Oliy va 0 ‘rta maxsus ta’lim vazirligi n. M. Ziyavitdinova, Y. M. O‘rinov, Sh. N. Xayitov menejment



Download 8,58 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/334
Sana30.12.2021
Hajmi8,58 Mb.
#155618
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   334
Bog'liq
30-Менежмент-N.M.Ziyavitdinova-2012-й-Ўқув-қўлланма

6


Xarajat  —   mahsulotni  ishlab  chiqarish  (xizmat  ko‘rsatish) 
va  uni  sotish  hamda  ish  haqi  toMashga  sarflanadigan  m ablag‘lar 
yig‘ indisidir.
Xarajat  tarkibiga:  mahsulot  (xizmat)  tannarxi;  m a’m uriy 
xarajatlar;
ijara va foiz to ‘lovlari;  ish  haqi;  soliqlar kiradi.
Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida tanlash  qoidasi  yanada jiddiyroq 
tus oladi. Chunki, ishlab chiqarish uchun resurslar to‘g ‘ri tanlansa va 
ulardan  samarali  foydalanilsagina  xarajatlar  yuqori  foyda  keltirishi 
mumkin.
N af —   bu  mahsulot  (xizmat)ning  iste’molchilarga  qanchalik 
ijobiy  natija  keltirishidir.  Xaridor  xarid  qobiliyati  doirasida  eng 
nafli  tovami  tanlashga  intiladi.  Shundagina  u  qoniqish  hosil  qiladi. 
Ammo  tovarning  nafliligi  qancha  yuqori  boMsa,  uning  narxi  ham 
shuncha qimmat boMadi. Bu esa, xaridorning sotib olish qobiliyatini 
pasaytiradi.
Baho  —   bu  tovar  va  xizm atlam ing  pulda  ifodalangan 
qiymatidir.  Baho  ikkita  asosiy  vazifani  bajaradi:  (1)  resurslar 
iste’molini  cheklash  imkonini  beradi;  (2)  ishlab  chiqarish  uchun 
turtki  boMib xizmat qiladi.
Foydaga ta ’sir etuvchi  bu  uch  unsurning  mohiyatini  anglagan 
boshqaruvchigina  tanlovni  to‘g ‘ri  am alga  oshirishi  va  oqilona 
qaror  qabul  qilishi  mumkin.  Boshqaruv  san’ati  va  mahorati,  y a ’ni 
menejment,  shundagina  namoyon  boMishi  va  natijada yuqori  foyda 
olishga erishilishi  mumkin.  Shunday  qilib,  oddiyroq qilib aytganda: 
Boshqaruv  —   bu  tanlov,  qaror  qabul  qilish  va  uning  bajarilishini 
nazorat qilish jarayonidir.
Menejment fani —  bu boshqaruvchiga tanlovni to‘g ‘ri am alga 
oshirishni  va oqilona qaror qabul  qilishni  o ‘rgatuvchi  fandir.  Uning 
asosiy  maqsadi  bozor  munosabatlari  sharoitida  barcha  bo‘gMnlarda 
samarali  ishlay  oladigan yuqori  malakali  boshqaruvchilarni  tayyor- 
lashdan  iboratdir.  Shundan  kelib  chiqib,  menejment  quyidagilami 
o ‘rganadi:  boshqarish  nazariyasi  va  amaliyoti;  boshqarish  obyekti 
va subyekti;  boshqarish tamoyillari va  usullari;  boshqarish qoidalari
7


va  uslublari;  boshqarish  madaniyati;  menejer  va  uning  fazilatlari; 
menejer  reytingi;  boshqarishda  kirishuvchanlik  va  qaror  qabul 
qilish;  boshqarish  funksiyalari;  o ‘z-o‘zini  boshqarish;  xodimlarni 
boshqarish;  korxonani  boshqarish;  ishlab  chiqarishni  boshqarish; 
samaradorlikni boshqarish;  hududiy boshqarish va hokazo.
Zamonaviy m enejm ent uchun quyidagilar xarakterli:
•  Ishlab  chiqarishning  va  umuman  biznesning  samaradorligini 
oshirishga muntazam intilish;
•  Firmaning  bozordagi  faoliyati  pirovard  natijalariga  javob 
beradigan  shaxsga  erkin  qaror  qabul  qilishni  ta’minlaydigan  keng 
xo‘jalik mustaqilligi;
•  Bozor  holati  va  tashqi  muhit  o‘zgarishlariga  bog‘liq  ravishda 
maqsadlar va dasturlarga doimiy tuzatishlar kiritish;
• Faoliyatni rejalashtirilgan pirovard natijaga erishish uchun qaratish;
•  Ko‘p  variantli  hisoblar  uchun  zamonaviy  informatsion  bazani 
qo‘llash;
•  Joriy  rejalashtirishdan  strategik  rejalashtirishga  o‘tishda  reja­
lashtirish funksiyalarini o ‘zgartirish;
•  EHMdan maksimal ravishda foydalanish;
•  Boshqarishda kompaniyaning hamma xodimlarini jalb etish;
•  0 ‘zgarishlami  k o ‘zda  tutish,  o‘zgaruvchan  qarorlar  asosida 
boshqarishni amalga oshirish;
•  Innovatsiyalarga e ’tibomi kuchaytirish;
•  Har bir boshqarish  qarorlarini chuqur tahlil  qilish;
•  Oqilona tavakkal qilish va tavakkalchilikni boshqarish qobiliyati;
• Marketing rolini tayanch darajasigacha k o ‘tarish.
Menejmentning  vazifasi  avvaliga xohishni  imkoniyat  daraja- 
siga keltirib,  so‘ng esa uni haqiqatga aylantirishdan  iboratdir.
«Menejment» term ini turlicha talqin qilinadi. Uning quyidagi- 
cha  umumiy  ta’rifini  keltirish  mumkin:  menejment —   bu  xo‘jalik 
yuritish samaradorligini oshirish, bozor ehtiyojlari  hamda umuman, 
jam iyat ehtiyojlarini qondirish, foydani oshirish maqsadida dasturli- 
maqsadli,  ilmiy-texnik  ishlanmalarni  prognozlash  hamda joriy  va 
istiqbolli rejalashtirish,  ishlab chiqarishni tashkil  etish, mahsulot va 
xizmatlarni  sotish tizimi  hisoblanadi.
8


Menejmentda  ikki  muhim  soha  mavjud  —   m arketing  va 
innovatsiya.
Innovatsiya  —   bu  yangi  tovarlarni,  xizmatlarni,  texnologi- 
yalarni  va jarayonlarini yuqoriroq sifatda ishlab chiqishdir.
Menejment pirovard natijalarga erishish uchun hamkorlikdagi 
faoliyatni  muvofiqlashtirish  maqsadida  alohida  odamlarga  yoki 
jamoaga tizimli ta’sir ko‘rsatishni ta’minlaydi.
Menejmentning  asosiy  instrumentlari  —  bashoratlash  (prog- 
nozlash),  rejalashtirish,  tashkil  etish,  nazorat,  muvofiqlashtirish, 
faollashtirish  va motivatsiya.
Menejmentning  mohiyati  ishlab  chiqarish  usuli,  ijtim oiy- 
iqtisodiy  munosabatlar  darajasi,  ishlab  chiqarish  kuchlari  rivojlan- 
ishiga bog‘liq holda o ‘zgaradi.  Ishlab  chiqarish rivojlanishi  va  iqti­
sodiy  aloqalar murakkablashuvi  bilan  boshqaruv ham  murakkabla- 
shadi  va  mustaqil  fan  sifatida  ajralib  chiqadi.  Menejment m ohiyati 
xo‘jalik  yuritishning  barcha  darajalaridagi  boshqarishning  qonun 
va  qonuniyatlari,  tamoyillari  va  munosabatlarini  o ‘rganishdan  ibo­
rat.  Boshqaruv  munosabatlari  ijtimoiy-iqtisodiy  munosabatlam ing 
ajralmas  qismi  bo‘lib,  turli  iqtisodiy,  tashkiliy,  ijtimoiy,  mehnat, 
ruhiy  va boshqa ko‘rinishlarda boMadi.
1.2. M enejm ent fanining p red m e ti, obyekti va  u slu b lari
Har  bir  fan  o ‘z  predmeti,  nazariyasi  va  uslubiga  ega.  Pred- 
met  o ‘rganilayotgan  fan  nima  bilan  m ashg‘ul  boMishi  va  ularning 
qoMlanish  jabhalariga  aniqlik  kiritadi.  Menejmentning  nazariy 
tushunchalari, jamiyatda yuz beradigan  iqtisodiy jarayonlar va ular­
ga  xos  boMgan  munosabatlar,  qonun-qoidalami  insonlar  faoliyati- 
da namoyon boMishini o ‘rgatuvchi  iqtisodiyot nazariyasi  va m oddiy 
ne’matlar ishlab chiqarish, taqsimot va iste’mol qilish bosqichlarida 
kishilar  faoliyatini  tadqiq  qilishga  bagMshlangan  iqtisod  fanlariga 
asoslanadi.  Menejment  fanining  p red m eti  tashkilotdagi  x o ‘jalik  
yuritishning barcha pog'onalaridagi boshqarishning qonunlari, tam o­
yillari  va  munosabatlarini  o ‘rganadi.  Shu  bilan  birga,  tashkilotdagi 
holatlar  va  uning  qismlari  orasidagi  bogMiqliklar,  muhitlar,  yechim  
qabul qilishlarni o ‘rganish menejmentning predmetidir.
9


Menejment  obyekti  haqida  so‘z  yuritganda,  eng  avvalo, 
obyekt  so‘zining  lug‘aviy  m a’nosiga  e’tibor  berish  lozim.  Obyekt
—   bu  bizdan  tashqarida  va  bizning  ongimizga  bogMiq  boMmagan 
holda  mavjud  boMgan  borliq,  voqelik,  moddiy  dunyo,  mavjudot, 
kishi  faoliyati  va  diqqat-e’tibori  qaratilgan  hodisa,  narsa,  shaxs  va 
h.k.  Demak,  obyekt  tushunchasi  mikrovoqelikdan  (kishi  va  uning 
faoliyatidan)  tortib  to  makrovoqelik  (moddiy  dunyo,  jamiyat) 
darajasigacha boMgan  m a’noni o ‘z ichiga oladi.
Boshqarish  ishini  bajaruvchi  idoralar  va  ularning  rahbarlari 
menejmentning subyekti, y a ’ni boshqaruv organlari yoki menejerlar
—  boshqaruvchilar boMib hisoblanadi.
Makrodarajada  boshqaruv  obyekti  mamlakat  (respublika), 
viloyat,  shahar,  tuman  boMsa,  megodarajada  konsem,  sector 
(tarmoq),  mikrodarajada esa,  korxona, tashkilot,  firma,  kompaniya, 
xodimlar,  ishlab  chiqarish,  samaradorlik,  o ‘z-o‘zini  boshqarish 
hisoblanadi.
M ak ro d arajad ag i  boshqaruv  subyekti  qonun  chiqaruvchi, 
ijro  etuvchi,  sud  hokimiyati,  viloyat  deputatlari,  viloyat  hokimi- 
yatlari,  viloyat  sudlari,  tuman  halq  deputatlari,  tuman  (shahar) 
hokimliklari,  tuman  (shahar)  sudlari,  m eg odarajada  qo‘mitalar, 
vazirliklar,  m ik ro d a ra ja d a   jamoa  kengashi  va  raislar,  firma 
prezidenti,  korxona rahbarlari,  bo‘gMn  boshliqlari,  fuqarolar yigMni 
sanaladi.  Shunday  qilib,  har  qanday  hodisa  yoki  jarayon  negizi 
boshqariladigan  obyekt  va  boshqaruvchi  subyekt  tizimlaridan 
tashkil  topadi.
Menejment  fani  voqelikni  bilishga  bagMshlangan  umum- 
falsafiy usullarni  qoMlaydi.  Eng  avvalo,  boshqaruvchi  obyektni  aks 
ettiruvchi,  uni  talqin  etishga  yordam  beruvchi  m a’lumotlar jamlab 
baholanadi.  Bu  m a’lumotlar  mikro,  mego  va  makro  darajadagi 
voqelikka  oid  boMishi  mumkin.  Bu  boshqaruvni  idrok  etishdagi 
em pirik bosqich  hisoblanadi.
Boshqarishning 
sir-asrorlarini 
ilmiy  asosda  o ‘rganish, 
tahlil  qilish  maqsadida  bu  fan  quyidagi  uslublardan  foydalanadi 
(1.1-jadval).

Download 8,58 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   334




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish