Oliy va o’rta mahsus ta’lim vazirligi mirzo ulug’bek



Download 3,77 Mb.
bet4/50
Sana31.05.2022
Hajmi3,77 Mb.
#621421
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50
Bog'liq
Kriptografiya va kriftovalyutalar ce8a9 (1)

O’zgartirish usuli bo’yicha

Almashtirish usullari


O’rin almashtirish usullari


Analitik usullar


Additiv usullar




Kombinatsion usullar



Simmetrik (mahfiy) kalitli shifrlash tizimlari
Almashtirish usullarining mohiyati – bir alfavitda yozilgan information simvollarni boshqa alfavit simvollari bilan ma’lum bit qoida bo’yicha almashtirishdan iboratdir. Bu guruhga mansub eng sodda usul sifatida to’g’ridan- to’g’ri almashtirish usulini ko’rsatish mumkin. Dastlabki informatsiya yoziluvchi А0 alfavitning s0i simvollariga shifrlovchi alfavitning s1i simvoli mos qo’yiladi. Oddiy xolda ikkala alfavit ham bir xil simvollar to’plamiga ega bo’lishi mumkin. Ikkala alvavitdagi simvollar o’rtasidagi moslik ma’lum bir algoritm bo’yicha К simvollar uzunligiga ega bo’lgan dastlabki matn Т0 simvollarining raqamli ekvivalentlarini o’zgartirish orqali amalga oshiriladi.
Monoalfavitli almashtirish algoritmi quyidagi qadamlar ketma-ketligi ko’rinishida ifodalanishi mumkin:

  1. qadam: [1хR] o’lchamli dastlabki А0 alfavitdagi har bir simvol s0 T(i=1,

K) ni А0 alfavitdagi s0i simvol tartib raqamiga mos keluvchi hoi (s0i) soniga almashtirish yo’li bilan raqamlar ketma ketligi L0h ni shakllantirish.

  1. qadam: L0h ketma-ketligining har bir sonini h1i = (k1x h0i (s0i) + k2) (mod R) formula orqali hisoblanuvchi L1h ketma ketligining mos soni h1i ga almashtirish yo’libilan L1h sonlar ketma ketligini shakllantirish, bu yerda k1 o’nlik koeffitsient, k2 esa siljitish koeffitsienti. Tanlangan k1 va k2 koeffitsientlar h0i va h1i sonlarining bir ma’noli mosligini ta’minlashi lozim. h1i = 0 deb olinganida h1i = R almashinuvi bajarilishi kerak.

  2. qadam: L1h ketma ketligining har bir soni h1i(s1i) ni [1хR] o’lchamli shrifrlash alfavitining mos s1i T1(i=1, K) simvoli bilan almashtirish orqali T1 shifr matnini hosil qilish.

  3. qadam: Olingan shifr matni o’zgarmas b uzunlikdagi bloklarga ajratiladi. Agar oxirgi blok to’liq bo’lmasa, blok orqasiga mahsus simvol-to’ldirgichlar joylashtirish (masalan, * simvolini).

Misol: Shifrlash uchun dastlabki ma’lumotlar:
Т0 = <ҲИМОЯ_ХИЗМАТИ>
А0= <АБВГДЕЁЖЗИЙКЛМНОПРСТУФХЦЧШЭЮЯЎҚFҲ>
А1= <ОРЁЬЯТЭ-ЖМЧХАВДЙФҚКСЕЗПИЦГҲЛЪШБУЮ ҚГН> R=36 k1=3 k2=15 b=4
Algoritmning qadamba-qadam bajarilishi quyidagi natijalarga olib keladi:
1-qadam: L0h = <35,10,14,16,31,36,23,10,9,14,1,20,10>
2-qadam: L1h = <12,9,21,17,36,14,12,9,6,21,18,3,9>

  1. qadam: Т1 = <ХЖЕФНВҲЖТЕҚЁЖ>

  2. qadam: Т1 = <ХЖЕФ НВҲЖ ТЕҚЁЖ***>

Rasshifrovka qilishda bloklar birlashtirilib, К simvolli shifromatn T1 hosil qilinadi. Rasshifrovka qilish quyidagi butun sonli tenglamani (tselochislennoe uravnenie) yechish kerak bo’ladi:
k1 h01 + k2 = n R + h1i
Ushbu tenglamadagi k1 , h11 , k2 va R butun sonlar ma’lum bo’lganda h0i kattaligi n ni saralash orqali hisoblanadi. Bu muolajani shifromatnning barcha simvollariga tadbiq qilish uning rasshifrovka qilinishiga olib keladi. Almashtirish usulining kamchiligi sifatida dastlabki va berilgan matnlar statistik ko’rsatgichlarining bir xilligini ko’rsatish mumkin. Dastlabki matn qaysi tilda yozilganini bilgan xolda, kriptoanalitik axborotlarni statistik qayta ishlab, ikkala alfavitdagi simvollar orasidagi mos kelishliklarni aniqlashi va matnni rasshifrovka qilishi mumkin
Polialfavitli almashtirish usullari
Bu usullar yetarlicha yuqori darajadagi kriptoturg’unlikka ega va bunda dastlabki matn simvollarini almashtirish uchun bir necha alfavitlardan foydalanadilar. Rasman polialfavitli almashtirishni quyidagihca tasavvur qilish mumkin. N – alfavitli almashtirishda dastlabki А0 alfavitdagi s01 simvoli А1 alfavitdagi s11 simvoli bilan almashtiriladi va hakozo. s0N simvolini sNN simvoli bilan almashtirgandan so’ng s0(N+1) simvolining o’rnini А1 alfavitdagi s1(N+1) simvoli oladi va xakozo.
Polialfavitli almashtirish algoritmlari ichida Viginer jadvali (matritsasi) Тв ni ishlatuvchi algoritm eng keng miqyosda tarqalgan. Viginer jadvali [RхR] o’lchamli kvadrat matritsadan iborat bo’lib (R - ishlatilayotgan alfavitdagi simvollar soni), birinchi qatorda simvollar alfavit tartibida joylashtiriladi. Ikkinchi qatordan boshlab, simvollar chapga bitta o’ringa siljitilgan xolda yoziladi. Siqib chiqarilgan simvollar o’ng tarafdagi bo’shagan o’rinni to’ldiradi (tsiklik siljitish). Agar bu jarayonda kirill alfavitidagi o’zbek alfaviti ishlatilsa, Viginer martitsasi quyida keltirilganidek, (36х36) o’lchamga ega bo’ladi:

Download 3,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   50




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish