvchi hamda 
maxsus mashqlarini bajarishni o‘rgatish 
5. Yengil atletika bilan shug‘ullantirish va uni o‘rgatish asoslari 
6. Sportcha yurish texnikasini o‘rgatish metodikasi 
7. Yugurish turlari texnikasini o‘rgatish metodikasi 
8. Sakrash turlari texnikasini o‘rgatish metodikasi 
9. Uloqtirish turlari texnikasini o‘rgatish metodikasi.
10. Ko‘p kurash turlari texnikasini o‘rgatish metodikasi. 
11. Yengil atletika bo‘yicha o‘quv ishlarini tashkil qilish, rejalashtirish va 
hisobini yuritish. 
12. Yengil atletika bo‘yicha sport ingshootlari, jihozlari va ularni ishlatish 


126 
13. Yengil atletika bo‘yicha musobaqalarni tashkil qilish va o‘tkazish, 
musobaqalardagi hujjatlar va hakamlik ishi. 
Yengil atletika sport turining oʻziga xos umumiy va maxsus oʻquv-metodik 
xususiyatlarini oʻrganish hamda ularni talabalarga oʻrgatish jarayonida quyidagi 
masalalarni ham atroflicha oʻrganish maqsadga muvofiq boʻladi. 
Yengil atletika - sportning eng ommaviy turlaridan biri. Turli masofalarga 
yugurish, sportcha yurish, sakrash (balandlikka, uzunlikka, uch hatlab, langarchoʻp 
bilan), uloqtirish (nayza, lappak, bosqon), yadro irgʻitish, koʻpkurash (oʻnkurash, 
yettikurash) mashqlarini oʻz ichiga oladi. Yengil atletikada 50 dan ziyod mashq 
bor, ulardan 49 tasi Olimpiada oʻyinlari dasturiga kiritilgan (2000 yilgi Sidney 
olimpiadasida 
erkaklar 
Yengil 
atletikaning 
22, 
ayollar 
20 
turida 
musobaqalashishdi). Bundan tashqari, Yengil atletika zamonaviy beshkurash va 
triatlon sport turlarining bir mashqini tashkil etadi, barcha sport turlarining 
mashgulot, ta’lim muassasalarining oʻquv, harbiy-tayyorgarlik, salomatlik 
mashqlari, oʻquvchi-yoshlarning «Alpomish» va «Barchinoy» sport sinovlari 
dasturidan joy olgan. Gomerning «Iliada», Ibn Sinoning «Tib qonunlari» va 
boshqa kitoblarda Yengil atletika mashqlariga oid ma’lumotlar uchraydi. 
Qadimgi Olimpiada oʻyinlarida (miloddan avvalgi 776 yildan milodiy 394 
yilgacha) asosan Yengil atletika boʻyicha musobaqalar uyushtirilgan. Zamonaviy 
Yengil 
atletikaning 
rivojlanishida 
19-asrda 
Angliyada 
(1837 
yildan) 
musobaqalar, Afinada (1859 yildan) umumgrek oʻyinlari oʻtkazilishi va olimpiada 
tiklanishi (1896 yildan)ning ahamiyati katta boʻldi. 1912 yilda Xalqaro havaskor 
Yengil atletikachilar federatsiyasi (IAAF) tuzilgan, unga 200 mamlakat a’zo (2001 
yil; Oʻzbekiston Yengil atletika federatsiyasi 1993 yildan a’zo). IAAF 1977 yildan 


127 
jahon kubogi (hozirgi kunda Gran-pri musobaqalari), 1983 yildan jahon 
birinchiligi musobaqalarini oʻtkazib keladi. 
Oʻzbekistonda Yengil atletikaga qiziqish 1885 yilda Margʻilonda shu turga 
moslashtirilgan oʻyingoh barpo etilgandan keyin kuchaydi. Toshkentda 1902 
yildan Yengil atletika musobaqalari, 1919 yildan mamlakat birinchiliklari, 1927 
yildan spartakiada oʻtkazila boshlagan. Oʻzbekistonda 135 mingdan ziyod kishi 
140 dan ortiq murabbiy qoʻl ostida Yengil atletika bilan shugʻullanadi, 
murabbiylardan 3 nafari Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sportchi, 10 nafari 
Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sport ustozi unvoniga ega (2001). Oʻzbekistonlik 
Yengil atletikachilar 1952 yildan Olimpiada oʻyinlarida qatnashadi. 
Olimpiadalarda Marina SHmonina (4x100 m ga estafetali yugurish, 1992) 


128 
oltin, Rodion Gataulin (langarchoʻp bilan sakrash, 1988) kumush medalni qoʻlga 
kiritgan, Ramilь Gʻaniev (oʻnkurash, 1996) 8-oʻrinni egallagan. Oleg Ryaxovskiy 
(uch xatlab sakrash), Roza Babich (200 m ga toʻsiqlar osha yugurish) va Tatьyana 
Biryulina (nayza uloqtirish) jahon rekordini yangilagan. Ashur Normurodov (uzok, 
masofaga yugurish) uch marta sobiq Ittifoq chempioni boʻlgan (1967— 69). Osiyo 
oʻyinlarida 1994 yilda Svetlana Munьkova (balandlikka sakrash), Ramilь Gʻaniev 
(oʻnkurash), Oksana Yarigina (nayza uloqtirish), 1998 yilda Oleg Veretelьnikov 
(oʻnkurash), Sergey Voynov (nayza uloqtirish) oltin medalь bilan taqdirlangan 
Yengil atletika AQSH, Buyuk Britaniya, Germaniya, Kuba, Xitoy kabi 
mamlakatlarda yaxshi rivojlangan. 
Oʻzbekiston yengil 
atletika federatsiyasi 
Rais: Ibragimov Gʻulomjon Inomovich 
Birinchi rais oʻrinbosari: Rustamov Olimxon Bakievich 
Rais oʻrinbosari: Ikramjanov Baxtiyor Ikramdjanovich 
Bosh kotib: Ruzimuxamedov Kamoliddin Faxriddinovich 
Tashkil topgan yili: 1992 yil 

Download 5,01 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   71   72   73   74   75   76   77   78   ...   254




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish